O‘zbekistonning xalqaro moliya tashkilotlari bilan istiqboldagi hamkorlikni rivojlantirish yo‘nalishlari
Hozirgi vaqtda kelib, O‘zbekiston ko‘plab moliya tashkilotlar bilan samarali hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. Ushbu xalqaro moliya tashkilotlari O‘zbekistonning ijtimoiy hamda iqtisodiy sohalariga qator investitsiyalar kiritgan.
Investitsion loyihalar soni ko‘p bo‘lgani bilan, hamkorlik aloqalarini mustamkamlash doimiy ravishda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihat hisoblanadi. Sababi, xalqaro bozorga chiqish uchun, davlatning eksport salohiyatini oshirish uchun, aholining ijtimoiy qo‘llab quvvatlash uchun, ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini yaxshilash uchun xalqaro moliya institutlarini bilan aloqalarni rivojlantirish vazifalardan biri hisoblanadi.
Sheriklik esa hamkorlik qilayotgan tomonlarning ichki va tashqi siyosatini belgilovchi nazariy tamoyillarda yakdillikni ko‘zda tutadi. Bu geo siyosiy yoki iqtisodiy tavsifdagi strategik manfaatlar va yuqoridarajada bir-birini tushuna bilishlik va ishonchni qo‘shilib ketishdir. O‘zbekiston va XMIlar shunday asosni barpo qilish yo‘lidan ancha joyga borib qoldilar.
Strategik sheriklik – har ikki tomonning bir-biri bilan uchrashishiga bo‘lgan, xarakatini talab etadi va o‘zaro munosabatlarning istiqbolli ramziy maqsadi hisoblanadi. Bunday sheriklik yuqori darajadagi ishonchni umumiy manfaatlar yo‘lida keng doiradagi masalalar bo‘yicha harakatlar uyg‘unligi, ba’zi hollarda esa o‘zaro yordamni taqozo etadi.
Mamlakatimizning XMIlari bilan o‘zaro munosabatlarini rivojlantirish hamda xorijiy investitsiyalardan samarali foydalanish istiqbolda
Yangi, zamonaviy texnika va texnologiyalarni respublika iqtisodiyotiga jalb qilish, ularni ishlab chiqarishga joriy qilish esa necha yillar davomida sifatsiz, xaridor talabiga javob bera olmaydigan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi eski texnikalardan tezroq qutilish imkonini beradi;
Yangi ish joylari tashkil qilish va aholining ishsiz qismini ish bilan ta’minlash, shu bilan birga, xorijning ilg‘or boshqaruv tajribasini joriy qilish imkonini beradi va shu orqali mehnat unumdorligi oshiriladi;
Jahon bozorida raqobatlasha oladigan sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularni eksport qilish evaziga mamlakatga qadri baland valutalarning ko‘proq kirib kelishini ta’minlaydi.
Mamlakatda investitsiya muhitining takomillashib borishi, xorijiy investitsiyalarning hamda xorijiy banklarning kredit liniyalari mablag‘larining mamlakat iqtisodiyotiga kirib kelishi albatta investitsiyalarni boshqarishni, ularni baholash usullarining takomillashuvini, ularning eng samarali manbalarini izlab topishni va joylashtirishni, yangiliklarni amaliyotga tatbiq qilishni, shu bilan bir qatorda ushbu soha rivojlanishiga xizmat qiluvchi infratuzilma institutlarning o‘z- o‘zidan rivojlanishini taqozo qiladi.
Albatta bunday ishlar boshida davlat turadi va u bunday o‘zgarishlarning tashkiliy-huquqiy asoslarini ta’minlaydi. Bunday o‘zgarishlar natijasida investitsiyalarning muqobil usuli bo‘lmish lizing munosabatlari, kredit uyushmalari, nobank kreditlash muassasalari, sug‘urta kompaniyalari, investitsiya kompaniyalari va fondlari kabilar faoliyati rivojlanib va takomillashib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |