III BOB O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA VALYUTA SIYOSATINING USTIVOR YO‘NALISHLARI
3.1. O‘zbekiston Respublikasida valyuta siyosatini ustuvor yo‘nalishlari
Valyuta siyosati — davlatning mamlakat ichida va undan tashqarida valyutaga, valyuta kursita, valyuta operatsiyalariga taʼsir koʻrsatish chora-tadbirlari; davlat iqtisodiy siyosatining va tashqi iqtisodiy faoliyatiningtarkibiy qismi. Valyuta siyosatining asosiy dastaklari — valyuta intervensiyasi, valyuta cheklashlari, valyuta subsidiyasi, valyuta pariteti, valyuta rezervlari, devalvatsiya, revalvatsiya va b.dan tashkil topadi. Mamlakatda Valyuta siyosatini hukumat, markaziy bank, markaziy moliya muassasalari amalga oshiradi.
Jahon miqyosida V.s.ni xalqaro valyuta — moliya tashkilotlari (Xalqaro valyuta fondi, xalqaro banklar) olib boradi. Uni amalga oshirish davriga koʻra, joriy V.s. va uzoq muddatli V.s. kabi kurinishlari bor. Joriy Valyuta siyosatida valyuta bozori holati oʻzgarishlari (konʼyukturasi), deviz va diskont siyosati, valyuta zaxiralari yordamida tartibga solinadi va bu siyosat toʻlov balansi tengligini taʼminlashga xizmat qiladi. Uzoq muddatli Valyuta siyosati valyuta mexanizmi, valyutalar kursi va pariteti, xalqaro hisob-kitoblar tartibini oʻzgartirish maqsadlarini koʻzlaydi.
Valyuta siyosati - valyuta muammolarini hal etish bo’yicha qarorlar tayyorlash, qabul qilish va tadbik etishdan iboratdir. Valyuta munosabatlarini tartibga solish bir necha pogonalardan iborat:
xususiy firmalar, birinchi navbatda, valyuta munosabatlarida aktiv ishtirok etayotgan va yirik valyuta mablag’lariga ega bo’lgan milliy va xalqaro banklar hamda korporatsiyalar kiradi;
xalqaro davlatlar qatoridagi milliy davlatlar (Moliya vazirligi, Markaziy bank,valyuta nazorati tashkilotlari).
Xalqaro tartibga solishda valyuta, kredit va moliya siyosati quyidagi sabablar bilan shakllangan:
1. Milliy iqtisodiyotda valyuta, kredit va moliya munosabatlarining bir-biriga o`zaro bog’liqligi.
2. Xo’jalik munosabatlarini erkinlashtirish sharoiti-da bozor va davlat boshqaruvining bozor tomon yuz tutishi.
3. Ikkinchi jahon urushidan so’ng, jahon siyosiy va iqtisodiy maydonida asosiy kuch hisoblangan AQSH o’rnida uchta asosiy hamkorlik va qarama-qarshi markazlarning tashkil topishi: AQSH, G’arbiy Yevropa va Yaponiya.
4. Jahondagi yetakchi valyutalar, kredit va moliya bozorlari, ya'ni suzib yuruvchi
kurslar, foiz stavkalari, birja inqirozlari va boshqalar o’zgarishining barqaror emasligi.
5. Ichki milliy iqtisodiy siyosatning, shuningdek, valyuta, kredit, moliya, bir-biriga o`zaro bog’liq bo’lmagan va ularning xalqaro xo’jalikdagi integratsiyalashuvi.
Mamlakatlararo valyutani boshqarish tashkiloti bo’lib XVF hisoblanadi. O’tgan asrning 70-yillaridan boshlab valyuta siyosatini muvofiqlashtirish bo’yicha yig’ilishlar bo’lib utdi. Jumladan, 1975 yil Rambuyeda (Frantsiya) oltita yetakchi mamlakatlar ishtirokida; 1975 yil Parijda Xalqaro iqtisodiy hamkorlik to’g’risida; 1976 yildan «Katta ettilik»ni (AQSH, Yaponiya, Frantsiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada) yillik amaliy yig’ilishlarini sanab o’tish mumkin.
Valyuta siyosati maqsad va shakliga ko’ra tarkibiy va joriyga bo’linadi. Tarkibiy valyuta siyosati - jahon valyuta tizimi tarkibini o’zgartirishga qaratilgan uzoq muddatli tadbirlar majmuidir. Ular barcha mamlakatlarning maqsadlariga to’g’ri keladigan, alohida valyutalarni shakllantirishga qarshi qaratilgan valyuta tadbirlari orqali amalga oshiriladi. Tarkibiy valyuta siyosati, joriy valyuta tizimiga o’z ta'sirini ko’rsatadi. Joriy valyuta siyosati - valyuta kursi, valyuta operatsiyasi, valyuta bozorining faoliyati va oltin bozorini qisqa vaqtda tezkorlik bilan boshqarishdir.
Valyuta muomalasining haddan ziyod ma’muriy tartibga solinishi alohida tarmoqlar va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun imtiyoz hamda preferentsiyalarning kamsamarali tizimini asossiz ravishda shakllantirishga yo‘l ochadi. Biznes yuritishda teng bo‘lmagan shart-sharoitlar vujudga kelishi esa
raqobatning bozor tamoyillari buzilishiga olib keladi. Xorijiy investitsiyalarni jalb etish, tovarlar va xizmatlar eksportini oshirish, umuman, mamlakat iqtisodiy rivojlanishida to‘sqinlik qiluvchi omilga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |