Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Usmonaliev M., Karaketov YU. Kriminologiya. ––T.: Yangi asr avlodi. 2001. –B. 247-248.
2.Шестаков Д.А. Семейная криминология. СПб., 1996. 72 с. Зарипов 3.Z.S., Ismailov I. Kriminologiya. –T., 1996. B. 226.
4.Стручков Н.А. Проблема личности преступника: Лекции по криминологии. Л„ 1983. С. 60-63.
5. Kriminologiya. Maxsus qism: Darslik / I. Ismailov, Q.R. Abdurasulova va boshq. – T.: O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2015. – 744 b.
Atamalar
1."INTERPOL" (interpol) — xalqaro jinoiy politsiya tashkilotining barcha tillar uchun qisqartirilgan umumiy nomi. 1923 yilda Vena shahri (Avstriya)da asos solingan. Hozgi nomi manzilni qisqa qilib ifodalash tarzida 1-marta 1947 yilda paydo boʻlgan. 1949 yili BMT unga rasmiy ravishda xalqaro hukumatga qarashli boʻlmagan tashkilot maqomini berdi. "I."ning amaldagi ustavi 1956 yil 13 iyunda kuchga kirdi.
2. Bojxona — 1) boj undiradigan joy; 2) chegara orqali oʻtadigan jami yuklarni, jumladan, bagaj va pochta joʻnatmalarini nazorat qiladigan davlat muassasasi; oʻtkazilayogan yuklarni tekshirish, tartibga solish va rasmiylashtirish, ulardan boj va yigʻimlar undirish bilan shugʻullanadi. B. haqidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibqoidalarning buzilishini oldini olish, ularga nisbatan choralar koʻrish, surishtiruv va tezkor qidiruv ishlari olib borish, kontrabandaga qarshi kurashish ham B. vakolatiga kiradi. B.lar, odatda, dengiz va daryo portlarida, xalqaro aeroportlarda, temir yoʻl st-yalari, chegara punktlarida joylashadi. B. muassasalari tashqi savdoda mamlakat manfaati taʼminlanishini nazorat qiladi, qimmatbaho boyliklar (sanʼat asarlari, nodir metallar va boshqalar) ning mamlakat hududidan olib chiqib ketilishining oldini oladi.
3.Global muammolar - umumba shariy hayot va taraqqiyot bilan bogʻliq hozirgi zamon muammolari.Ular jumlasiga jahon termoyadro urushining oldini olish, xalqaro terrorchilikka qarshi kurash va barcha xalqlar uchun tinchlikni taʼminlash; rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar oʻrtasida ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyot darajasidagi tafovutni bartaraf etish, ochlik, qashshoqlik va savodsizlikni tugatish, rivojlanayotgan mamlakatlarda aholining tez surʼatlar bilan koʻpayayotganligini tartibga solish, atrof muhit halokatli tarzda ifloslanib borayotganligining oldini olish; insoniyatni kerakli resurslar — oziq-ovqat, sanoat xom ashyosi, energiya manbalari bilan taʼminlash, fan va texnika taraqqiyoti salbiy oqibatlarga olib kelishiga yoʻl qoʻymaslik kabilar kiradi. G.m. avvalo jahonda kechayetgan iqtisodiy, ijtimoiysiyosiy, harbiy, ilmiy-texnologik, ijtimoiy-madaniy jarayonlarning umumbashariy ahamiyat kasb etishi natijasida yuzaga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |