Muddatli bitimlar bilan bog’liq operatsiyalar. Tijorat banklarining muddatli bitimlari deb, belgilangan muddatda, ammo ikki ish kunidan keyin amalga oshiriladigan operatsiyalarga aytiladi. Amaliyotda muddatli bitimlarning keng tarqalgan quyidagi turlari mavjud: - forvard valyuta bitimlari;
- moliyaviy fyuchers bitimlari;
- valyuta optsioni;
- svop operatsiyalari.
Valyuta siyosatining shakli va o’rni, mamlakatning valyuta-iqtisodiy holati, jahon xo’jaligining evolyutsiyasi, jahon maydonidagi o’rni bilan aniqlanadi.
Valyuta siyosati - valyuta muammolarini hal etish bo’yicha qarorlar tayyorlash, qabul qilish va tadbiq etishdan iboratdir. Mamlakatlararo valyutani boshqarish tashkiloti bo’lib XVF hisoblanadi.
3. Valyuta siyosati - Valyuta siyosati huquqiy jihatdan valyutaviy qonunlar asosida tartibga solinadi. Bularga huquqiy darajadagi chegaralarning o’rnatilishi, mamlakat ichkarisida va mamlakat tashqarisida valyuta qimmatliklari bilan bo’ladigan munosabatlarni tartibga solish, yana valyutaviy muammolar bo’yicha ikki tomonlama va ko’p tomonlama, mamlakatlararo valyutaviy kelishuvlarni tuzish kiradi.
- Valyutani tartibga solishning bevosita yo’li qonuniy hujjatlar va hukumatning ijro organlari orqali amalga oshirilishi hisoblansa, bilvosita yo’l bilan bozor agentlarining iqtisodiy harakatlanishiga, iqtisodiy usullar, xususan, valyuta-kredit usullari bilan ta’sir etiladi.
3. Valyuta siyosati - Valyuta siyosati maqsad va amalga oshirish muddatiga ko’ra tarkibiy va joriyga bo’linadi.
- jahon valyuta tizimi tarkibini o’zgartirishga qaratilgan uzoq muddatli tadbirlar majmuidir. Tarkibiy valyuta siyosati, joriy valyuta tizimiga o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Tarkibiy valyuta siyosati-
- valyuta kursi, valyuta operatsiyasi, valyuta bozorining faoliyati va oltin bozorini qisqa vaqtda tezkorlik bilan boshqarishdir.
Joriy valyuta siyosati-
3. Valyuta siyosati Valyuta siyosatining quyidagi shakllari mavjud: diskont, deviz siyosati va uning ko’rinishlari: valyuta interventsiyasi, valyuta zaxiralarini diversifikatsiya qilish, valyutaviy cheklashlar, devalvatsiya, revolvatsiya.
Diskont (foiz stavkasi) siyosati.Markaziy bankning foiz siyosati, odatda milliy valyutaning amaldagi massasiga ta’sir ko’rsatish, ya’ni uni kamaytirsh yoki ko’paytirish orqali valyuta kursiga ta’sir etish mexanizmidir. Foiz stavkasi- ssuda kapitalining yillik daromadini uning mutloq kattaligiga nisbatidan kelib chiqadi.
3. Valyuta siyosati Deviz siyosati. Markaziy bankning deviz siyosati muomaladagi xorijiy valyuta miqdoriga ta’sir etish orqali valyuta kursiga ta’sir ko’rsatish, shuningdek, chet el valyutasidagi aktivlar barqarorligini ta’minlashga qaratiladi.
Valyuta interventsiyasi. Markaziy bankning deviz siyosatining eng keng tarqalgan shakli, valyuta interventsiyasi hisoblanadi.
Markaziy bankning milliy valyuta kursiga ta’sir etish maqsadida valyuta bozorida chet el valyutalarini sotib olish yoki sotishiga valyuta interventsiyasi deyiladi.
Toshkent moliya instituti
“Xalqaro moliya-kredit” kafedrasi
katta o‘qituvchisi G.T. Baymuratova
gulirayhon_baymuratova@mail.ru
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |