Eksport-import operatsiyalari, deganda moddiy ashyo shakliga ega tovarlar oldi-sotdisi bilan bog’liq tijorat faoliyati, tovarlarni chegaradan olib chiqish va sotish va xorijiy kontragentga uzatish bilan, o‘z mamlakatining bozorlariga xorij tovarlarini olib kirish va sotish bilan bog‘liq faoliyat tushuniladi. Eksport import operatsiyalari,agar tovarlar davlat chegarasi orqali kontragent mamlakatiga o‘tkazilgandagina, statistik hisob uchun zarur ma‘lumotlar topshirilgan, ma‘lum bojxona rasmiyachiliklari va muolajalarini bajarilganidan keyingina amalga oshirilgan deb hisoblanadi. Bojxona hududi, deganda tovarlarni olib kirish va olib chiqishda nazoratni amalga oshiradigan yagona bojxona muassasasi tushiniladi. Bojxona hududi chegarasi mamlakatning davlat chegarasi mali mos kelmasligi mumkin. Yozma ombor deganda tovar bojxona nazorati ostida qaerda bo‘lsa o‘sha erdagi aniq bojxonada ro‘yxatdan o‘tgan joy va maydonlar tushuniladi. To'g'ri tranzit, deganda tovarlarni bir mamlakatdan ikkinchi bir mamlakatga boshqa uchinchi mamlakat hududi orqali olib o‘tish tushuniladi. Erkin xududlaridagi operatsiyalar. Erkin xudud deganda asosan, bir mamlakat bojxona xududidan tashqarida joylashgan port xududlari tushuniladi. Bu xududlarga olib kirilgan tovarlar barcha bojxona bojlaridan ozod qilinadilar. Bojxona tarifi - savdo oqimlarini boshqarishning asosiy instrumenti hisoblanadi. U mana shu maqsadda dunyoning barcha mamlakatlarida qo‘llaniladi. Bojxona tarifining mal qismi bojxona bojini to‘laydigan tovarlar ro‘yhatini tizimlashtiradi. Boj tarif boshqaruvining asosiy vositasi antidemping bojlarini qo‘llash hisoblanadi. Ular eksport tovarlari pasaytirilgan narx yoki demping narxlarda sotilgan hollarida o‘rnatiladi. Demping deganda, bir mamlakat tovarlarining boshqa mamlakat bozorida uning me‘yoriy qiymatidan past narx bo‘yicha sotilishi nazarda tutiladi. Eksport-import operatsiyalarini litsenziyalashtirish tizimi xalqaro savdo bitimlarini mahalliy firmalar tomonidan amalga oshirishni davlat tomonidan tartibga solinishi va nazorat qilinishi vositalarini o‘zida mujassamlashtiradi. Litsenziyalashtirish vaqtinchalik chora bo’lsa ham haqiqatda u tashqi savdo operatsiyalarini xalqaro tartibga solishning amaliy instrumenti hisoblanadi.Soliq va yig’imlar xalqaro tijorat operatsiyalarini tartibga solishning asosiy vositasi hisoblanadi. Zamonaviy sharoitlarda ularning roli oshib bormoqda. Soliq va yig‘imlar odatda, ichki va chegaraviyga bo‘linadi. Bojxona tarifini amaliyotda qo‘llash bojxona bojini to‘lash maqsadida tovar qiymatini baholash uslublari bilan chambarchas bog‘langan. Ko‘pchilik kelishuv ishtirokchilari mamlakati amaliyotida bojxonani baholash uchun, asosan, shartnoma bahosidan foydalaniladi.