Harakatlaringiz natijalarini o'lchang
Agar sayyohlik kompaniyangiz uchun PR kampaniyasini olib borayotgan bo'lsangiz va birdaniga konvertatsiya darajasi pasayganini sezsangiz nima bo'ladi? Yoki hech qanday yaxshilanish yo'qmi?
Har qanday o'zgarishlarni amalga oshirishdan oldin, harakatlar natijalarini o'lchash muhimdir. Aks holda, ko'p pulni keraksiz yo'qotish mumkin.
Ko'rsatkichlarning mavjudligi - bu siz yaxshi ish qilyapsizmi yoki yo'qligini tushunishning kalitidir va u sizga nima qilish kerakligini aytadi.
Sayohat sanoatida PRning foydalari juda katta. Bu kompaniyalarga bozorga ko'proq kirishga, o'z biznesi haqida xabardorlikni oshirishga, mavjud mijozlar va potentsial istiqbollar bilan sodiqlikni shakllantirishga va konvertatsiya tezligini oshirishga yordam beradi
II BOB. TURIZM MENEJMENTIDA PR TEXNOLOGIYALARINI QO'LLASH
2.1. PR texnologiyalarining ta’siri va ahamiyati
Oʻzbekiston Turizm industriyasi xalqaro e’tirofda. Masalan global turizm industriyasi oʻz auditoriyasiga ega “Travel Tomorrow” nashrida ham bu borada tadqiqotlar olib borilgan. Jurnalist Maurisio Roisning “Oʻzbekiston: sayyohlik sohasi qanday tiklanmoqda?” deb nomlangan maqolasida mamlakatimizda turizm sanoatining rivojlanish koʻrsatkichlari, sohada sifatlar oshib borayotgani, turizm biznesi bilan shugʻullanish uchun davlat tomonidan imtiyozlar va yangiliklar yaratilgani tadqiq qilingan. Muhimi, turistlar uchun xalqaro andozalar darajasida sharoitlar yaratilib, mehmonlarni elektron roʻyxatga olish, xizmatlar uchun onlayn buyurtmalar berish imkoniyati yaratilgani yuqori baholangan. Maqola muallifining prognozicha, 2022- yil Oʻzbekistonga 5,2 mln turist kelgan boʻlsa, joriy yilda bu koʻrsatkich 10 mln nafargacha boʻlishi mumkin. Shuningdek, Oʻzbekistonda turizmda yangidan yangi yoʻnalishlar paydo boʻlayotgani, koʻplab dasturlar ishlab chiqarilayotgani bois bu sohada biznes qilish yaxshigina daromad manbaiga aylanayotgani eʻtirof etilgan. Birgina turistik xizmatlar eksporti yurtimizga 1,6 mlrd dollar daromad keltirganiga e’tibor qaratilgan. Bundan tashqari, Samarqand jahonga mashhur megapolisga, xalqaro turizm va biznes markaziga aylanayotganligi haqida fikrlar bor. Jahon sayyohlik tashkilotining bosh assambleyasining 25-sessiyasiga joriy yil Samarqand shahri mezmonlik qiladi. Uning doirasida xalqaro miqyosda 20 dan ortiq tadbirlar tashkil etiladi va turizm sohasidagi “Ipak Yoʻli” mukofoti ta’sis etiladi.
Tahlillarga koʻra mamlakatimizga sarguzasht izlab kelayotgan turistlarning mamlakatda qolish muddati ham oʻrtacha 4-5 kungacha, xarajatlari esa 300 dollargacha ortgan. Sayyohlarga vizalar berish tartibi soddalashtirildi. Aeroportlarda navbatma –navbatlarga va keraksiz tekshiruvlarga barham berildi. Sayyohlik oqimlarini tahlil qilish asosida dunyoning 40 dan ortiq turizm salohiyatiga ega davlatlaridan kelgan sayyohlar uchun yangi yoʻnalishlar ishlab chiqildi. Ziyorat, tibbiy va safari turizmini rivojlantirish borasida yangi dasturlar tayyorlanyapti.
Madaniyat va turizm vazirligi hamda Germaniya turistik assotsiatsiyasi (Deutscher Reiseverband e.V. – DRV) bilan hamkorlikda Germaniya va Oʻzbekiston turizm sohasi vakillari uchun tashkil etilgan “Destination Forum” loyihasi amalga oshirildi. 2021-yilda Germaniyaning mashhur “OstContact” jurnalida “Uzbekistan imeet ogromnыy turisticheskiy potentsial” nomli Oʻzbekiston turistik salohiyatiga oid maqola chop etildi. Bu haqida “Yangi Oʻzbekiston” gazetasining 2021-yilgi sonida qayt etilgan. Maqolada Oʻzbekistonning sayyohlik obyektlari infratuzilmasini yana-da rivojlantirish, koʻngilochar-madaniy majmualarni takomillashtirish, madaniy meros obyektlarini qayta tiklash ishlari uchun 1 trillion soʻm mablagʻ ajratilishi ushbu sohaning yana-da taraqqiy etilishiga turtki boʻlishi qayd etilgan. Bugungi kunda mamlakatimizda turizm sanoatiga davlatning asosiy iqtisodiy tizimlaridan biri sifatida qaralishi soha rivojiga salmoqli taʼsir koʻrsatishi nashrda oʻz ifodasini topgan. Shuningdek, yurtimizning sohadagi salohiyati, yutuqlari va kelajakda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar batafsil yoritilgan. Mamlakatimizga “Buyuk Ipak Yoʻli”da joylashgan, tarixiy obidalari va muqaddas qadamjolari bilan mashhur afsonaviy oʻlka hamda dunyoga mashhur Samarqand, Buxoro va Xiva kabi turistik shaharlariga ega mamlakat sifatida taʼrif berilgan. Oʻzbekistonning oʻziga xos xushmanzara tabiati, boy madaniy merosi va urf-odatlari, milliy taomlari toʻgʻrisida ham koʻplab ijobiy fikrlar keltirilgan. Unda xalqaro tashkilotlarning Oʻzbekistondagi turizm sohasida olib borgan tahlillari, mamlakat turizmiga koronavirus pandemiyasining taʼsiri, turistlar uchun yaratilgan qulayliklar, vizasiz rejim joriy etilgani, xorijiy davlatlar, jumladan, Rossiya bilan turizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan dasturlar haqida soʻz boradi. Bundan tashqari, 2018-yildan bugungi kunga qadar 90 ta xorijiy mamlakat fuqarolari uchun Oʻzbekistonga vizasiz rejim tartibining qoʻllanishi sayyohlar oqimining keskin oshishiga sabab boʻlganligi ijobiy baholangan. Xususan, Bahrayn Qirolligi, Qatar, Quvayt, Ummon Sultonligi va Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan Xitoyning Gonkong va Makao maxsus maʼmuriy hududlari fuqarolari uchun ham vizasiz rejim joriy qilinganligi ziyorat turizmi yoʻnalishini yana-da rivojlantirishga katta hissa qoʻshishi qayd etilgan. Maʼlumot uchun, “OstContact” — 1955-yildan beri har oyda nashr etiladigan Germaniyaning mashhur jurnali hisoblanib, Yevropa Ittifoqi, MDH mamlakatlari va Rossiya bozorlaridagi iqtisodiy, siyosiy jarayonlar toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etib boradi. Jurnalda siyosatchilar, jamoat arboblari va yirik ishbilarmonlarning bozorga oid tahlili, soliq, moliya, investitsiya, turizm, xizmat koʻrsatish sohalari, energetika, ekologiya, mehnat bozori, marketing, bojxona, yurisprudensiya va boshqa koʻplab yoʻnalishlardagi dolzarb maʼlumotlar berib boriladi. Jurnal oʻrtacha 10 ming nusxada chop etiladi, uning elektron versiyasi 1,5 million obunachiga ega.6
Tashkilot turistik ko‘rgazmalarda ishtirok etishdan tashqari, xorijiy mamlakatlardagi O‘zbekiston kunlarini ham muvofiqlashtirib boradi. Bunday tadbirlar O‘zbekistonning xorijdagi elchixonalari ko‘magida o‘tkazilib, dasturda odatda o‘zbek taomlarini tatib ko‘rish, o‘zbek xalq og‘zaki ijodi (musiqa, raqs) va milliy hunarmandchilik namunalarini namoyish etish kiradi. Shuningdek, O‘zbekiston kunlari doirasida mazkur mamlakatlarning biznes tuzilmalari va ommaviy axborot vositalari vakillari uchun muzokaralar, taqdimotlar o‘tkazilinadi.
Turizm Oʻzbekiston Prezidenti tomonidan mamlakat iqtisodiyotining strategik yoʻnalishlaridan biri sifatida belgilanganidan buyon sohada hayot “qaynamoqda”. Shunday ekan, bugungi kunda turizm kattadan kichikkacha, ishbilarmondan talabagacha-barcha uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda. Dunyo miqyosida Oʻzbekistonning ijobiy imijini oshirishga esa har birimiz hissa qoʻshishimiz mumkin.
Milliy PR-markazi ma’lum bir mamlakat yoki mintaqada jamoatchilik bilan aloqalar faoliyati va kommunikatsiyalar markazidir. Bu yangiliklar va axborotlarni tarqatish, jamoatchilikni xabardorligini oshirish, tashkilotlar, davlat organlari va jamoat arboblari obro‘sini boshqarishga yordam beradigan platformadir. Markaz odatda ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar, inqirozlarni boshqarish, strategik rejalashtirish va PR kampaniyalarni baholash kabi xizmatlarni taklif qiladi.
Davlatimiz rahbarining turizm sohasini rivojlantirish, yangi imkoniyatlarni ishga tushirish, diqqatga sazovor maskanlar, turizm zonalarini keng targʻib qilish boʻyicha bergan topshiriqlariga asosan, 2018- yil fevralda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish boʻyicha qoʻshimcha tashkiliy chora- tadbirlar toʻgʻrisida” gi farmoniga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi (hozirgi paytda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi) qoshida “Milliy PR-markazi” DUK faoliyati yoʻlga qoʻyildi.“Milliy PR-markazi” tomonidan mamlakatimizning turli turistik obyektlari, turizm zonalari, tabiat manzaralari, moddiy madaniy meros obyektlari haqida axborotnomalar, roliklar va boshqa infografik maʼlumotlar tayyorlanib, OАV va ijtimoiy tarmoqlar orqali eʼlon qilib boriladi. Markaz tomonidan tayyorlangan materiallarning xorijiy OАVlarda ham berib borilishi yoʻlga qoʻyilgan. Natijada, Davlat statistika qoʻmitasining 2018-yildagi maʼlumotlariga koʻra, xorijlik tashrif buyuruvchilar soni 5,4 million kishini tashkil etib, 2017-yilga nisbatan 2 barobar koʻpdir. Ulardan 4,6 million nafari Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari, 406 ming nafari MDH mamlakatlari va 326,5 ming nafari uzoq xorij fuqarolaridir.
Markaz turli xil tadbirlarni amalga oshirib, chet elda Oʻzbekistonning turizm brendini targʻib qilish bilan shugʻullanadi:
1. Oʻzbekiston milliy stendi bilan sayyohlik sohasidagi xalqaro koʻrgazmalarda ishtirok etish.
2. Raqamli targʻibot. Noldan boshlab har qanday murakkablikdagi veb-saytlarni ishlab chiqish, shu jumladan targʻibot va SEO-optimallashtirish.
3. Uzbekistan.travel milliy turistik portali va “Uzbekistan Travel” turistik nashri targʻiboti.
4. Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda brendni rivojlantirish va targʻib qilish.
5. Oʻzbekiston haqida sayohat jurnallari, risolalar, xaritalar va qoʻllanmalar yaratish va tarqatish.
6. IJtimoiy tarmoqlarda PR materiallari, press-relizlar, maqolalar, postlar, reportajlarni ishlab chiqish va yozish.
7. Keng turdagi biznes tadbirlarni tashkil etish: davra suhbatlari, brifinglar, matbuot anjumanlari, forumlar, yirik konferensiyalar – Oʻzbekistonda boʻlgani kabi, xorijda ham.
8. Mamlakatning boy madaniy merosini targʻib qiluvchi tadbirlar, yarmarkalar, forumlar va festivallarni tashkil etish.
9. Veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlarda koʻrish mumkin boʻlgan eksklyuziv video va fotolarni tasvirga olib kontent yaratish, drondan suratga olish.
10. Reklama materiallarini (press-vollar, bukletlar, broshyuralar, brend-buklar, flayerlar, jurnallar, korxona logotipi tushirilgan sovgʻa toʻplamlari va suvenirlar) ishlab chiqish va koʻpaytirish. Xorijdagi diplomatik vakolatxonalar uchun reklama materiallarini ishlab chiqish va tarqatish.
“Milliy PR-markazi” Oʻzbekistonga yangicha qarash, uning eng goʻzal va oʻrganilmagan joylarini kashf etish hamda Oʻzbekiston nafaqat Buyuk Ipak yoʻli merosi sifatida YUNESKO roʻyxatiga kiritilgan tarixiy shaharlardan iboratligini, balki Tyan-Shan tizmasi etaklarida va Pomir tizmalaridagi gʻoyat goʻzal tabiati, qadimgi sivilizatsiyalarning choʻl qalʼalari, madaniyati va tarixi, Sharqning mazali taomlari va ajablanarli darajada mehmondoʻst xalqi haqida ommaga yoritishni maqsad qilib qoʻygan. Tashkilotda 40 nafar iqtidorli va ijodkor mutaxassislar, mamlakatimizning sayyohlik imkoniyatlarini keng targʻib etayotgan xodimlar faoliyat koʻrsatmoqda. www.uzbekistan.travel. jamoa veb-portali hisoblanadi, unda yurtimizning gobetakror tabiat manzaralari, azim shahar, goʻzal ziyoratgohlari haqida yoritib boriladi. Diqqatga sazovor joylar va sayyohlik obyektlarning videoroliklar bazasi ham yaratilgan. Hozirgi kunda yurtimizning turizmga oid yutuqlarini yoritish boʻyicha har 3 oyda “Uzbekistan travel” nomi ostida jurnal nashr etilmoqda. Bir necha tillarda nashr etiluvchi tarqatma materiallar mamlakatimizning chet eldagi vakolatxonalari orqali butun dunyoga tarqatiladi. Mamlakatimizning soʻlim goʻshalariga onlayn turlar tashkil etilgan boʻlib, messenjer va ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekistonning sayyohlik brendi yoritib boriladi. Xorij OAV vakillari va mashhur blogerlar bilan reklama faoliyati hamda hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyilgan. Tashkilot tomonidan 2018- yildan hozirgi kunga qadar 200 dan ortiq xalqaro tadbirlar, 2150 dan ortiq mahalliy tadbirlar, 196 media loyihalar oʻtkazilib kelinmoqda.
2022-yilning 4-5-iyul kunlari Yekaterinburg shahrida (Rossiya Federatsiyasi) boʻlib otgan “INNOPROM” koʻrgazmasida “Oʻzbekiston” milliy stendi orqali mamlakatimizning turizm salohiyati namoyish etildi hamda Rossiya Federatsiyasi hududlarini “Ipak yoʻlida turizm” Toshkent xalqaro turizm yarmarkasiga jalb qilish boʻyicha muzokaralar tashkil etildi. “BBC World News” media korporatsiyasi bilan Oʻzbekistonning turizm salohiyatini targʻib qilish maqsadida 3 ta videorolik tayyorlash boʻyicha qoʻshimcha kelishuvga erishildi. “Diydor” teatri haqida hujjatli film tayyorlash maqsadida taniqli jurnalist Kirill Altman bilan oʻzaro hamkorlik shartnomalari imzolandi. “The Bradt Guide” nashri bilan Qoraqalpogʻiston boʻyicha qoʻllanma yaratish, Qoraqalpogʻistonni targʻib qilish, press-relizlar va kataloglarda, “Bradt” elektron axborot byulletenlarida, “Bradt” ijtimoiy media kanallari, veb-saytdagi maqolalarda yoritish boʻyicha hamkorlik shartnomalariga erishildi. “SHHTga a’zo davlatlar rassomlari ijodida Samarqand ruhi” koʻrgazmasi oʻtkazildi. Moskva shahrida (Rossiya Federatsiyasi) boʻlib oʻtgan “Путешествуй!” turistik forumi doirasida “Oʻzbekiston” milliy stendi orqali ishtiroki tashkil etildi. Rossiya Federatsiyasi fuqarosi mashhur rassomlardan biri hisoblangan Y. Ivanyujenko bilan mamlakatimizning madaniy salohiyatini xorijda targʻib qilish va Yaponiya bilan mustahkam madaniy aloqalar oʻrnatish maqsadida “Oʻzbekiston Yaponiya nigohida” loyihasi boʻyicha hamkorlik shartnomalari imzolandi. Moskva shahrida “Отдых Leisure” forumi doirasida mamlakatimizning turizm salohiyati namoyish etildi. Samarqand shahrida SHHT davlat rahbarlarining yigʻilishini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida amaliy ishlar olib borildi. Parij shahrida (Fransiya Respublikasi) tashkil etilgan “Top Resa” turistik koʻrgazmasi doirasida “Oʻzbekiston” milliy stendi orqali mamlakatimizning turizm salohiyati namoyish etildi. Tokio shahrida (Yaponiya) tashkil etilgan “TEJ” turistik koʻrgazmast doirasida “Oʻzbekiston” milliy stendi orqali mamlakatimizning turizm salohiyati taqdim etilib, milliy musiqa va raqs namoyishlari oʻtkazildi. Chimkent shahrida Oʻzbekiston turizm yarmarkasi tashkil etilib, “Oʻzbekiston” milliy stendi orqali mamlakatimizning turizm salohiyati namoyish etildi, 24-sentabr kuni Oʻzbekiston turizm yarmarkasi hamda “Oʻzbekiston” milliy stendini ommaviy axborot vositalari orqali yoritish maqsadida Chimkent shahrida hamda 27-sentabr kuni Butunjahon turizm kuni munosabati bilan Samarqand shahrida info-tur tashkil etildi. Yuqorida keltirilgan barcha tadbirlar Uzbekistan.travel veb-portalida yoritildi. Londonda “World Travel Market” yirik xalqaro sayyohlik koʻrgazmasi namoyish etildi. Unda mamlakatimiz delegatsiyasi ham ishtirok etib, “BBC”, “Euronews”, “CNN” vakillari bilan Oʻzbekistonni 2023-yilgacha yoritish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish hamda dunyo bozorida yurtimizning yangi sayyohlik markazlari, turistik obyektlarni targʻib qilish boʻyicha yirik marketing va PR-kompaniyalari bilan muzokaralar olib borildi.
“Ipak yoʻlida turizm” Toshkent xalqaro turistik yarmarkasining Facebook ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasi verifikatsiya jarayonidan oʻtkazildi. Yurtimizning turistik salohiyatini namoyish etish hamda targʻib qilish maqsadida “Travel show” koʻrsatuvlarini suratga olish ishlari amalga oshirilmoqda, koʻrsatuvning 1-seriyasi Buxoro shahrining turistik salohiyati haqida boʻlib oʻtdi. “Uzbekistan.travel” jurnalining 8 ta nashri chop etishga tayyorlanib, barchasi chop etildi; 26 ta broshyura dizayni, 11 ta katalog dizayni, 38 ta logotip dizayni (1 mavzudagi) hamda 34 ta risola ishlab chiqildi; ijtimoiy tarmoqlar uchun 26 ta, tavallud ayyomlari uchun 52 ta tabriknomalar ishlab chiqildi; 46 ta maqola yozildi; 21 ta banner dizayni ishlab chiqildi.7
Uzbekistan travel veb-portalining ichki tuzilmasi yangilanib, veb-portalga tashrif buyuruvchilar soni oshdi. 2022-yilning boshida saytga tashrif buyurayotganlarning soni 45 ming atrofida boʻlgan boʻlsa, sentabr oyiga kelib 269 mingga yetdi.
Britaniyaning “The Times” jurnali Samarqand shahrini 2023-yilning eng yaxshi olisdagi 13 yoʻnalishlari safiga kiritdi. “The Times” nashri Samarqandda zamonaviy mehmonxonalarda emas, balki Registon maydonidan besh daqiqalik masofada joylashgan anʻanaviy uslubdagi mehmon uyida qolishni taklif qiladi. Oʻz navbatimizda, bu yil Samarqandda BMT Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambleyasining 25-sessiyasi oʻtkazilishi kutilmoqda. Bu haqda 2022-yilning 30-noyabridan 3-dekabrigacha Ispaniya poytaxti Madridda boʻlib oʻtgan UNWTO 24-sessiyasi doirasida ovoz berish natijalariga koʻra e’lon qilingan edi.
Joriy yilning aprel-may oylarida Moskvaning asosiy koʻchalaridagi sitibordlarda Oʻzbekistonning qadimiy shaharlarining madaniy merosiga bagʻishlangan, ziyorat turizmini targʻib qilishda qisqa videoroliklar namoyish etildi. Bunday namoyishlar PR-Markazi va Rossiya Tashqi ishlar vazirligi koʻmagida tashkil etildi. Videoroliklar kun boʻyi har 6-12 daqiqada namoyish qilindi.
2023-yilning 8-,15-,16-,17-noyabr kunlari Oʻzbekiston turizm sanoati va Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yorqin va yirik tadbirlardan biri – “Ipak yoʻlida turizm” Toshkent xalqaro turizm yarmarkasiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. Yarmarka tashkilotchisi- “Milliy PR-markazi”. TXTY 1995-yildan buyon BMT Jahon turistik tashkiloti-UNWTO rasmiy koʻmagida oʻtkazilib kelinmoqda. TXTY bugungi kunda turizm mutaxassislari uchun global uchrashuv maydonchasidir. Unda oʻnlab mamlakatlarning sayyohlik imkoniyatlari boʻyicha ishbilarmonlik muzokaralar olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |