Jahon metereologiya tashkiloti 1947 yilda tashkil etilgan, qarorgoxi Jenevada. Xalqaro metereologiya tashkilotining asosiy maqsadi metereologiya bo‘yicha xalqaro hamkorlikni tashkil etish, metereologiya xizmatining mukammallashib borishini ta’minlash va uning yutuklaridan aviatsiya, kishlok xujaligi, kemalar katnovida va boshqa sohalarda foydalanishdir. Uning tezkor dasturi asosini bugun dunyo ob-havo xizmati tashkil etadi.
Mintaqaviy xalqaro tashkilotlar
Universal xalqaro tashkilotlar bilan bir qatorda mintaqaviy (regional) xalqaro tashkilotlar ham mavjud bo‘lib, uning a’zolari ma’lum jug‘rofiy mintaka davlatlari bo‘lishlari mumkin. Bunday tashkilotlar faoliyati xavfsizlik, iktisod, ijtimoiy, madaniy va boshqa sohalardagi mintaqaviy xalqaro hamkorlikka karatilgan bo‘ladi.
BMT Ustavida bunday tashkilotlarga ma’lum talablar qo‘yiladi. Jumladan, ularning tashkil etilish maqsadlari va faoliyati BMT Ustavining maqsad va tamoyillariga to‘g‘ri kelishi va bu tashkilotlar BMTning iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa muammolarni yechishga karatilgan faoliyatiga kumaklashishi lozim.
Juda ko‘p sonli turli mintaqaviy tashkilotlar ichidan umumiy vakolatlilarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Kuyida ana shulardan ayrimlari to‘g‘risida tuxtalib ugamiz.
Afrika Birligi Tashkiloti — tarkibiga 50 dan ziyod Afrika davlatlari a’zo bo‘lgan eng yirik mintaqaviy xalqaro tashkilotdir. Ushbu tashkilot 1963 yil 25 mayda Addis-Abebadagi Afrika-ning mustaqil davlatlari va hukumat raxbarlari ishtirok etgan va mazkur tashkilotning Hartiyasi va Nizomi imzolangan Konferensiyada tashkil etilgan.
Hartiyaning 2-moddasiga binoan Afrika Birligi Tashkilotining maqsadlari quyidagilardan iborat:
-
birinchi, Afrika davlatlarining birligi va dustligini mustahkamlash;
-
ikkinchi, ular o‘rtasida siyosiy, diplomatik, iqtisodiy, transport va aloqa, ta’lim, madaniyat, ximoya va xavfsizlik va boshqa sohalardagi hamkorlikni muvofiqlashtirish va kuchaytirish;
-
uchinchi, ularning suverenitetini, hududiy yaxlitligi va mustaqilligini ximoya qilish;
-
To‘rtinchi, Afrika kityasida mustamlakachilikning barcha turlarini tugatish va xalqaro hamkorlikni qo‘llab-kuvvatlash.
Arab davlatlari Ligasi 1945 yilda tashkil etilgan bo‘lib, uning maqsadlari quyidagilardan iborat:
-
birinchi, a’zo-davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chukurlashtirish;
-
ikkinchi, a’zo-davlatlarning siyosiy faoliyatini muvofiqlashtirish va iqtisodiy, moliyaviy, savdo, madaniy, ijtimoiy va boshqa sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
-
uchinchi, a’zo-davlatlarning mustaqilligi va suverenitetini ta’minlash.
Amerika Davlatlari Tashkilotiga Lotin Amerikasi va Karib dengizining 30 dan ziyod davlatlari va AKSH kiradi (Kanada bu tashkilotga kirmaydi, 1962 yilda esa AKSH tazyiki ostida Kuba Undan chikarilgan).
Janubiy-Sharkiy Osiyo davlatlari Assotsiatsiyasi (ASEAN) 1967 yilda tashkil etilgan bo‘lib, keyinchalik o‘nta Bruney va Vyetnam a’zo bo‘lgan. Assotsiatsiyaning shartnomaviy tarzda tashkil eti-lishi 1976 yilda Janubiy-Sharkiy Osiyo davlatlarining Dustlik shartnomasini va ASEAN Deklaratsiyasini imzolaganlaridan keyingina yuz berdi.
Ushbu hujjatlardan kelib chiqqan xolda Assotsiatsiyaning maqsadlari iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa sohalarda hamkorlikni tashkil etish, Janubiy-Sharkiy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni o‘rnatishdan iborat.
Yevropa Kengashi Yevropa davlatlarini birlashtiruvchi mintaqaviy xalqaro tashkilotdir. Hozirgi kunda 40 davlat Yevropa Kengashining a’zolari hisoblanadi. Sharkiy Yevropaning Bolgariya, Vengriya, Chexiya, Slovakiya, Sloveniya, Latviya, Litva va Estoniya kabi davlatlari shular jumlasidandir. Rossiya Yevropa Kengashiga 1996 yilda qabul qilindi.
Yevropa Kengashining maqsadlariga inson huquqlarini ximoya qilish, demokratiyani chukurlashtirish, asosiy huquqiy ta’lim, axborot, atrof-muxitni ximoya qilish, Sog‘liqni Saqlash kabi masalalarda hamkorlik qilish va Yevropaning barcha davlatlarini yakinlashtirish kabilar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |