Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti
Hozirgi kunda Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti xalqaro mintaqaviy tashkilotdir. Uning ta’sis etuvchi hujjatlari 1975 yilda Xelsinkida imzolangan Yakunlovchi hujjat, 1990 yilda Parijda qabul qilingan Yangi Yevropa uchun Hartiya va o‘nta qo‘shimcha hujjat, 1992 yilda Xelsinkida qabul qilingan «O‘zgarishlar vaqti chakirigi» Deklaratsiyasi va Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining asosiy faoliyat yunalishlari va to‘zilishini belgilovchi paket hisoblanadi. Shunga muvofiq Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining asosiy faoliyat sohalari: xavfsizlik, qurolsizlanish, kelishmovchiliklarni bartaraf etish, iktisodiyot, madaniyat, ekologiya, inson huquqlari, erkinliklari va boshqa masalalarda hamkorlik qilishdan iborat.
Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti — tarkibiga jug‘rofiy jihatdan Vankuverdan Vladivostokkacha bo‘lgan hudud-da joylashgan 55 mamlakat a’zo bo‘lgan xavfsizlik masalalari bilan shugullanuvchi umum Yevropa tashkilotidir.
Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti tinchlik va xavfsizlik masalalariga har tomonlama yondashadi. Uning organlari va institutlari hamkorlik asosida tinchlikni mustahkamlash, qurollanish ustidan nazorat olib borish, priventiv diplomatiya, ishonch va tinchlikni mustahkamlash, inson huquqlari, saylovlarda ko‘zatuvchilikni amalga oshirish, iqtisodiy va eko-logik xavfsizlik kabi keng masalalar doirasida faoliyat ko‘rsatadi.
Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti, shuningdek, oddiy qurollarni nazorat qilish va ishonchni mustahkamlash borasida tadbirlar qo‘llashga asos yaratadi. Bu sohada eng muvofiq-lashtiruvchi kelishuv 1994 yildagi Vena hujjatidir. U davlatlar oldiga o‘z harbiy faoliyatlarining oshkoraligi va oldindan ko‘ra-biladigan bo‘lishi majburiyatini kuyadi. Mazkur Tashkilot doirasida demokratik jamiyatda qurolli kuchlarning o‘rnini belgilovchi tamoyillar keltirilgan Faoliyat kodeksi qabul qilingan. Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotida bundan tashqari tortishuvlarni xal etishning bir kancha mexanizmlari ham ishlab chiqilgan.
Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Parlament Assambleyasining har yili ugkaziladigan sessiyalarida tashkilot faoliyatiga tegishli masalalar muxokama etiladi, mintakada xavfsizlik va hamkorlikni kuchaytirish borasida deklaratsiya, tavsiya va takliflar tayyorlanadi. Parlament Assambleyasi kotibiyati Kopengagenda joylashgan.
Tashkilot tomonidan Jenevada Arbitraj va yarashish sudi ta’sis etilgan. Arbitraj va yarashish konvensiyasini imzolagan davlatlar Arbitraj tribunali yoki Yarash komissiyasi doirasidagi nizolarni sudda ko‘rib chiqishi uchun takdim etishlari mumkin. Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti, shuningdek, Yevropa Ittifoqi tashabbusi bilan qabul qilingan Barqarorlik paktining saklovchisi hamdir.
Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Kengashi 1990 yilga qadar me’yor va burchlar ishlab chiquvchi va ularning bajarilishini mo‘ntazam tekshirib boruvchi konferensiya va kengashlar sifatida faoliyat olib bordi. 1990 yil oliy darajadagi Parij uchrashuvi uning faoliyatini tubdan o‘zgartirdi. Yangi Yevropa uchun Parij hartiyasida Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Kengashi oldiga Yevropadagi tarixiy jarayonlarni boshqarishga o‘z xissasini qo‘shish va sovuk urush tugaganidan keyingi davrda yuzaga kelgan yangi talablarga javob berish vazifalari qo‘yildi. Ularni bajarish maqsadida bir nechta institut va muassasalar tashkil etildi, uchrashuvlarni o‘tkazish doimiy asosga qo‘yildi
Kengash faoliyatining keyingi rivojlanshpi 1990-1999 yillar mobaynida utkazilgan bir qator doimiy uchrashuvlar shakliga kirib bordi. Ularda yangi mexanizmlar ishlab chikildi, tarkibiy bo‘linmalar tashkil etiddi va sovuk urush tugaganidan keyingi Davr Yevropasining muammolarini yechish tamoyillari ishlab chikildi.
Bugungi kunda Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti hamkorlik asosida Yevropada xavfsizlikni ta’minlash jarayonida yetakchi urin tutadi. Mazkur Tashkilot o‘zining bu boradagi urinishlarini kuchaytira borar ekan, boshqa bir kancha xalqaro, mintaqaviy va nodavlat tashkilotlar bilan yakindan hamkorlik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |