Faktoring (inglizcha factoring, factor-vositachi) - ixtisoslashgan moliyaviy kompaniya tomonidan eksportyorning importyorga bo’lgan pul talablarini sotib olinishi hamda inkassatsiya qilinishi shaklidagi xalqaro kreditdir.
Forfeytlash (fransuzcha "a forfait" - yalpi, umumiy summasi bilan) naqdli to’lov evaziga ma'lum bir huquqlar taqdim etilishini bildiradi. Ushbu bank amaliyotida veksellarni hamda boshqa qarz majburiyatlarini to'liq muddatga, oldindan belgilangan shartlar asosida sotib olinishidan iboratdir.
Xalqaro kreditning valyuta-moliyaviy va to’lov shartlari
Xalqaro kreditning shartlari kredit va to’lov valyutasi, summasi, muddati, foydalanish hamda so’ndirilish shartlari, qiymati, ta'minot turi, xavf-xatarlarni sug’urtalash usullari kabi tushunchalarni o’z ichiga oladi.
Kredit va to’lov valyutasi. Xalqaro kredit uchun u qanday valyutada taqdim etilganligi muhimdir, chunki uning barqarorsizligi kreditorning zarar ko’rishiga olib boradi. Qarz valyutasining tanlanishiga bir qator omillar ta'sir etadi, shu jumladan uning barqarorligi va foiz stavkasining darajasi, xalqaro hisob-kitoblar amaliyoti (masalan neft yetkazib berish bo’yicha shartnomalar odatda AQSh dollarlarida tuziladi), inflyatsiya sur'ati hamda valyuta kursining dinamikasi va boshqa shu kabilar. Xalqaro kreditlarning valyutasi bo’lib milliy pul birliklari, Yevrovalyutalar (50-yillarning oxirlaridan boshlab), xalqaro hisob-kitob valyuta birliklari hisoblanadi. To’lov valyutasi kredit valyutasi bilan bir turda bo’lmasligi mumkin. Masalan, kreditor valyutasida taqdim etilgan "yumshoq zayomlar" qarz oluvchining milliy valyutasida yoki ushbu mamlakatning an'anaviy eksporti bo’lmish tovarlar bilan so’ndiriladi.
Kreditning summasi (limiti) qarz oluvchiga tovar yoxud pul shaklida taqdim etilgan ssuda kapitalining bir qismidir. Firma kreditining summasi tijorat shartnomaida qat’iy belgilanadi. Bank kreditining summasi (kredit yo’nalishi) kredit bitimi bilan yoxud telekslar bilan almashinish orqali (qisqa muddatli kredit holatida) belgilanadi. Kredit bir yoki shartlari bo’yicha o’zaro farqlanuvchi bir nechta transh (ulush)lar ko’rinishida ham taqdim etilishi mumkin. Shakllangan amaliyotga muvofiq eksport qilinayotgan mashina va jihozlar qiymatining odatda 85%gacha hajmini kredit qoplaydi. Qolgan qismi esa importyorning eksportyorga bergan kafilliklari, bo’nak hamda naqdli to’lovlar bilan ta'minlanadi.
Xalqaro kreditning muddati quyidagi bir qator omillarga bog’liq:
kreditning maqsadli yo’nalishiga;
o'xshash kreditlarga bo’lgan talab va taklifning o’zaro nisbatiga;
shartnoma hajmiga;
milliy qonunchilikka;
kreditlashning an'anaviy amaliyotiga;
davlatlararo kelishuvlarga.
Kreditning muddati jahon bozorlarida raqobat kurashining muhim vositasidir. Kreditning samaradorligini aniqlash maqsadida to’liq va o’rta muddatlar farqlanadi.
Kreditning to’liq mudati undan foydalanish paytidan boshlab to u so’ndirilgunga qadar hisoblanadi. Ushbu muddat taqdim etilgan kreditdan
foydalanish va imtiyozli (foydalanilgan kreditning so’ndirilish muddatini kechiktirish) hamda asosiy qarz va foizlar to’lanadigan davrlarni o’z ichiga oladi.
Kredit to’liq muddatining hisob-kitob formulasi:
Sp = Pi + Lp + Pp
bu yerda: Sp - kreditning to’liq muddati; Pi - foydalanish davri; Lp - imtiyozli davr; Pp - so’ndirish davri.
Firma kreditidan foydalanish davri bank kreditidan farqli o’laroq tovarlarni shartnoma bo’yicha yetkazib berish muddati bilan mos keladi. Bunda to’liq muddatning boshlanishi bo’lib eksportyor tomonidan tovarlarning so’nggi partiyasi yetkazib berilgani, ya'ni shartnoma majburiyatlari bajarilganidan so’ng chiqargan trattalarini sotib oluvchi tomonidan akseptlash sanasi hisoblanadi.
Firma kreditidan foydalanish davri bank kreditidan farqli o’laroq tovarlarni shartnoma bo’yicha yetkazib berish muddati bilan mos keladi. Bunda to’liq muddatning boshlanishi bo’lib eksportyor tomonidan tovarlarning so’nggi partiyasi yetkazib berilgani, ya'ni shartnoma majburiyatlari bajarilganidan so’ng chiqargan trattalarini sotib oluvchi tomonidan akseptlash sanasi hisoblanadi. Kreditning imtiyozli davri tijorat bitimlari, butlovchi qismlardan tashkil topgan jihozlar yetkazib berilishida muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki ushbu holatda uning so’ndirilish davri sotib olingan jihozlarni ishga tushirish sanasiga imkoni boricha yakinlashtiriladi. Bu bilan importyor investitsiyalarining o’zini-o’zi qoplash muddati qisqaradi, chunki kredit hisobiga barpo etilgan korxonada ishlab chiqarilgan bir qism mahsulot eksportining tushumi hisobiga ushbu kreditning so’ndirilishi amalga oshiriladi. hamda mazkur davr mobaynida kreditlashning boshqa davrlariga nisbatan kichikrok bo’lgan miqdorda foizlar undiriladi. Imtiyozli davr davlat tomonidan kafolatlanadigan uzoq muddatli xalqaro banklararo kreditlarda, konsorsial xarakterdagi yevrokreditlarda, mashinalar, jihozlar, sanoat komplekslarini yirik partiyalar bilan sotishda, investitsiya loyihalarini xorijda amalga oshirilishida uchraydi. Bunda imtiyozli davr mahsulot yetkazib berilishi yoki qurilish amalga oshirilib bo’linganidan so’nggi bir qator yillarni qamrab oladi.
Biroq to’liq muddat kreditning yalpi summasi qarz oluvchining ixtiyorida qanday muddat davomida bo’lganligini ko’rsatmaydi. Shu sababli turli shartlarga ega kreditlar samaradorligini taqqoslash uchun kreditning o’rtacha yalpi summasi qaysi davrga to’g’ri kelishini ko’rsatadigan o’rtacha muddat ishlatiladi. o’rtacha muddat o’z ichiga to’liq imtiyozli davr hamda kreditdan foydalanish va uni so’ndirish davrlarining yarmini oladi.
Kreditning o’rtacha muddati undan bir maromda foydalanilishi hamda so’ndirilishida quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Ssr = 1/2 Pi + Lp + 1/2Pp,
bu yerda: Ssr - kreditning o’rtacha muddati; Pi - foydalanish davri; Lp - imtiyozli davr; Pp - so’ndirilish davri.
Masalan, kredit 1998 yilning boshida taqdim etilgan.
To’liq muddati o’rtacha muddati
Foydalanish muddati 1998 -
2000 y.y. 3 yil 1,5 yil
2001 - 2003 y.y. imtiyozli
davr bilan 3 yil 3 yil
2004 - 2009 y.y. so’ndirilish
davri bilan 6 yil 3 yil
12 yil 7,5 yil
Kreditning o’rtacha davri to’liq muddatdan odatda kichikdir. Ushbu muddatlar agarda kredit bir marotaba to’liq summada berilsa hamda ushbu tarzda so’ndirilsa o’zaro mos keladi. Biroq kreditdan foydalanish va uni so’ndirilishi bir maromda amalga oshirilmasa, unda o’rtacha muddatni quyidagi formulaga asosan aniqlash mumkin:
N31 + N32 + N3n
Do'stlaringiz bilan baham: |