Xalqaro jurnalistika fakulteti xalqaro jurnalistika nazariyasi va amaliyoti


Tadqiqot ishining ilmiy yangiligi



Download 417,74 Kb.
bet6/23
Sana21.07.2022
Hajmi417,74 Kb.
#832223
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Diplom ishi

Tadqiqot ishining ilmiy yangiligi. O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqlar jurnalistika nuqtayi nazaridan deyarli hali to‘la tadqiq etilmagan, yangi mavzulardan hisoblanadi. Ijtimoiy tarmoqlarda onlayn jurnalistika xususiyatlarini namoyon bo‘lishi, ijtimoiy tarmoqlar bilan jurnalistikaning o‘zaro aloqadorligi, Milliy ommaviy axborot vositalarining rivojida ijtimoiy tarmoqlarning o‘rni va ahamiyati kabi masalalar ham chuqur va puxta o‘rganilmagan. Onlayn jurnalistika yuzasidan olib borilgan tadqiqotlarning aksariyati internet jurnalistikasi, xususan, elektron nashrlar, onlayn TV, radio saytlar hamda internetda reklama kabi mavzularni qamrab oladi.
Ishning metodologik asosi. Mazkur ishning metodologik asosi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, OAV to‘g‘risidagi qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning asarlari va nutqlari, shuningdek, internet jurnalistikasi, xususan, ijtimoiy tarmoqlarda onlayn jurnalistika xususiyatlarini namoyon bo‘lishiga oid holatlarni atroflicha o‘rganuvchi mamlakatimiz va xorij tadqiqotchilarining asarlari xizmat qildi.
Bitiruv malakaviy ishi yuzasidan chop etilgan nashrlar. O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida o‘tkazilgan “Mediakommunikatsiya va PR: yangi texnologiyalar va zamonaviy yondashuvlar” mavzuyidagi respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyada “Ijtimoiy tarmoqlarda ommaviy axborot vositalarining keng ommalashuvi:imkoniyatlar va muammolar” nomli maqola chop etilgan.
Ishning tarkibiy tuzilishi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, asosiy mazmunni ifoda etuvchi 2 bob, beshta paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati hamda ilovadan iborat.

I BOB. IJTIMOIY TARMOQLAR FAOLIYATI VA HUQUQIY ASOSLARI
1.1. Ijtimoiy tarmoqlarning tarixi
Aslini olib qaraganda, o‘zaro muloqotga, tezkor axborot almashishga bo‘lgan ehtiyojning o‘zi Internetning paydo bo‘lishiga turtki bo‘lgan edi. Hozirgi o‘rta yoshlilar bundan 10-15 yil oldin bir-birlariga oflayn shaklida, ya'ni elektron pochta orqali xat yozishgan bo‘lsa, bugungi yoshlar ko‘proq onlayn muloqotni afzal biladilar. Xullas, Internetning rivojlanishi barobarida uning texnik-texnologik imkoniyatlari va audtioriya qamrovi shiddatli ravishda oshib bormoqda. Ushbu maqolada asosiy e’tibor aynan ijtimoiy tarmoqlarning OAV bilan birlashishiga, ya’ni konvergentsiya jarayoniga qaratiladi. Bu orqali yangi avlod ommaviy axborot vositalarining targ‘ibot-tashviqot masalalaridagi o‘rniga baho beriladi. XXI asrning ikkinchi o‘n yilligida ijtimoiy tarmoqlar (ing. social media) jahon media makonida faoliyat yuritib kelayotgan an'anaviy OAV bilan shu qadar aralashib, ba'zi holatlarda esa umuman qo‘shilib ketmoqdaki, buning natijasida ularni bir-biridan ajratib ko‘rsatish yoki ularni bir-birlariga qarshi qo‘yish go‘yoki mantiqsizlikdek tuyulmoqda. Demak, ushbu vaziyatni e'tirof etgan holda, ayrim savollarga javob berishga to‘g‘ri keladi. Xususan, dastlabki ijtimoiy tarmoqlar qachon, qaysi maqsadda va qayerda paydo bo‘lgan?
Umuman olganda, qayd etish mumkinki, kishilik tarixidagi birinchi ijtimoiy tarmoqlar paydo bo‘lishining o‘zi aynan Internet ixtiro qilingan olis 1969-yilga borib taqaladi.8 Hozirgi davrgacha bo‘lgan barcha evolyutsion bosqichlardan kelib chiqqan holda ijtimoiy tarmoqlarni asosan ikkita yo‘nalishga ajratish mumkin:

  • Aniq bir kasb egalarini birlashtiruvchi professional hamjamiyatlar;

  • Ixtisoslashmagan umumiy tarmoqlar.

2008-yilda Sukerberg loyihasi dunyoda mavjud ijtimoiy tarmoqlar orasida birinchi o‘ringa chiqib, ushbu yo‘nalishdagi “MySpace”9ni ortda qoldirdi va muallif dunyodagi eng yosh milliarder maqomini oldi. Bugungi davrda 40 tilda o‘z xizmatlarini taklif qilayotgan Facebook keskin ommalashib bormoqda.
2006-yilda amerikalik dasturchi Jek Dorsi Twitter loyihasini amalga oshirdi.10 Mazkur sayt yangi avlod ijtimoiy tarmoqlari orasida yuqori baholandi. Soha mutaxassislari mazkur xizmatni oddiy blogoxosting sifatida ta`riflashadi. Ammo tarmoq bilan ishlash, mavjud servis shakli, xabarlar yozib qoldirish ulsubi odatdagi bloglardan farq qiladi.11
Hozirgi kunda internetdan foydalanuvchilar orasida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchilar 96%ni tashkil etmoqda, shu o‘rinda ijtimoiy tarmoq tushunchasi: uning tarkibi faqatgina ishtirokchilardan va ular o‘rtasida muloqotni o‘rnatuvchi, ko‘p foydalanuvchili interaktiv veb saytlar asosida yaratilgan tarmoqdir.
Ijtimoiy tarmoq – (inglizcha, social networking service so‘zidan) ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi internet tarmog‘i, platforma, onlayn servis yoki veb-sayt12.
2005-yildan hozirgi kungacha bo‘lgan davrni ko‘pchilik ekspertlar internetning “ijtimoiylashuvi” bilan bog‘laydi. Darhaqiqat, AQSHda birinchilardan bo‘lib paydo bo‘lgan Friendster, MySpace kabi ijtimoiy bu davrga asos soldi. Biroq hozirga kelib bu sohaning “otaxonlari” ma’lum darajada undan ortda qolib ketdi, foydalanuvchilarning e’tiboridan qolishga ham ulgurdi.13
Bugungi kunda eng ommabop tarmoqlar qatoriga qaysi saytlarni kiritish mumkin? Ularni o'ziga xos jihatlari, turlariga qarab qanday guruhlash mumkin? Dunyodagi qaysi mamlakatlarning aholisi ushbu tarmoqlardan ko'proq foydalanmoqda? Eng muhimi, bugungi davrda ijtimoiy tarmoqlar an'anaviy OAV bilan chambarchas bog'lanib, birgalikda rivojlanib borar ekan, respublikamizda mavjud ichki imkoniyatlarni muvofiqlashtirgan holda ulardan kengroq va samaraliroq foydalanish mumkinmi? Masalaning eng muhim jihati shundaki, mamlakat imiji va obro'sini oshirishda, xususan, uning madaniyati, tarixi va hozirgi yutuqlarini butun dunyoga targ'ib qilishda ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatlaridan to‘g‘ri va maqsadli foydalanish uchun nimalarga e’tibor qaratish kerak? Ana shu tarmoqlardagi axborot oqimlarini to‘g‘ri yo‘lga solish, jahon tajribasi asosida xabarlar va yangiliklarni kuzatib borish va ularni tartibga keltirish, zarur holatlarda boshqarib borishni yo‘lga qo‘yish, yuzaga kelayotgan yangi tendensiyalarni tadqiq etish, bu boradagi qonunchilik bazasini mustahkamlash orqali samaradorlikni oshirish mumkinmi? Aynan yuqorida sanab o‘tilgan va boshqa qator muhim masalalar borki, ularni nazariy jihatdan chuqur o'rganish, tahlil etish hamda bu borada zarur tavsiyalar ishlab chiqish davr talabidir. Ijtimoiy tarmoq - (inglizcha social networking service so‘zidan) ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi internet tarmog‘i, platforma, onlayn servis yoki veb-sayt. Ijtimoiy tarmoqlar unchalik uzoq tarixga ega emas. Internet 1985-yil vujudga kelgan bo‘lib, dastlab bu tarmoqdan odamlar ma’lumot olish elektron pochta ochib, bir-biriga xabar jo‘natish maqsadida foydalangan bo‘lsa, keyinchalik internetning texnik imkoniyatlaridan odamlarning muloqotga bo‘lgan ehtiyojini hisobga olib, ijtimoiy tarmoqlar vujudga keldi.
Umuman olganda, ijtimoiy tarmoqlarning paydo bo‘lishi Internetning taraqqiy etishi va uning ommalashishi bilan bog‘liq tabiiy bir hodisa hisoblanadi. Darhaqiqat, bugun ko‘pchilikning kuni nafaqat bir piyola choy ustidagi nonushta bilan, balki u yoki bu ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifani ko‘zdan kechirish, ya'ni “set” (rus. tarmoq)dagi yangiliklar bilan tanishishdan boshlanadi. Hozirgi paytda yer kurrasining qariyb 50 foiz aholisi biron-bir ijtimoiy saytda faoldir. Ularning ayrimlari esa bir vaqtning o‘zida bir nechta tarmoqlarda ro‘yxatdan o‘tgan. Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, dunyo yoshlarining 96 foizi ijtimoiy tarmoqlar vositasida o‘zaro muloqotga kirishishmoqda. Ayrim holatlarda ba’zi yoshlarning ommaviy tarmoqlarga mukkasidan ketib, o‘z vaqtlarini behudaga sarflashi yaxshi oqibatlarga olib kelmayapti. Bu haqda hindistonlik olim K.Shrivastava alohida fikr bildirib, ijtimoiy tarmoqlardan aniq maqsadda foydalanish joizligi, aks holda u vaqtning besamar ketishiga olib kelishini ta’kidlagan edi. Afsuski, “o‘rgimchak to‘riga ilingan” ayrim yoshlarning o‘qish va ishga munosabati o‘zgarib, hayotga befarqligi kuchayib bormoqda. Darvoqe, yaqinda poytaxtlik yosh bir taksi haydovchisi “bundan atigi ikki-uch kun oldin to‘yi bo‘lgan sinfdoshini mahalladagi internet kafega shoshib ketayotganini ko‘rib, hayron qolganligini” o‘zaro suhbat chog‘ida afsus va kinoya bilan hikoya qilib bergan edi. Haqiqatan ham internetni bejizga o‘rgimchak to‘riga o‘xshatishmagan. Chunki uning domiga bir marta tushgan odamni, agar u aqlini ishlatmasa, o‘z girdobiga butkul tortib olishi turgan gap. Muammoning ijtimoiyligi ham ana shunda. Internetning eng mashhur qismi hisoblangan ommabop “ijtimoiy tarmoqlar” haqida ayrim tarixiy faktlarga e’tibor beraylik. Dastlab ular qachon, qaysi maqsadda va qayerda paydo bo‘lgan, degan savollarga javob izlaymiz. Umuman olganda, qayd etish mumkinki, kishilik tarixidagi birinchi ijtimoiy tarmoqlarning paydo bo‘lishining o‘zi aynan Internet ixtiro qilingan olis 1969-yilga borib taqaladi14.
Hozirgi davrgacha bo‘lgan barcha evolyutsion bosqichlardan kelib chiqqan holda ijtimoiy tarmoqlarni asosan ikkita yo‘nalishga ajratish mumkin:
• aniq bir kasb egalarini birlashtiruvchi professional hamjamiyatlar;
• ixtisoslashmagan umumiy tarmoqlar.
Soha olimlarining qayd etishlaricha, birinchi to‘laqonli ijtimoiy tarmoq Rendi Konrads tomonidan 1995-yilda ishlab chiqilgan Classmates.com saytidir. Ingliz tilidan “classmates” so‘zi sinfdoshlar (“odnoklassniki”) deb tarjima qilinadi.
Mazkur tarmoq sobiq sinfdoshlar, kursdoshlar, harbiy xizmatdoshlar va umuman do‘stlar o‘rtasidagi aloqalarni qayta tiklashga qaratildi. Sayt hozirgi kungacha faoliyat yuritmoqda. Bu yerda, asosan, AQSH va Kanada fuqarolaridan iborat 50 mln.dan ziyod foydalanuvchilar ro‘yxatdan o‘tgan. Sayt bugunga kelib Shvetsiya, Germaniya, Avstriya hamda Fransiya aholisiga ham xizmat qilmoqda. Ta’kidlash kerakki, mazkur tarmoq dastlabki faoliyati davrida alohida shaxsiy sahifalar ochish yoki do‘stlarni to‘plash imkoniyatini bera olmagan. Bu joyda faqat bitirilgan o‘quv maskani bilan bevosita bog‘lanish, u yerda tahsil olganlar ro‘yxati bilan tanishish mumkin bo‘lgan, xolos. 2004-yilda Garvard universitetining talabasi bo‘lgan Mark Sukerberg Facebook portalini yaratdi. O‘sha paytda mazkur saytdan faqat ushbu oliy o‘quv yurti talabalarigina foydalana olishardi. Keyinchalik boshqa oliy ta'lim dargohlari talabalari va oddiy maktab o‘quvchilari ham Facebook imkoniyatlaridan bahramand bo‘la boshlashgan. 2008-yilda Sukerberg loyihasi dunyoda mavjud ijtimoiy tarmoqlar orasida birinchi o'ringa chiqib, ushbu yo'nalishdagi “MySpace”ni ortda qoldirdi va muallif dunyodagi eng yosh milliarder maqomini oldi. Bugungi davrda 40 ta tilda o‘z xizmatlarini taklif qilayotgan Facebook keskin ommalashib bormoqda.
2006-yilda amerikalik dasturchi Djek Dorsi Twitter loyihasini amalga oshirdi. Mazkur sayt yangi avlod ijtimoiy tarmoqlari orasida yuqori baholandi. Soha mutaxassislari mazkur xizmatni oddiy blogoxosting sifatida ta’riflashadi. Ammo tarmoq bilan ishlash, mavjud servis shakli, xabarlar yozib qoldirish uslubi odatdagi bloglardan farq qiladi. 2008-yilda Mumbayda sodir etilgan terakt paytida fuqarolarga tezkor axborot yetkazish masalasida Twitter tarixda birinchi marta ijtimoiy tarmoqning OAVga yaqinligini isbotlab berdi. Rossiyadagi ijtimoiy tarmoqlar nisbatan kech rivojlandi. Lekin ularning tez orada ommalashib ketganligini kuzatish mumkin. “Vkontakte” loyihasini peterburglik dasturchi Pavel Durov (hammuallif – uning akasi Nikolay) 2006-yilda ishlab chiqdi. Mazkur sayt ko'p jihatdan jahonga mashhur Facebook tarmog‘iga o‘xshaydi. Ammo bu faktni loyiha mualliflari inkor etishadi. Bugungi kunda “Vkontakte” MDH hududidagi eng ommaviy ijtimoiy tarmoq darajasiga ko‘tarildi. U foydalanuvchilar sonining ko‘pligi bo‘yicha dunyodagi 30 talikka kiradi. Bundan tashqari “runet” (Rossiya domeni)dagi eng yirik video va audioxosting imkoniyatiga ega bo‘lgan portaldir. Classmates.com saytining Rossiyadagi egizagi sifatida 2006-yilda Albert Popkov muallifligidagi “Odnoklassniki” loyihasi paydo bo‘ldi. Ushbu ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarga asosan hozirgi va sobiq sinfdoshlar bilan aloqa o‘rnatish imkoniyatini berdi. O‘zbekistonda ham bir qator milliy ijtimoiy tarmoqlar shakllanmoqda. Ular qatoriga sinfdosh.uz va muloqot.uz portallarini kiritish mumkin. Yuqorida sanab o‘tilgan turli ommabop ijtimoiy tarmoqlarga xos umumiy xarakter shundan iboratki, ulardan birontasi bundan yarim yil o‘tgandan keyin ham bugungidek mashhur bo‘lib qolaveradi, deb aytish mushkul. Chunki, bu kabi saytlarni qo‘llab-quvvatlovchi texnologiyalar kun sayin o‘zgarib, yangilanib bormoqda. Yana muvaffaqiyatli yangi loyihalar yuzaga kelib, oldingi liderlarni bozordan siqib chiqarishi ehtimoli juda katta. Mavjud ijtimoiy tarmoqlarni ularning turlariga qarab quyidagicha guruhlashtirish mumkin:
ommabop ijtimoiy tarmoqlar (Facebook, MySpace, Vkontakte va boshqalar);
real vaqt rejimida internet foydalanuvchilari o‘rtasida xabar almashish tarmoqlari bir nechta foydalanuvchilarning o‘zaro bog‘lanib, real vaqt rejimida muloqotga kirishishlariga xizmat qiluvchi internet-chatlar (suhbat maydonchalari);
qiziqarli va dolzarb mavzularni olib chiqib, ularni sharhlash va muhokama qilish imkoniyatini beruvchi internet-forumlar;
ayrim foydalanuvchilarning shaxsiy onlayn-jurnallarini tashkil etuvchi veb-bloglar;
tashrif buyuruvchilar tomonidan to‘ldirib borilishi va tahrir qilinishi mumkin bo‘lgan portallar, ya’ni viki-spravochniklar (Wikipedia);
Shaxsiy video materiallarni bepul asosda joylashtirib borish imkoniyatini beruvchi internet-xostlar (YouTube). 2015-yilning iyul oyida olingan statistik ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zining 10 yoshini qarshilagan Facebook dunyoda eng mashhur ijtimoiy tarmoq darajasiga ko‘tarilgan15. Bu yerda ro‘yxatdan o‘tganlar soni qariyb 1.5 mlrd. kishiga yetgan. Undan keyingi o‘rinlarni esa YouTube, QZone, Weibo, Twitter, Google, Linkedin, Vkontakte egallagan. E’tiborli jihati shundaki, O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan qator OAV tomonidan ana shu mashhur ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatlaridan keng foydalanish ishlari yo‘lga qo‘yilmoqda. Bugungi kunda mazkur yo‘nalishdagi sa’y-harakatlar sohadagi eng yangi va muhim tendensiyalardan hisoblanadi. Misol uchun, O‘zbekiston Milliy axborot agentligida (uza.uz) Facebook, Twitter, RSS auditoriyalari uchun ham xabarlar berib kelmoqda. U shuningdek, uyali telefonlar uchun mo‘ljallangan “mobil versiya”dan ham unumli foydalanmoqda. Yana bir muhim jihati shundaki, ayni paytda O‘zA tomonidan dunyo mamlakatlariga 7 tilda (rus, ingliz, frantsuz, nemis, ispan, arab, xitoy) yangiliklar uzatilmoqda.
Aynan yuqorida qayd etilgan ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi huzuridagi “Jahon” axborot agentligi (jahonnews.uz - rus, ingliz, arab tillari) ham faoliyat olib bormoqda. UzReport axborot agentligi tarqatayotgan xabarlar bilan (uzreport.com - rus, ingliz tillari) Facebook, Twitter, RSS orqali bemalol tanishib borish mumkin. O‘zbek, ingliz va rus tillarida faoliyat yurituvchi “Uzbekistan today” gazetasining Facebook, Twitter, Google plus, V kontakte kabi qator ommabop tarmoqlarga ulanganligi alohida e’tiborga molikdir. Shu ma’noda respublikamizdagi davriy matbuot nashrlaridan biri “Darakchi” gazetasining Facebook ijtimoiy plaginiga ega ekanligini qayd etib o‘tish zarur. Ta’kidlash kerak, O‘zbekistondagi davriy nashrlardan tashqari ijtimoiy tarmoqlarning o‘zida ham jonajon Vatanimizni ulug‘lovchi, uning tarixi va madaniyatini sevuvchi kishilarni jamlagan ijtimoiy guruhlar mavjudki, ularning ham jahon media makonida diyorimiz obro‘sini oshirishga xizmat qilishlari shubhasiz. Bunga misollar talaygina. “Facebook” tarmog'idagi 19 mingdan ziyod kishini jamlagan “I love Uzbekistan”, 9 mingdan ortiq foydalanuvchiga ega “I like Uzbekistan” va 35 ming foydalanuvchini birlashtirgan “I love Tashkent” hamda boshqa qator guruhlarni sanab o‘tish mumkin. Darhaqiqat, dunyoda ijtimoiy tarmoqlarning salmog‘i ortib, foydalanuvchilar soni kun emas, soat sayin oshib borayotganligi hech kimga sir emas. Ayrim davlatlarda ular ta’qiqlab qo‘yilgan bo‘lsa-da, aynan ushbu tarmoqlarga dunyoning ko‘pchilik mamlakatlarida asosiy axborot manbai sifatida qaraladigan bo‘ldi16.
Ayni paytda har kuni 700 milliondan ortiq odam Facebookdan foydalanadi. Ijtimoiy tarmoq 2004-yilda Garvard universiteti talabasi kichik dasturlar va veb-saytlar yaratgan Mark Tsukerberg tomonidan tashkil etilgan. Universitetda o‘qish paytida birga yashagan qo‘shnilari - Eduardo Saverin, Dastin Moskovits va Kris Xyuzlar bilan birgalikda u universitet talabalari muloqot qilishi, yangiliklar almashishi va doimo aloqada bo‘lishlari uchun portal yaratdi, universiteti talabalari uchun mo‘ljallangan lokal tarmoqni takomillashtirishga harakat qila boshladi. Kichik saytning birinchi nomi The Facebook edi. Faqat universitet talabalari foydalanishi mumkin edi. Mark sayt auditoriyasini kengaytirishga qaror qilgandan so‘ng, Amerikaning Boston shahridan bo‘lgan boshqa talabalarga ro‘yxatdan o‘tishga ruxsat berildi. Birozdan keyin Amerikada tahsil olgan har qanday talaba uchun akkaunt yaratish mumkin edi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun sizda elektron pochta bo‘lishi kerak edi. Jamoatchi ijtimoiy portalini tashkil qilib, unda foydalanuvchilarga fotosuratlarini va o‘zlari haqidagi istagan ma’lumotlar – ilmiy va ijodiy qiziqishlaridan tortib, to maishiy turmush va sevgi muhabbat sohasidagi axborotlarni joylashtirishni taklif etadi. Tabiiyki, bu narsa ko‘pchilikni qiziqishiga sabab bo‘ladi. Endi talabalar loyihasi aql bovar qilmaydigan darajada o‘sdi. To‘rt yil davomida universitetning oddiy portali millionlab ro‘yxatga kirgan foydalanuvchilar uchun sevimli Internet manzil bo‘lib qoldi. 2008-yil dekabr oyi holatiga ko‘ra, saytda 80 milliondan ortiq faol ishtirokchilar qayt etilgan bo‘lsa, 2009-yil noyabr oyida ularning soni 350 millionni tashkil etdi va ko‘rsatkich doimiy ravishda oshib bormoqda. Facebook dunyodagi eng ko‘p tashrif buyurilgan beshta saytlardan biridir. Faol auditoriya qariyb 3 milliard kishini tashkil etadi va u har kuni o‘sib bormoqda, chunki saytda ro‘yxatdan o‘tish bepul va ishlab chiquvchilarning fikriga ko‘ra har doim bepul bo‘lib qoladi.

Download 417,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish