Xalqaro moliya munosabatlarida mamlakat valyuta siyosatining o’rni va ahamiyati



Download 371 Kb.
bet21/22
Sana20.07.2022
Hajmi371 Kb.
#830890
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VALYUTA SIYOSATI

IV BOB TAKLIF
3.1 Valyuta inqirozlari va ularning shakllari
Mamlakat iqtisodiyotining ma’lum jabhalarida yuzaga keluvchi nomutanosibliklar iqtisodiyotning notekis rivojlanishiga, unda inqirozlarning yuzaga kelishiga olib keladi. Jahon banki va Xalqaro valyuta fondi tomonidan olib borilgan kuzatishlar va tahlillar shuni ko’rsatdiki, rivojlangan davlatlarning iqtisodiyoti ochiq, ishlab chiqarishi bir tekis bo’lganligi sabab ularda iqtisodiy inqirozlarning turli shakllari kam uchraydi. Rivojlanayotgan davlatlarda ishlab chiqarish omillarida kamchiliklarning mavjudligi, kapital va zamon talabiga mos keluvchi ish kuchining yetarli emasligi bu mamlakatlar iqtisodiyotida muammolar va qiyinchiliklar tug’diradi. Ishlab chiqarish omillarining yetarli va samarali emasligi mamlakatda aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi iqtisodiy ko’rsatkichlarning tushib ketishiga, bu esa mamlakatda ishlab chiqarish ko’lamining qisqarishiga olib keladi.
80-90-yillarda Lotin Amerikasining Argentina, Braziliya, Chili, Meksika, Afrikaning Nigeriya, Keniya kabi davlatlari ichki va tashqi qarashda valyutaviy inqirozining asosiy ishtirokchilari hisoblanadi. Muayyan mamlakat valyutasining inqirozga uchrashi nafaqat shu mamlakat iqtisodiyotiga, balki qo’shni davlatlar, shu davlatlar bilan jahon bozorida munosabatda bo’lgan boshqa davlatlar iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. valyuta inqirozi qimmatli qog’ozlar bozori, davlat qarzlari va obligatsiyalari, kapital va investitsiyalar oqimiga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi. Xalqaro bozorlarda turli xil shov-shuvlarga va tushunmovchiliklar bo’lishiga olib keladi. Mamlakatlar o’rtasida defolt (o’z majburiyatlarini, ayniqsa, kreditlar bo’yicha qarzlarni to’lay olmaslik) ga olib keladi.
valyuta inqirozi davlat tomonidan xarajatlarni oshirishga undaydi. 1970-yillardagi neft inqirozi Bretton-Vuds valyuta tizimi mevasi bo’lgan fiksirlangan valyutaga barham berilishi, ishlab chiqarish ko’rsatkichlarining tushib ketishi va valyuta inqiroziga olib kelgan. Natijada davlat ijtimoiy tengsizlikning yo’qotish maqsadida katta xarajatlar qilishga, qo’shimcha pul chiqarishga kirishgan. Bu esa pul birligining yuqori darajada qadrsizlanishiga sabab bo’lgan. 1978-yilda Argentina, Chili, Urugvay kabi davlatlar inflyatsiyaning oldini olish uchun Tablita nomli yangi valyuta strategiyasi ishlab chiqishgan, ya’ni mamlakat tovarlarining bahosini ichki bozorda juda yuqori belgilash yo’li bilan pul qadrini oshirish rejalashtirilgan, lekin bu reja yuqori samara bermagan va bu 3 davlat savdoni erkinlashtirish, banklar va boshqa moliya institutlari faoliyatiga erkinliklar berish, chetdan boshqa investitsiyalar kirib kelishi uchun eshiklarni ochish yo’li bilan iqtisodiyotni qisman bo’lsa-da, yaxshilashga erishgan.
Ko’plab davlatlar valyuta inqirozidan valyuta qalqonini qo’llash orqali o’zini himoyalashga, o’z valyutasining barqarorligiga erishishga harakat qilishgan. Bu holda Markaziy bank juda ko’p miqdorda mahalliy aktivdan ko’ra chet el valyutasiga ega bo’lishi, o’z valyutasining rasmiy kursini belgilashi va shu kurs bo’yicha aholiga chet el valyutasini sotishi, bankdan chiqadigan valyutalar to’liq miqdorda chet el valyutasi bilan ta’minlangan bo’lishiga erishishi lozim.
Kapitalizm pul-kredit tizimining inqirozi va valyuta inqirozi oltin standartining yemirilishida, inflatsion qog’oz-pul muomalasiga o’tishda o’z aksini topadi va alohida kapitalistik mamlakatlarning ichki muomalasiga hamda xalqaro hisob-kitoblarga ta’sir ko’rsatadi. Qamrab olish xususiyatiga ko’ra umumiy va xususiy valyuta inqirozlari mavjud.
Umumiy valyuta inqirozi kapitalizmning umumiy inqirozining ajralmas qismi hisoblanadi va parlament xususiyatiga ega bo’ladi. Jahon kapitalistik valyuta tizimi jahon bozorining ajralmas qismi sifatida 1914-1918-yillarda, birinchi Jahon urushi davrida tiklanib takomillashgan bo’lsa, kapitalizmning umumiy inqirozi davrida o’z kuchini yo’qotadi va tez-tez tanazzulga uchraydi.
Umumiy valyuta inqiroziga xos muhim xususiyat – oltin «demonetizatsiyasi» hisoblanadi, ya’ni oltinning metall pul sifatidagi ahamiyati yo’qoladi va valyuta qadrsizlanadi. Qator kapitalistik mamlakatlarda birinchi Jahon urushi davrida qog’oz pullarni oltinga almashtirishning man etilishi (Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Rossiya va boshqalar) va oltinning ichki muomaladan chiqarilishi sababli oltin «demonetizatsiyasi» boshlandi. Birinchi Jahon urushidan keyin kapitalistik mamlakatlarda oltin standartini bo’laklar (kesilgan) shaklda oltin deviz shaklida va oltin quymasi shaklida tiklashga harakat qilindi. Bu harakat 192933-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi davrida tugadi. 1929-1930yillarda Argentina, Boliviya, Braziliya va qator agrar mamlakatlarda oltin standartidan voz kechildi. 1931-yilda Buyuk Britaniyada, 1933 yilda AQSHda, 1934-1936-yillarda Fransiya, Belgiya, Niderlandiya va boshqa mamlakatlarda oltin standarti bekor qilindi. 1936-yilning oxirida butun kapitalistik olamni inflyatsiya qamrab oldi. Bu vaziyat ikkinchi Jahon urushi davrida 19391946-yillarda kuchaydi. 60-yillarning oxirida faqat AQSHdagina valyutani oltinga almashtirish rasmiy ravishda saqlangan. Lekin AQSH faqat kapitalistik mamlakatlarning Markaziy banklarigagina dollarni oltinga almashtirgan, AQSHda esa fuqarolarga oltin pullarni saqlash man etilgan.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar borasida valyuta inqirozi quyidagilarda: ya’ni kapitalistik mamlakatlarning To’lov balansining muntazam ravishda nomuvofiqligi yoki passivligida, oltin- valyuta zaxirasining notekis taqsimlanishi, ko’p mamlakatlarning valyuta kursi tushib ketganligi va hokazolarda namoyon bo’ladi. Ko’plab mamlakatlarning oltinni chetga olib chiqishni cheklashi, dollar standartiga o’tishi oltinning xalqaro hisob-kitoblarda ishlatilishini qisqartirdi. Ikkinchi Jahon urushidan keyin AQSH rahbariyatining kapitalistik mamlakatlarga oltin o’rniga dollardan xalqaro pul sifatida foydalanishni taklif qilishi natijasida bu jarayon yanada kuchaydi. AQSH oltin bahosini sun’iy ravishda pasaytirish siyosatini yuritdi. Bu esa urushdan keyingi dastlabki yillarda AQSHning boshqa mamlakatlardan oltin sotib olishini ancha yengillashtirdi. 1949-yilning oxirida AQSH kapitalistik olam oltin zaxirasining 70 foizidan ortig’iga egalik qilgan. Natijada AQSH dollari xalqaro hisob-kitoblarda keng qo’llanildi, bu esa xalqaro kapitalistik valyuta tizimi barqarorligiga putur yetkazdi. 1934-yilda o’rnatilgan oltinning rasmiy past narxini AQSH 1961-yildan 1968-yilgacha «Oltin pul» ko’magida saqlab keldi, «Oltin pul»ga AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya (1967-yilning iyunigacha), Italiya, Shveysariya, Belgiya, Niderlandiya a’zo bo’lgan. Bu oltin qazib olinishini to’xtatish va fuqarolarning oltinga bo’lgan talabi oshishiga olib kelgan.


XULOSA
O‘zining faoliyati davrida XVF asl Universal tashkilotga aylandi, valyuta-kredit munosabatlarini tartibga soluvchi milliy iqtisodiyetlar ustun asosiy organ, Xalqaro kreditlashning obro‘li markazi, davlatlararo kreditlar oqimini tartiblash va qarzdor-davlatlar to‘lay bilish qobiliyati kafili sifatida keng doirada tan olindi. Bir vaqtning o‘zida u Garbning yetakchi “yettilik” davlatlari qarorlarini amalga oshirishda katta rol o‘ynaydi, shakllanayetgan jaxon iqtisodiyeti, Xalqaro koordinatsiya, milliy makroiqtisodiy siѐsatlarni kelishtirishni tartibga soluvchi tizimining xal qiluvchi bug‘ini bo‘lib keladi. Fond o‘zini faol xarakatlanayetgan jaxon valyuta instituti sifatida tavsiya etayapti, xamda shu borada katta va foydali amaliѐt ko‘nikmalarni yig‘ib oldi. Albatta, xar qanday xalqaro tashkilot kabi, XVF nafaqat xamkorlik, balki milliy iqtisodiy va siyesiy manfaatlar raqobat maydoniga aylandi. AQSH Fond siѐsatini monopol ravishda belgilashdan maxrum bo‘ldi. Ular o‘zining xarakat chizig‘ini G‘arbiy Yevropa asosiy davlatlari va Yaponiya bilan kelishtirishlari shart. Bir vaqtning o‘zida XFVda o‘zini manfaatlarini ko‘tarib chikayetgan Osiye, Afrika va Lotin Amerikasi rivojlanayetgan davlatlari ta’siri kuchaymoqda. SEVning sobik a’zodavlatlari xam faol ravishda o‘zini ko‘rsatmoqda. Bundan esa XVF doirasida butun jaxon xamjamiyati foydasiga nizoli manfaatlarni qayta ko‘rish, xisobga olish va kelishuvga olib kelish samarali mexanizmi, Fondni institutsional to‘zilma sifatida mukammallashtirish, va u tomondan dasturiy siyesiy o‘rnatmalar bajarilishiga extiѐj tug‘diradi. So‘m kiritilishi bilan uni qadrsizlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun O‘zbekiston Respublikasi MB qattiq restruktirlash siѐsatni amalga oshirdi. Bu inflyatsiyani ushlab turishga ko‘mak berdi, lekin iqtisodiy o‘sishni xam to‘xtatib turar edi. Bunga O‘zbekiston Respublikasi MBning 37 qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalari xam ko‘mak berdi. Bundan tashqari, REPO bo‘yicha operatsiyalar xam faol ishlatila boshlandi. So‘mning joriy operatsiyalar bo‘yicha konvertirlanishining kiritilishi bilan ochiq bozorda operatsiyalar faollrok olib borila boshlandi, 2004 yilda ularning xajmi 100 mlrd. so‘mni tashkil etdi. MBning OVZ xam usdi, egiluvchan foiz siѐsati yurgiziladi va zaxira talablar me’ѐri o‘zgarmas 20% da saqlanib kolindi. Inflyatsiyaning past darajasi va qayta moliyalash stavkasi tushishi iqtisodiyetning real sektorga kreditlar o‘sishiga olib keldi. Shunga karamay kurs va inflyatsiya darajasini qattiq tartibga solish taklifni muayyyan ushlab turilishiga olib keldi. Bu tartibga solishga nisbatan egiluvchan ѐndashuv zaruriyatini tug‘dirmoqda. Umuman olganda bir necha yillar davomida O‘zbekiston Respublikasida bu siѐsatning maxsus shakli amal kilmoqda. Asosiy devalvatsiyalarni olib borish siѐsati real almashinuv kursining dollarga nisbatan 9,6%ga pasayishiga olib keldi. 2005 y.da xam bu intilish davom etmoqda. 2005-2006 yillarda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash kursi davom etmoqda. Buk attik pul-kredit siѐsatining xam davom etishidan darak beradi. Bu inflyatsiya suratlarining nisbatan past darajada, 3% atrofida ushlab turishga va milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashga imkoniyat beradi, uning to‘lab bilish qobiliyatini oshiradi. Xorijiy savdoda shunday kurs shakli va milliy valyutaning cheklangan tashqi kovertirlanish shakllanadiki, aniqrogi, valyutaning o‘zaro cheklangan konvertirlanishi: so‘m-tenga; som-so‘m; so‘m-rubl. So‘mning to‘liq konvertirlanishiga o‘tishida yechiladigan muxim muammo bu valyutalarning real kotirovkasidir. Bu joriy amaliѐtda nisbatan samaraliroq real kursni ishlatish imkoniyatini beradi.

Download 371 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish