Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar to‘g‘risida ma’lumotlar, 2015-yil
ShHTning tarkibida 0‘zbekiston ma’lum bir salmoqqa ega. Shu bilan birga ShHTning jahon miqyosidagi iqtisodiy salohiyati va salmog‘i ancha yuqoridir. 0‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo‘shilish talablaridan kelib chiqib, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanishi zarur bo‘lgan barcha muassasalar (tashqi iqtisodiy aloqa vazirligi, tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, bojxonalar xizmati va boshqalar) amalda yangidan tashkil etildi.
Respublikamiz MDH mamlakatlari bilan tashqi savdoni amalga oshirishni keng yoiga qo‘ygan boiib unda asosiy katta ulushlami Rossiya va Qozogiston egallaydi Tashqi savdo bilan birga iqtisodiy hamkorlikning boshqa shakllari ham sezilarli darajada rivojlandi. Jumladan, 2014—2015-yillarda yengil sanoat sohasiga kiritilgan investitsiyalar hajmi ancha oshdi.
MDH mamlakatlarining respublika tashqi savdosidagi ulushi
Yengil sanoat sohasida tashkil etilgan qo‘shma korxonalar geografiyasiga nazar tashlaydigan boisak, bugungi kunda sohani rivojlantirish borasida eng katta xorij sarmoyasiga ega boigan (xorijiy investitsiya mablagiarini kiritgan) davlatlardan biri Koreya Respublikasi hisoblanadi. Mazkur davlatning ulushi 38 foizni tashkil etadi.
0‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga kirib borishi BMTning respublikada amalga oshirayotgan iqtisodiy, ta’lim, sogiiqni saqlash, madaniyat, fan sohalarida amalga oshirilayotgan loyihalarida ham namoyon bo‘ladi.
0‘zbekistonning Xalqaro valyuta fondi va jahon banki bilan hamkorligi tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirishdagi navbatdagi yo‘nalishdir. Bu yo‘nalishda XVF bilan tizimli qayta qurilishlami mablag‘ bilan ta’minlash, tizimli va makroiqtisodiy siyosat sohasidagi tadbirkorlami qo‘llab-quvvatlash dasturlari ma’qullandi.
Mamlakatimizning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lgan mamlakatlar bilan iqtisodiy va savdo sohasidagi hamkorligi, NATOning «Tinchlik yo‘lidagi sheriklik» dasturidagi ishtiroki uning jahon xo‘jaligiga qo‘shilishining navbatdagi yo‘nalishidir. Jumladan, Yevropa Ittifoqi bilan Respublikamiz o‘rtasida imzolangan Sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim (1996-yil iyun) tashqi iqtisodiy faoliyatining ustuvor yo‘nalishidir.
Jahon bank tashkilotlari - Xalqaro ta’mirlash va rivojlanish banki (XTRB), Xalqaro rivojlanish uyushmasi (XRU), Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) va Investitsiyalami kafolatlash xalqaro agentligi (IKXA) bilan hamkorlik 0 ‘zbekistonning tashqi iqtisodiy strategiyasini amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Xususan, XRRB yo‘li bilan 0‘zbekistonga paxta yetishtirish usullarini zamonaviylashtirib, uning jahon bozoriga chiqishiga ko‘maklashish va unumdorlikni oshirish uchun asos yaratish maqsadida 66 mln. dollar, institutsional islohotlami davom ettirish uchun 120 mln. dollar mablag1 ajratildi.Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) ham 0‘zbekistonda bir qator loyihalami amalga oshirishda ishtirok etmoqda.
0‘zbekistonning tashqi iqtisodiy va savdo faoliyatida Osiyo rivojlanishi Banki (ORB) hamda jahon savdo tashkiloti (JST)bilan hamkorligi istiqbolli yo‘nalishlardan hisoblanadi. Shunday qilib, 0‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo‘shilishida dunyo mamlakatlari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlik hal qiluvchi o‘ringa ega bo‘lib, bu milliy iqtisodiyotning baynalmilallashuvini kuchaytiradi hamda iqtisodiy taraqqiyotini yuqori bosqichga ko‘tarishning asosiy tashqi omillari hisoblanadi.
0‘zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirishda Yevropa tiklanishi va taraqqiyoti banki (YTTB) alohida rol o‘ynaydi. Respublikada amalga oshirilayotgan umumiy qiymati 536 mln. dollarga teng 9 ta loyihada YTTBning ulushi 253,1 mln. dollami tashkil qiladi. YTTBning 0‘zbekistonda amalga oshirish ko‘zda tutilgan, umumiy summasi bir mlrd.dollardan ortiq bo‘lgan yana 8 ta loyihani ko‘rib chiqishi mo‘ljallangan.
XULOSA 1. Xalqaro iqtisodiy integratsiya - bu mamlakatlaming chuqur, barqaror o‘zaro iqtisodiy aloqalarining rivojlanishi, milliy xo‘jaliklar o‘rtasidagi mehnat taqsimoti asosida ular xo‘jalik va siyosiy aloqalarining chatishib ketish jarayonlaridir. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning asosiy shakllari sifatida erkin savdo hududlari, bojxona ittifoqi, to‘lov ittifoqi, umumiy bozor, iqtisodiy va valyuta ittifoqini ko‘rsatish mumkin.
2. Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonini obyektiv tavsifdagi bir qator omillar taqozo qiladiki, ulaming ichida xo‘jalik aloqalarining baynalminallashuvi va globallashuvi; xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi; umumjahon fan-texnika revolyutsiyasi; milliy iqtisodiyot ochiqligining kuchayishi kabilar asosiy o‘rinni egallaydi.
3. Turli mamlakatlardagi integratsiyaning turli elementlari bir xilda rivojlanmaydi. Shunga ko‘ra, integratsiyaning qat’iy (bir tomonlama nafli) integratsiya, tasodifiy integratsiya, moslashuvchan (ikki tomonlama nafli) integratsiya kabi turlari farqlanadi.
4. Bugungi kunda 0 ‘zbekistonning jahon xo‘jaligiga integratsiyalashuvi ko‘p darajali tizim sifatida amal qilib, uni quyidagi beshta darajaga ajratish mumkin: global; transkontinental; mintaqalararo; mintaqaviy; mahalliy. Har bir darajadagi integratsion aloqalaming o‘ziga xos vazifalari mavjud.
5. 0‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatini amalga oshirishning asosiy tamoyillari teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik negizida qurilib, uning qoidalari ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shartnoma munosabatlarida o‘zaro manfaatli aloqalar o‘matish, xalqaro iqtisodiy ittifoqlar doirasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga asoslandi.
6. Erkin savdo hududlari - iqtisodiy integratsiyaning eng oddiy shakli bo‘lib, uning dorasida savdo cheklashlari bekor qilinadi.Bojxona ittifoqi - yagona tashqi savdo ta’riflari o‘matishni va uchinchi mamlakatga nisbatan yagona tashqi savdo siyosati yuriti- shini taqozo qiladi.
7.To‘lov ittifoqi - milliy valyutalaming o‘zaro almashinuvi va hisob-kitobda yagona pul birligining amal qilishi.