9
1.4
. J
ahon bozorida raqobatbardoshlikka erishishda xalqaro
menejmentning o’rni
Global menejerning asosiy vazifalaridan
biri jahon bozorida xalqaro
kompaniya xorijiy filiali mahsulotining raqobatbardoshligini ilmiy yondashuvlar va
usullardan, marketing tamoyilidan foydalanish hamda inson omilini hisobga olish
yordamida
ta’minlashdir.
Jahon
bozorida
mahsulot
va
xizmatlarning
raqobatbardoshligiga erishishga yondashuvda beshta asosiy yo’nalishni ajratish
mumkin:
1.Global menejment tizimining samaradorligi xalqaro kompaniyada tashqi
iqtisodiy faoliyatni boshqarish strukturasining optimal tuzilishi, TMK tizimi ichki va
tashqi aloqalarining mazmuni va tashkil qilinishi bilan aniqlanadi.
2.Xalqaro kompaniyaning tashqi bozorga yangi tovarlar
yoki xizmatlar turi
bilan chiqishga tayyorlanganlik darajasi bo’lib, u, muayyan ob’ekt bo’yicha yangiligi,
texnik xarakteristikalari va ishonchlilik ko’rsatkichlarining optimalligi, ekologik,
texnologik, patent qobiliyati, dizayn, standartlashtirish va unifikatsiyalash
me’yorlariga muvofiqligi nuqtai nazardan IITKI natijalarining sifati bilan aniqlanadi.
3.Qo’llanilayotgan
uskunalar, texnologiya, xomashyo va materiallar, sifatni
boshqarish tizimi, ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil qilish bilan ta’minlanuvchi
mahsulotlar yoki xizmatlarning sifati.
4.Asosiy iste’molchilarning tovarlarni xarid qilish yoki xizmatlardan
foydalanish,
transportirovka qilish, ekspluatatsiya qilish, tovar xizmatining kafolat
muddati davomida ta’mirlash va ishlatishga xarajatlari.
5.Qabul qiluvchi mamlakatning xususiyatlarini hisobga olgan holda
xaridorlarning asosiy va qo’shimcha ehtiyojlarini qondirish darajasi, iste’molchilar
manfaatlarini huquqiy himoya qilish me’yorlariga
rioya etish darajasi, reklamaning
mahsulot haqiqiy iste’mol xususiyatlariga mos kelishi, qadoqlashning sifati, saqlash,
sotish, etkazib berish, sotuvdan keyingi kafolatli xizmat ko’rsatish shartlari bilan
aniqlanadi.
TMK xorijiy filiallari ko’pincha qabul qiluvchi
mamlakatlarning bozorlarida
milliy firmalarga nisbatan yuqori moliyaviy imkoniyatlar va ko’plab reklama
tadbirlari hisobiga yuqoriroq raqobatbardoshlik darajasiga erishadilar. Biroq jahon
bozorida raqobatbardoshlikka erishishning asosiy omili - bozor kon’yunkturasini
malakali tahlil qilish asosida to’g’ri tanlangan tovarlar va xizmatlarning assortimenti
(turlari) hisoblanadi.
Bunday tahlilni o’tkazish uchun xalqaro kompaniyalarning iqtisodchilari
ko’pincha “Boston konsalting grup” Boston konsultativ guruhi ishlab chiqqan va
“Boston matritsasi” deb nom olgan usulni (1- rasm) qo’llaydilar
3
.
Bu usul milliy
bozordan farqli o’laroq jahon bozorida xalqaro kompaniya shunday omillarga bog’liq
bo’ladiki, bu omillarga u bevosita ta’sir eta olmaydi. Bunday ob’ektiv tashqi
omillarga misol sifatida mazkur tarmoqda texnologiyaning rivojlanishi, xalqaro
tashkilotlarning atrof-muhit muhofazasi bo’yicha konventsiyalari, iste’mol talabining
3
Д.Кемпбел, Дж.Стоунхаус, Б. Хьюстон. Стратегический менеджмент. Учебник. М.: ООО «Издательство
Проспект», 2003, 92-95-betlar.
10
o’zgarishlari (masalan, 90-yillarda biomahsulotlarga bo’lgan yuqori talab) keltirilishi
mumkin.
Jahon bozoridagi raqobat milliy bozorga nisbatan kuchliroq,
negaki xalqaro
kompaniya u yerda ko’proq va qudratliroq raqiblarga duch keladi. Jahon bozoridagi
ulush – bu u yoki bu tovar yoki xizmat muvaffaqiyatining asosiy potensiali. Boston
matritsasida xalqaro kompaniya jahon bozoriga olib chiqayotgan tovarlar yoki
xizmatlar bozorda egallagan ulushiga ko’ra to’rtta kvadratda xaridlarning eng yuqori
o’sish sur’atlari bilan xarakterlanuvchi tovarlar yoki xizmatlar (ularni yulduzlar deb
ataydilar) turadi. Ularning sotuvdagi ulushi asosiy raqibnikidan yuqori va demak, ular
kompaniya uchun daromadliroq hisoblanadi. Ular katta hajmda ishlab chiqariladi,
ularni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari-ushbu bozordagi eng kam miqdorlardan
biri (shu jumladan ko’lam samarasi hisobiga ham). O’sib
borayotgan bozorda
raqobatchilar ekspansiyasiga yo’l qo’ymaslik uchun ishlab chiqarish va bozorni
rivojlantirishga investitsiyalarni amalga oshirish va olingan daromadlarni qayta
investitsiyalash zarur.
Past chap kvadratda bozorda past o’sish sur’atlari bilan sotilayotgan tovarlar
yoki xizmatlar joylashadi. Ularning raqobatbardoshligi va sotuvlardagi ulushi ushbu
bozorda asosiy raqobatchilarnikiga
nisbatan yuqori, ular kompaniyaga daromad
«Yulduzlar»
«?»
«Yovvoyi
мushuklar»
«Sоg’in sigirlar»
«Itlar»
Bozordagi nisbiy ulush
Sotuvlarning
o’sish darajasi
Do'stlaringiz bilan baham: