kompaniyalar, umumiy holda transmilliy kompaniyalar, banklar, investitsion fondlarning ham milliy bozorda, ham boshqa mamlakatlarbozorlarida savdoga qoʻyiladigan aksiyalaridir. London, Singapur, Lyuksemburg yevroaksiyalar savdosi amalga oshiriladigan asosiy moliyaviy markazlar hisoblanadi. Investorlar turli mamlakatlardan sotib oluvchilar boʻlganligi uchun bitimlar mamlakatlar milliy valyutalarida tuzilishi mumkin.
Yevroobligatsiyalar (ingl. eurobond) -
mamlakatdan tashqarida qattiq valyutada sotiladigan obligatsiyalardir. Bugungi kunga kelib yevroobligatsiyalar har qanday mamlakatda chiqarilishi mumkin va aksariyat holatlarda yevro yoki AQSH dollarida muomalaga chiqarilmoqda. Ularga misol sifatida yevrodollar obligatsiyalari, yevroiyen obligatsiyalarini keltirish mumkin. Yevroobligatsiyalar emitentlar nuqtai nazaridan davlat (suveren) yevroobligatsiyalari va korporativ yevroobligatsiyalarga boʻlinadi.
Yevrodepozitsertifikatlari –
amerika banklari boʻlinmalari va shoʻba kompaniyalari va boshqa davlat banklari tomonidan xorijiy valyutada (asosan AQSH dollarida) chiqarilgan qimmatli qogʻozlar. Bunda depozit sertifikatlari bankda depozit joylashtirilganligi haqida maʼlumotnama hisoblanadi. Yevrodepozit sertifikatlari bozorida eng katta ulush Londonga toʻgʻri keladi. Yevrodollar depozit sertifikatlari asosan yirik institutsional investorlar uchun moʻljallab chiqariladi
Qisqa muddatli yevroqogʻozlar-
seriyali tarzda chiqariladigan xalqaro darajada joylashtiriladigan qimmatli qogʻozlardir. Bunda eng yirik emitentlar amerika transmilliy kompaniyalari hisoblanadi
Aksiyalar oldi-sotdisida valyuta konvertatsiyasini amalga oshirishga zarurat yoʻqoladi,
valyuta riski kamayadi.
Investorlar belgilangan soliqlar va
chegaralashlardan qochadi.
Siyosiy, iqtisodiy risklar, likvidlilik riski
pasayadi
Mamlakatda xorijiy aksiyalarga nisbatan maʼlum
tartib qoida belgilab qoʻyilishi.
Xorijiy kompaniyalarga nisbatan aksiyalar
miqdori, moliyaviy hisobotlar va boshqa jihatlar
boʻyicha qatʼiy talablar belgilanishi.
Aksiyalar bozori kapitallashuvi boʻyicha eng katta birjalar oʻntaligi, milliard AQSH dollarida
Amerika va global depozitar tilxatlarni muomalaga kiritish bosqichlari
Deponentlangan aksiyalarni xalqaro darajadagi vositachi orqali AQSHda roʻyxatdan oʻtkazish
Toʻrtinchi bosqich
Xalqaro darajadagi vositachi orqali deponentlangan aksiyalarga nisbatan amerika depozitar aksiyalarini emissiya qilish. Bunday aksiyalar amerika fond bozorlarida mustaqil muomalada boʻlmaydi.
Beshinchi bosqich
Maʼlum miqdordagi amerika depozitar aksiyalari hisobiga amerika depozitar tilxatlari (ADR)ni chiqarish
Oltinchi bosqich
AQSH fond bozorida ADRlarni muomalaga kiritish
Yettinchi bosqich
Global depozitar tilxatlar (GDR) sifatida AQSHda roʻxatdan oʻtkazish. Bunday qimmatli qogʻozlar ADR-1, ADR-4 va taʼminlanmagan amerika depozitar tilxatlaridan yuzaga keladi. AQSHdan tashqari jahonning boshqa mamlakatlari fond bozorlarida muomalada boʻladi