Xalqaro valyut-kredit munosabatlari



Download 491,63 Kb.
bet77/86
Sana18.07.2022
Hajmi491,63 Kb.
#819687
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   86
Bog'liq
10-y-XALQARO-VALYUTA-KREDIT-MUNOSABATLARI-Darslik-T.-2009-R.R.-Tojiev

Akseptli-rambursli kredit
1.Bank-akseptant tomonidan trattani akseptlash haqida topshiriq. 2.Aksept to’g’risida kelishuv. 3.Chaqirib olinmaydigan akseptli akkreditivni trattani akseptlash majburiyati bilan chiqarilishi. 4.Tovarning jo’natilishi. 4a.Tratta hisobining yuritilishi va bankka tijorat hujjatlarining berilishi. 5.Tijorat hujjatlari va trattaning akseptlash uchun jo’natilishi. 6.Akseptlangan trattaning qaytarilishi. 7.Trattaning qayta hisobga olinishi. 8.Tijorat hujjatlarining jo’natilishi. 9.Tijorat hujjatlarining importyorga ta'minot hisobiga (saqlash haqidagi tilhat) berilishi. 10.Ramburslash - veksel summasining o’tkazib berilishi va ta'minotning qaytarilishi. 11.Veksel summasining akseptant-bankka o’tkazib berilishi. 12.To’lov muddati etishi bilan trattaning haq to’lanishi uchun taqdim etilishi.
Agarda eksportyor importyorning to’lov qobiliyatiga ishonmasa yoki sotilgan tovarlar uchun tushum sifatidagi valyutani veksel muddati etib kelgunga qadar tezroq olishga manfaatdor bo’lsa, unda u importyor bilan tovar uchun to’lovni bank orqali, eksportyor chiqargan trattani ushbu bank tomonidan akseptlash shaklida amalga oshirilishi to’g’risida kelishib oladi. Mazkur kelishuv amalga oshgan taqdirda importyor o’z bankiga aksept to’g’risidagi kelishuvni tuzish to’g’risida topshiriq beradi. Akseptant-bank o’z navbatida, vekselga to’lovni o’z vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan kafolatni talab etadi hamda eksportyor bankiga qarata tratta akseptini ko’zda tutuvchi, chaqirib olinmaydigan akseptli akkreditivni chiqaradi. Ushbu haqdagi ma'lumotnomani olganidan so’ng eksportyor tovarni jo’natadi va tratta hamda tijorat hujjatlarini yozib, ularni odatda veksel hisobini yurituvchi o’z bankiga yo’llaydi. eksportyor banki olingan tratta va hujjatlarni akseptant-bankka yuboradi. o’z navbatida akseptant-bank ushbu trattani akseptlaganidan so’ng uni eksportyor bankiga yoki mazkur bankning vakil bankiga yoki filialiga, tovar hujjatlarini esa importyor bankiga jo’natadi. Importyor banki tegishli ta'minot, odatda importyorning tovarga bo’lgan mulk huquqini sa?lovchi saqlash haqidagi tilhat ustidan importyorga tovar hujjatlarini taqdim etadi. eksportyor banki akseptlangan trattani qaytadan hisobga oladi. So’ng mazkur tratta, yuqorida zikr etilgan operatsiyada yalpi kreditor sifatida maydonga chiquvchi, jahon ssuda kapitallari bozorida muomalada bo’ladi. Akseptli-rambursli kreditning xususiyatlari va imtiyozli taraflari ham ushbulardadir. Tratta muddati etib kelgunga qadar importyor avval olingan ta'minot evaziga valyutani o’z bankiga ramburslaydi. Importyor banki tratta summasini, unga haq to’lanishidan bir necha kun avval akseptant-bankka jo’natadi. Muddati etib kelganda trattaning so’nggi egasi uni akseptant-bankka haq to’lanishi uchun taqdim etadi. o’z navbatida akseptant-bank mazkur vekselni haqiqiy hamda so’nggi egasining qonuniy ekanligiga ishonch hosil qilish uchun indosamentning ketma-ketligini tekshiradi.
Akseptli-rambursli kredit tashqi savdo operatsiyalari bilan bog’liq bo’lganda eng ta'minlangan bo’lib hisoblanadi va eksportyor hamda importyor
o’rtasidagi hisob-kitoblarda qo’llaniladi. Bunda akkreditiv va o’tkaziladigan veksel vosita sifatida ishlatiladi. Akseptli -rambursli kreditning limit, kreditning muddati, foiz stavkasi, rasmiylashtirilish, ishlatilish va so’ndirilish tartibi kabi shartlari oldindan tuzilgan banklararo kelishuvi asosida belgilanadi. Ta'minlanganligi esa tovarlar sotilishi bilan asoslangandir. Agarda mazkur kredit tovar yetkazib berilishi bilan bog’liq bo’lmasa, unda u sof moliyaviy xarakterga ega bo’ladi.
Broker krediti ayrim mamlakatlarda (masalan, Buyuk Britaniya, Germaniya, Niderlandiya, Belgiya) firma va bank kreditlarining oraliq shakli sifatida harakat qiladi. Ushbu kredit tijorat tusidagi bitimlarga tijorat krediti singari hamda bir vaqtning o’zida bank kreditiga ham aloqadordir. Chunki brokerlar odatda banklardan qarz olib turadilar. Brokerlik vositachilik haqi shartnoma summasining 1/50-1/32 qismini tashkil qiladi. Broker firmalari Buyuk Britaniyada assosiatsiyaga birlashgan. Brokerlar jahon bozoridagi holat to’g’risidagi ma'lumotga egadirlar. Kredit operatsiyalarini amalga oshirishdan tashqari ular sotib oluvchilarni to’lov qobiliyatlari yuzasidan kafolatlarni ham taqdim etadilar. Zamonaviy bosqichda broker kreditlarining tashqi savdodagi roli pasayib ketdi.
Tashqi savdo aylanmasining o’sishi hamda yirik hajmdagi summalarni katta tavakkalchilik asosida uzoq muddatlarga jalb etishning muammolari o’rta va uzoq muddatli xalqaro kreditlarning rivojlanishiga olib keldi. Bankirlik va aksept faoliyati bilan shug’ullanuvchi uylar hamda tijorat banklari tomonidan ishlab chiqilgan eksportni veksellar vositachiligida kreditlash tizimi tashqi savdoning o’sib borayotgan talablarini qondira olmay qoldi. Bir qator (Buyuk Britaniya, Fransiya, Yaponiya va boshqa shu kabi) mamlakatlarda mashinalar va jihozlar eksportini o’rta hamda uzoq muddatli kreditlashning maxsus tizimi yaratilgan. Ushbu kreditlash turlarining shakllari qisqa muddatli (firma, bank, davlatlararo kredit va shu kabi) kreditlashning shakllariga o'xshash bo’lishi bilan o’ziga xos xususiyatlarga ega. Iste'mol bozorlari uchun kurash borasida eksportyorlar muddati 1-5 yildan to 7-10 yilgacha bo’lgan o’rta muddatli kreditlarni veksellar orqali rasmiylashtirgan holda taqdim etadilar.
Yirik kredit muassasalari uzoq muddatli xalqaro kreditlarni nazariy asosda 40 yilgacha, amalda esa 10-15 yil muddatga taqdim etadilar. Mazkur kreditlash turi bilan kapitalni o’z qimmatli qog’ozlarini chiqarish orqali jalb etuvchi davlat va yarim davlat mulkiy maqomiga ega, maxsus kredit tashkilotlari shug’ullanadi.
Banklar qiymati bo’yicha teng bo’lgan tovarlarni o’zaro yetkazib berishga asoslangan kompensatsion bitimlar yuzasidan uzoq mudatli kreditlarni taqdim etadilar. Ushbu turdagi kreditlar hamma vaqt maqsadli xarakterga ega bo’ladi. Korxonani barpo etish va qayta tiklash, tabiiy resurslarni o’zlashtirish uchun mashina hamda jihozlarni 8-15 yil muddatga kreditga olgani holda qarz oluvchi
mazkur kreditni qurilgan va qurilayotgan korxonalar mahsulotlari hisobiga so’ndirilishini amalga oshiradi. Kompensatsion bitimlarning farqli tomoni, ularning keng qo’lamli va uzoq muddatli xarakteri hamda eksport va import bitimlarining o’zaro bog’liqligidadir.
Amaliyotda "uzoq muddatli kredit" atamasi kredit muassasalarining ssudalariga aloqador bo’lib qoldi. Uzoq muddatli kreditning bir qismi bo’lib zayomlar, ya'ni davlat va xususiy korxonalar, banklar tomonidan o’z qarz majburiyatlarini chiqarish orqali milliy hamda jahon ssuda kapitallari bozorlaridan qarz mablag’larini jalb etilishi hisoblanadi. Uzoq muddatli kredit va zayomlar asosan asosiy kapitalni kengaytirilgan takror ishlab chiqarish, mashinalar, jihozlar eksporti, sanoat loyihalarini sotilishiga xizmat ko’rsatadi.
Byudjet mablag’lari hisobdan ajratiladigan uzoq muddatli (muddatlari 10- 15 yil va bundan ziyod) Xalqaro kreditlarning quyidagi shakllari farqlanadi:

  1. Hukumatning ikki taraflama kreditlari. Davlatlararo uzoq muddatli kredit keng ko’lamlarda birinchi jahon urushi paytida vujudga keldi va o’z rivojiga urushdan so’nggi yillarda ega bo’ldi. Bunda asosiy kreditor bo’lib AQSh maydonga chiqdi. Natijada davlatlararo ziddiyatlarni kuchaytirib yuborgan hukumatlararo qarzdorlik (11 mlrd. oltin dollarlari, foizlarni hisobga olmaganda) paydo bo’ldi. Fransiya kreditni nemis reparatsiyalari hisobiga, Germaniya esa AQShdan yangi kreditlarni olish hisobiga so’ndirayotgan edi. 1929-1933 yillar iqtisodiy inqirozi davri mobaynida Germaniya va 25 ta boshqa davlatlar qarz bo’yicha to’lovlarni to’xtatib qo’ydilar. Ikkinchi jahon urushi davri mobaynida hukumatlararo qarzlar sezilarli rol o’ynamagan edi. Harbiy va boshqa turdagi materiallarning yetkazib berilishi asosan "lend-liz" (ijara) shartlari asosida, kredit majburiyatlarisiz amalga oshirilayotgan edi;

  2. Xalqaro va hududiy valyuta-kredit hamda moliyaviy tashkilotlarning kreditlari;

  3. yordam ko’rsatish yo’nalishi bo’yicha, ushbu yordam shakli texnik yordam, hadyalar, subsidiyalar bilan birgalikda imtiyozli shartlar asosidagi zayomlarni ham o’z ichiga oladi.

Ayrim holatlarda xalqaro kreditning aralash turi qo’llaniladi. Masalan, eksportni kreditlashning odatdagi shakllari yordam ko’rsatish bilan birgalikda amalga oshiriladi. Xalqaro kreditning yangi shakllaridan biri bo’lib bir nechta kredit muassasalari tomonidan yirik loyihalarni qo’shma moliyalashtirish hisoblanadi. Xalqaro moliya institutlari qo’shma moliyalashtirishning tashabbuskorlari bo’lib maydonga chiqadi va ular ushbu operatsiyalarga odatda loyihaning eng ko’p foyda keltiradigan qismini imtiyozli asosda (foiz stavkasi bozor stavkasidan past) moliyalashtiruvchi, xususiy tijorat banklarini jalb etadilar.
Qo’shma moliyalashtirishning quyidagi 2 shakli qo’llaniladi:

  • parallel moliyalashtirish, bunda loyiha turli kreditorlar tomonidan ular uchun o’rnatilgan kvotalar me'yorida kreditlanadigan tarkibiy tashkil etuvchilarga bo’linadi;

  • o’z-o’zini moliyalashtirish, bunda barcha kreditorlar loyihaning ijro etilishi mobaynida ssudalarni taqdim etadilar. Kreditorlardan biri (menejer- bank) loyihaning tayyorlanishi va amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi hamda nazorat qiladi.

Qo’shma moliyalashtirish qarz oluvchiga imtiyozli kreditlarni olishga yo’l ochgani holda ma'lum bir imtiyozlarni beradi. Biroq asosiy imtiyozlarni kreditorlar oladi, chunki bunday kreditlash ssudani qarzdor tomonidan o’z vaqtida so’ndirilishining qo’shimcha kafolatini beradi.


Xususiy banklarning sindikatlari o’z kreditlarini qarz oluvchi mamlakatlarga ular tomonidan XVF yoki TTHB (Taraqqiyot va Tiklanish Xalqaro Banki)ning kreditlarini olgan taqdirdagina taqdim etadilar. Davlat va xususiy banklar o’rtasidagi ushbu taqsimotning asosiy maqsadi iqtisodiy hamda siyosiy omillardan kelib chiqqan holda ssuda kapitallarining jahon bozoriga qarz oluvchilar chiqishini muvofiqlashtirishdir. Shu sababli xalqaro valyuta-kredit va moliya tashkilotlarining kreditlari ikki taraflama hukumat kreditlari hamda ayniqsa xususiy banklar kreditlari, yevrokreditlarga nisbatan summalari bo’yicha kamtarona o’rin egallasa-da, katta rol o’ynaydi.
Xalqaro uzoq muddatli kreditning shakllaridan biri bo’lib qimmatli qog’ozlar emissiyasi hisoblanadi.
Loyihalarni moliyalashtirish xalqaro uzoq muddatli kreditning zamonaviy shaklidir.
Ushbu shakllardan biriga lizing ham kiradi. Lizing (inglizcha leasing, lease-ijaraga berish so’zidan olingan) lizing beruvchi tomonidan lizing oluvchiga moddiy qimmatliklarni turli muddatlarga ijaraga taqdim etilishidir.

Download 491,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish