14
2-BOB. QABUL QILUVCHI MAMLAKATDA XORIJIY FIRMALARNING
FAOLIYAT YURITISH SHAROITIGA MOSLASHUVI
2.1. Xo’jalik faoliyatini baynalmilallashtirishni motivatsiyalash
Xorijiy faoliyatning yuqori tavakkalchiligi firma oldida ochilayotgan chet elda
harakatlanishning keng imkoniyatlari bilan qoplanadi. XX asr boshidayoq “
ishlab
chiqarish xarajatlari pastroq bo’lgan joyda ishlab chiqarish” qoidasiga asoslangan
ishlab chiqarishning mutlaq va nisbiy xarajatlari asosiy tamoyillariga amerika
avtomobilsozligi asoschisi Genri Ford sotish bozori haqidagi “qaerda sotsam, shu
yerda ishlab chiqaraman” degan o’z fikrini qo’shdi. Bu bilan u qabul qiluvchi
mamlakatlarda chet elda ishlab chiqarilgan qismlar va detallardan yig’ma ishlab
chiqarishga ega xalqaro ishlab chiqarish majmualarini tashkil qilinishiga asos soldi.
Zamonaviy sharoitlarda xorijiy tadbirkorlikni rag’batlantiruvchi omillarga :
-ichki milliy bozordagi faoliyatga nisbatan yuqori foyda olish;
-nisbatan yirik va qudratli firmaning ta’siri (masalan, uning subyetkazib
beruvchisi sifatida faoliyat yuritishi). Oddiy namuna sifatida AQShda yapon
kompaniyalarining avtomobil korxonalari qurilishini keltirish mumkin. Bunda asosiy
yapon avtomobil kompaniyalari ketidan ularning kichikroq firmalari - subyetkazib
beruvchilari, avtomobillarga, butlovchi detallarni ishlab
chiqaruvchi korxonalar
AQShda o’rnasha boshladi;
-hukumat va xalqaro tashkilotlarning tashabbusi. Rivojlangan davlatlar
hukumati yoki xalqaro moliyaviy tashkilotlar – Xalqaro rekonstrukstiya va taraqqiyot
banki (XRTB), Xalqaro valyuta fondi (XVF), Xalqaro taraqqiyot assostiastiyasi
(XTA) va boshqalarning rivojlanayotgan davlatlarga kreditlari ko’pincha riojlangan
mamlakatlarning xususiy sarmoyadorlariga qabul qiluvchi davlatlarda bevosita
xorijiy investitsiyalar asosida korxonalarni qurish imkoniyatini beradi;
-kompaniyalarning faoliyatini chet elga ko’chirishga
majbur qiluvchi milliy
bozordagi noqulay sharoitlar. Davlatning tartibga solishi bilan bog’liq xarajatlar
(masalan, federal va mintaqaviy soliqlar, atrof-muhit muhofazasi bo’yicha milliy
me’yorlarga muvofiqlikka erishish uchun tabiatni himoya qilishga sarflar) misol
bo’lib xizmat qilishi mumkin. Tabiiy resurslarning kamayishi yoki ularni qazib olish
sharoitlarining yomonlashuvi oqibatida ishlab chiqarish xarajatlarining o’sishi,
shuningdek milliy bozorda
keskinlashayotgan raqobat, ichki bozorning bir turdagi
mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish va sotish sharoitlarini qiyinlashtiradi.
Sig’imli o’sib borayotgan bozor mavjud bo’lgan mamlakatda tovarlar va xizmatlar
ishlab chiqarishni tashkil qilishga intilish harakatchan kompaniyalar strategiyasining
“mahalliy bozor uchun mahalliy ishlab chiqarishni tashkil qilish” prinsipiga
asoslanadi;
-qabul qiluvchi mamlakatda bozor sig’imi, tabiiy resurslar va malakali arzon
ishchi kuchi hamda “inson kapitali”(yuqori
malakali mutaxassislar, muhandislar va
olimlar)ning mavjudligi;
-eksport uchun protektsionistik to’siqlar. Ular qabul qiluvchi mamlakatga
tayyor mahsulotlar olib kelishdan ko’ra u yerda tovarlar va xizmatlarni ishlab
chiqarishni tashkil qilish afzalroq bo’luvchi sharoitlarni yaratadi;
15
-qabul qiluvchi mamlakatda qimmatli axborotlarning mavjudligi;
-qaltisliklarning diversifikatsiyasi (masalan, bozorga yangi mahsulot bilan
chiqishda). Bunday holda qaltisliklarni xorijiy sherik bilan bo’lib
olish maqsadga
muvofiq;
-xorijda yangi texnologiya, xorijiy kapital va ishlab chiqarish hamda sotishni
tashkil qilish tajribasini olish;
-tez o’zgaruvchan bozor kon’yunkturasi keltirib chiqargan uzoq muddatli talab
va ko’psonli qaltisliklarning noaniqligi sababli tovarlarni ishlab chiqarish va xizmat
ko’rsatish diversifikatsiyasi;
-tashqi iqtisodiy faoliyat sohasiga chiqish yo’li bilan raqobatbardoshlik
darajasini saqlab qolish;
-qabul qiluvchi mamlakatda moliyaviy imkoniyatlardan (bankning
past foizi,
mahalliy, chet el va xalqaro tashkilotlarning fondlari va kreditlaridan) foydalanish;
-jahon bozorida kuchayib borayotgan raqobat sharoitlarida eksport
tovarlarining raqobatbardoshligini oshirishga imkon beruvchi chet elda imtiyozli
soliqqa tortish.
Xorijiy tadbirkorlikni rivojlantirishga undovchi sabablarning yoritilishi shuni
ko’rsatadaki, dinamik kompaniyalarning ishlab chiqarishni chet elga o’tkazishi faqat
yakuniy foydani maksimallashtirish maqsadida amalga oshirilmay,
balki ishlab
chiqarish kuchlarini takomillashtirish va zamonaviylashtirish zaruriyati bilan ham
tushuntiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: