Twitter onlayn ijtimoiy-axborot xizmati foydalanuvchilariga 140 ta harf qo‘llashga imkoniyat beradi. Shu kunlarda Twitter dunyodagi eng muhim ijtimoiy-axborot tarmog‘iga aylanib ulgurgan. U ma’lumot almashishda eng operativ qurollardan biri bo‘lganligi uchun bu sohada katta inqilobga sabab bo‘ldi. Shu bois ham bugungi kunda dunyoda yuz berayotgan siyosiy va ijtimoiy o‘zgarishlarda Twitter katta rol o‘ynamoqda. Twitter 2006-yil mart oyida Jek Dorsey tarafidan yaratilgan. Jek Dorsey ushbu mikroblog orqali o‘zining ilk xabarini yo‘llagan edi. Dorseyning 2006-yilning 21- martida San-Fransiskodagi hamkasblariga jo‘natgan ushbu xabari qisqagina “Hamkasblarga taklif” jumlasidan tashkil topgan edi. Keyingi uch yil ichida Twitter orqali jo‘natilgan tvitlar - 140 belgigacha bo‘lgan xabarlar soni 1 milliardga yetdi. Dastlab 2006-yilda kichik guruhlar uchun qisqa xabar almashish tizimi sifatida yaratilgan Twitter shundan so‘ng kuchli aloqa vositasiga aylandi, u ma’lumotlarning almashinuvi va internetda tarqalishini keskin o‘zgartirdi. Twitter axborot agentliklariga qaraganda tezroq yangiliklarni tarqatib turuvchi axborot markazi bo‘lgan olomon tomonidan boshqariladigan tarmoq sifatida ishlaydi17.
YouTube videomateriallar hostingini taqdim etuvchi tarmoq. YouTubedan foydalanish qulay va koʻrish osonligi tufayli juda ham mashhur. Foydalanuvchilar soni koʻpligi boʻyicha dunyoda uchinchi oʻrinda turadi. Video koʻruvchilar soni kuniga 2 milliarddan ortiq hisoblanadi. Tarmoqda professional videolavhalardan tortib, havaskor videolar, videobloglargacha taqdim etilgan. 2005-yil 15-fevralda PayPal ning sobiq 3 ishchisi tomonidan yaratilgan mashhur video ulashuvchi vebsayt boʻlib, unda foydalanuvchilar videolar yuklashlari, koʻrishlari va bir birlari bilan baham koʻrishlari mumkin. Videolar reyting orqali baholanishi mumkin. Youtube asoschilari Stiv Chen, Javed Karim, Chad Xerli hisoblanadi. Stiv Chen 1978-yilda Tayvanda tug‘ilgan va 15 yoshida Qo‘shma Shtatlarga ko‘chib kelgan. U Illinoys universitetida tahsil olgan va tugatgandan so‘ng PayPalda ish topib, u yerda hamkasblari Chad Xarli va Javed Karim bilan uchrashgan. 2013-yilning avgustida u va Chad Xarli smartfonlar uchun video tahrirlash kompaniyasi bo‘lgan MixBitni ishga tushirgan. 2018-yilning dekabrida Oʻzbekistonda YouTube bloklandi. Hozirda ushbu muammolar bartaraf etildi. Bugungi kunda YouTube foydalanuvchilari www.YouTube.com saytidagi videokliplarni yaratib, yuklashlari va almashishlari mumkin, shuningdek, Facebookning va Twitterni o‘z ichiga olgan har qanday boshqa ko‘p sonli sahifalarda bo‘lishish uchun ularni joylashtirishlari mumkin. Foydalanuvchilar nafaqat musiqiy videolarni, qanday qilib tovarlarni, mahsulot tanqidlarini va siyosiy qarashlarni, hatto butun kino va teledasturlarni ham millionlab boshqa havaskor va professional videolarga kirishlari mumkin. YouTubeda deyarli hamma narsa bo‘lsa-da, ba’zi narsalar yo‘q. Zo‘ravon yoki tahdid soluvchi yoki tajovuzkor materiallar olib tashlanadi. Xuddi shu tarzda, YouTube spam, aldovga yo‘l qo‘ymaydi va mualliflik huquqlarining buzilishiga qarshi qat’iy qoidalar mavjud. Foydalanuvchilar o‘zlari ko‘rgan narsalarni noto‘g‘ri deb belgilashga qodir va u darhol YouTube e’tiboriga tushadi.