3.2. O‘zbekiston valyuta siyosatining natijalari
O'zbekistonda 2017-yildan boshlab ichki valyuta bozorini rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish, shuningdek, tadbirkorlik sub'ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyati uchun shart-sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan valyuta siyosatini keng miqyosda erkinlashtirish kutilmoqda. Ushbu o'zgarishlarini o'zida ifoda etgan "Valyuta siyosatining ustuvor yo'nalishlari to'g'risida"gi Prezident qarori loyihasi muhokama uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylashtirildi.
Hujjatda quyidagilar valyuta siyosatini liberallashtirishning asosiy ustuvor yo'nalishlar qilib belgilangan:
Barcha davlat organlarining nazorat-cheklash orqali boshqarish usullarini himoyalash-rag'batlantirish yondashuviga o'zgartirish, bunda xususiy aktivlarni o'z ixtiyoriga ko'ra boshqarish huquqini amalga oshirishni ta'minlash va qulay investitsion iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yaratishni ko'zda tutish;
Respublikaning eksport salohiyatini rag'batlantirish, milliy ishlab chiqaruvchilarning ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish;
Tashqi iqtisodiy faoliyatning barcha ishtirokchilariga valyuta operatsiyalarin amalga oshirishda teng sharoitlar yaratish, bunda alohida korxona yoki sohalarga imtiyoz va preferensiyalar taqdim etish amaliyotini taqiqlash;
Milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan qiymatini faqatgina bozor mexanizmlaridan foydalangan holda o'rnatish;
Milliy valyuta barqarorligiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi qonunchilik normalarining o'rnatilishiga yo'l qo'ymaslik.
Quyidagilar bilan mos keluvchi tartiblarning o'rnatilishi rejalashtirilmoqda:
O'zbekiston hududida sotilayotgan (ko'rsatilayotgan) tovarlar va xizmatlar narxlari, jamiyatlar ustav kapitaliga eng kam talablar faqatgina milliy valyutada belgilanishi lozim;
O'zbekiston hududida tovar va xizmatlar uchun xorijiy valyutada to'lovlarni amalga oshirish to'lov kartalar orqali to'lovlarni amalga oshirish istisno qilingan holda qat'iyan taqiqlanadi;
O'zbekiston hududida davlat bojlari, yig'imlar va boshqa majburiya to'lovlar
faqatgina milliy valyutada qabul qilinadi, bunda O'zbekiston norezidentlaridan erkin bojxona zonalari va erkin omborxonalar hududlarida olinadigan bojxona yig'imlari istisno etiladi.
Yuridik va jismoniy shaxslarning xususiy mablag'larini erkin tasarruv etish huquqlarini to'laqonlik ta'minlash maqsadida quyidagilar o'rnatiladi:
Valyuta daromadlari va yuridik shaxslar hisoblarida mablag'lar mavjud bo'lgan hollarda xorijiy valyutada foyda, dividentlar va boshqa daromadlarni aksionerlar (ishtirokchilar) qarori asosida to'lashga ijozat beriladi;
O'zbekiston hududida jismoniy shaxslar o'rtasida bank o'tkazmalari, pochta o'tkazmalari yoki to'lov tizimlaridan foydalangan holda xorijiy valyuta mablag'larini ўтказишга ruxsat beriladi;
Yakka tartibdagi tadbirkorlarga yuridik shaxs tashkil etmasdan o'z bank hisoblari orqali import mahsulotlari va xizmatlari uchun to'lovlarni amalga oshirishga ijozat beriladi;
Eksportyor va importyorlar ular tomonidan imzolangan tashqi savdo shartnomalari bo'yicha to'lov shaklini valyuta nazorati qonunchiligi doirasida o'z xohishiga ko'ra erkin tanlaydi;
hukumat qarorlari bilan o'rnatilgan istisnoli hollardan tashqari, 10 ming AQSH dollari ekvivalentiga teng miqdorgacha bo'lgan naqd puldagi xorijiy valyutani respublikadan olib chiqib ketish cheklovlarsiz amalga oshiriladi. 2000 AQSH dollari ekvivalentigacha miqdorda bo'lgan naqd puldagi xorijiy valyutani O'zbekistondan olib chiqish va olib kirishda majburiy deklaratsiya qilinmaydi;
Tijoriy banklar va Markaziy banklarning naqd puldagi xorijiy valyutani O'zbekistondan tashqariga olib chiqib ketishga ijozat berishi amaliyoti bekor qilinadi;
O'zbekiston norezidentlari (yuridik va jismoniy shaxslar) qonunchilikda belgilangan tartibda O'zbekiston banklarida hisob ochish va mablag'larini erkin tasarruf etish huquqiga ega.
Oxirgi uch oyda tashqi iqtisodiy sharoitlarining o‘zgarishi ichki valyuta bozorida milliy valyuta almashuv kursining shakllanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. O‘tgan yilning sentabr oyidan boshlab valyuta almashuv kursi bozordagi xorijiy valyutaga bo‘lgan joriy talab va taklif holatidan kelib chiqib shakllanib kelmoqda.
Valyuta kursining o‘zgarishi oldingi yillarda kuzatilgan doimiy devalvatsiya tendensiyasidan farqli ravishda, joriy yilda ichki va asosan tashqi omillar ta’sirida shakllanib, turli yo‘nalishdagi dinamikaga ega bo‘lmoqda. 2018 yilning yanvar-iyul oylarida valyuta kursi dinamikasi asosan mavsumiy omillar ta’sirida shakllandi. Xususan, yanvar oyida eksport va xalqaro pul o‘tkazmalari hajmining nisbatan kam bo‘lganligi sharoitida milliy valyuta almashuv kursi 8139 so‘m/dollardan 8189 so‘m/dollargacha pasaydi. Shu bilan birga, mart-iyul oylarida eksport va boshqa manbalardan valyuta tushumlarining oshishi natijasida so‘mning almashuv kursi teskari dinamikaga ega bo‘lib, birinchi avgust holatiga 7782 so‘m/dollargacha qadri oshdi. Bundan tashqari, chet el valyutasidagi kreditlar hajmining tez sur’atlarda o‘sishi va depozitlar dollarizatsiya darajasining pasayishi ichki valyuta bozoridagi xorijiy valyutaga bo‘lgan talabni qisman qondirilishiga xizmat qildi. Shuningdek, milliy valyutadagi muddatli va jamg‘arma depozitlar hajmining oshishi ham so‘m almashuv kursining shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
Joriy yilning avgust oyidan boshlab almashuv kursi dinamikasiga tashqi omillar, ayniqsa asosiy savdo hamkorlarimiz bo‘lgan davlatlar milliy valyutalarining qadrsizlanishi (Rossiya – 19 foiz, Qozog‘iston – 17 foiz, Xitoy – 9 foiz, Turkiya – 56 foiz) ta’siri kuchaydi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu davlatlar
valyutalari kurslarining keskin o‘zgarishi so‘m almashuv kursiga bir oydan uch oygacha bo‘lgan muddatdan keyin o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Natijada so‘mning real almashuv kursi ushbu davlatlar valyutalariga nisbatan qadri sezilarli darajada oshdi (Rossiya rubliga nisbatan 29 foizga, Qozog‘iston tangasiga nisbatan 22 foizga, Turkiya lirasiga nisbatan 67 foizga, Xitoy yuaniga nisbatan 14 foizga). Ushbu holat mahalliy ishlab chiqaruvchilarning ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini pasaytirib, ichki valyuta bozoridagi talab va taklif darajasiga ta’sir etmoqda.
Birinchidan, yuqorida qayd etilgan valyutalarning keskin devalvatsiyasi tashqi bozorlarda mahalliy eksportchilar mahsulotlarini qimmatlashuviga olib kelib, ularning valyuta tushumlarini qisqartirdi.
Ikkinchidan, ichki bozorda mahalliy mahsulotlar narxlarining chet elda ishlab chiqarilgan mahsulotlar narxlariga nisbatan raqobatbardoshligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu, o‘z navbatida, chetdan import qilishni rag‘batlantirgan holda, xorijiy valyutaga qo‘shimcha talabni keltirib chiqarmoqda.
Uchinchidan, jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan xalqaro pul o‘tkazmalarining asosiy qismi to‘g‘ri keladigan davlatlar valyutalarining qadrsizlanishi, ushbu davlatlardan mamlakatimizga yuboriladigan pul o‘tkazmalari hajmining kamayishiga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |