- Ixtisoslashtirilgan tashkilotlar taqdim etgan firmalar haqida axborotlar. Ixtisoslashtirilgan tashkilotlarga quyidagilar kiradi: kredit- ma‘lumot byurosi; tadbirkorlik uyushmalari, savdo palatalari, maslahat firmalari, davlat tashkilotlari. Firmalar haqida ma‘lumotlar ular tomonidan bepul va to‘lov asosida taqdim etiladi.
Kredit-ma‘lumot byurosi firmalar haqida, ularning huquqiy holatidan qat‘iy nazar oldindan o‘zlashtirilgan abonimentlar asosida to‘lov evaziga beriladi. Ularda, odatda, firmaning nashr qilinmagan moliyaviy holati haqidagi, ularning aylanmasi, aktsionerlik kapitali haqidagi ma‘lumotlar bo‘ladi. Yirik firma ma‘lumotnomasida uning yaratilish tarixi, ishlab chiqarish korxonalari va shu‘ba korxonalarining ro‘yhati, rahbarlar tarkibi va ularning qisqacha biografiyasini ham olish mumkin. Ma‘lumotnomada shuningdek, burungi va o‘tgan yil hisobotidagi firmalarning qisqartirilgan balansi, daromadlar hisobi va zararlar haqidagi ma‘lumotlarni ham olish mumkin.
Ichki foydalanish uchun axborotlar. Bu axborotlar firmalar bo‘yicha xujjatlar to‘plami va kartotekalarga ega bo‘lgan barcha firmalar uchun yig‘iladi va tizimlashtiriladi. Har bir mijoz uchun firma alohida kartochka va papka tutadi. Unda firma haqidagi umumiy ma‘lumotlardan tashqari, mijoz bilan faoliyat munosabatlarining holati va u haqidagi doimiy yangilanib turadigan ma‘lumotlar haqidagi yozuvlar tizimli tarzda to‘ldirilib boriladi. Bu kartotekaning davriy qayd etib borilishi o‘zining doimiy mijozlari faolligini, xususan, agentlik tarmog‘ining faolligini nazorat qilish imkonini beradi.
Firmalar bo'yicha ma'lumotnomalar sanoat, savdo, transport, sug‘urta va firmalarning boshqa ko‘rinishlari, shuningdek, banklar, investitsion trest va maishiy xizmat ko‘rsatish kompaniyalari haqidagi tizimli ma‘lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Ma‘lumotnomalarning turli ko‘rinishlarini kompleks qo‘llashda kompaniya tarixi haqida, uning ishlab chiqarish bazasi, ishlab chiqarish va savdo faoliyati natijalari haqida, boshqaruv tarkibi va kuzatuv kengashi haqida, kompaniya rahbarlarining personal aloqalari haqidagi tizimli ma‘lumotlarni olish mumkin.
Ma‘lumotnomalarda joylashtirilgan ma‘lumotlar nashr qilingan materiallardan farq qilib, umumiy ma’lumot uchun firma o’zi, kerak, deb hisoblagan axborotlarni o‘z ichiga oladi. Ma‘lumotnomalar har yili ixtisoslashtirilgan xususiy nashriyotlar, tadbirkorlik uyushmalari, rivojlangan mamlakatlarning savdo palatalari tomonidan nashr qilinadi. Rivojlanayotgan mamlakatlar firmalari bo‘yicha ma‘lumotnomalar faqatgina firmalar bo‘yichagina emas, butun mamlakat, iqtisodiyotning alohida tarmoqlari bo‘yicha sharhlarni ham nashr qiladilar. Firmalar haqidagi ma‘lumotnomalar, odatda, firmaning nomini, uning manzili va faoliyati predmetini ko‘rsatish bilan cheklanadi.
• Firmaga oid tovar bo'yicha ma'lumotnomalar barcha yoki aksar bir mamlakat (milliy) turli tarmoqlariga tegishli yoki keng mamlakatlar doirasidagi firmalar(xalqaro) ro‘yhatini qamrab oladi. Ma‘lumotlar lo‘nda qilib beriladi: firmaning nomi, manzili, faoliyati xarakteri. Har bir tovar uchun alifbo tartibida uning ishlab chiqarishi va savdosi bilan shug‘ullanadigan firmalar yoziladi. Tovarlarning nomlari yoki tovar guruhlarining nomlari ham alifbo tartibida joylashtiriladi. Odatda firmaga oid tovarlar ma‘lumotnomasida ixtisosligidan qat‘iy nazar barcha firmalar alifbo tartibida yozilgan bo‘ladi. Yirik tovar firmalariga oid ma‘lumotnomalar quyidagilar: «Kompass» (Shveytsariya), «Kelliz direktorii of myorchents, menyufekchurers end shippers» (Angliya), «ABTs deo doychen virtshaft» (Germaniya).
Do'stlaringiz bilan baham: |