Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mohiyati, shakllari va obyektiv asoslari


- qat’iy (bir tomonlama nafli) integratsiya



Download 112,8 Kb.
bet4/7
Sana03.07.2022
Hajmi112,8 Kb.
#733909
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
SHAVKATAKA NAZARIYA

- qat’iy (bir tomonlama nafli) integratsiya. Bu turdagi integratsiya tashqi tavsif holatlari bilan shartlangan bo‘lib, mazkur jarayonlardan ba’zi mamlakatlar naf ko‘ruvchi hisoblansa, boshqa birlari donor hisoblanadi;
- moslashuvchan (ikki tomonlama nafli) integratsiya. Bu turdagi integratsiyada har bir mamlakat bir vaqtning o‘zida ham donor, ham naf ko‘ruvchi hisoblanadi.
Davlatlararo iqtisodiy integratsiyaning rivojlanishida quyidagi bir qator shart-sharoitlaming mavjudligi ta’sir ko‘rsatadi:
-integratsion aloqaga kirishayotgan mamlakatlarning iqtisodiy taraqqiyot jihatidan bir xil darajada bo‘lishi hamda bir turdagi xo‘jalik tizimlariga ega bo‘lishi;
- ulaming hududiy jihatdan yaqinligi, yagona mintaqada joylashganligi va umumiy chegaraga egaligi;
- ulaming tarixan tarkib topgan va yetarli darajada mustahkam iqtisodiy aloqalarga egaligi;
- iqtisodiy manfaatlar va muammolaming umumiyligi hamda ulami hal etishda birgalikdagi harakatning samaradorligi va h.k.

Jahondagi asosiy integratsion guruhlarning amal qilish xususiyatlari
Hozirda dunyoda juda ko‘plab integratsion guruhlar mavjud. Biz turli mintaqalardagi asosiy integratsion guruhlar sifatida quyidagi tuzilmalami ko‘rsatishimiz mumkin:
- G‘arbiy Yevropada - Yevropa Ittifoqi (El);
- Shimoliy Amerikada - Erkin savdo to‘g‘risida Shimoliy Amerika bitimi (NAFTA);
- Osiyo-Tinch okeani mintaqasida - Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi (ASEAN).
Yevropa Ittifoqi 1993-yil 1-noyabrda Maastrixt kelishuvlari (bu kelishuvlar 1991-va 1992-yillarda iqtisodiy va valyuta ittifoqini shakllantirish to‘g‘risida imzolangan edi) kuchga kirishi asosida yangi nom bilan paydo bo‘ldi. Bunga qadar u Yevropa hamjamiyati deb atalib, o‘z ichiga 1967-yilda birlashgan uchta mustaqil mintaqaviy tashkilotlami olar edi, ya’ni:
- 1951-yilda tashkil etilgan ko‘mir va po‘lat ishlab chiqarish bo‘yicha Yevropa birlashmasi;
- 1957-yilda tashkil etilgan Yevropa iqtisodiy hamjamiyati;
- 1958-yilda tashkil etilgan atom energiyasi bo‘yicha Yevropa hamjamiyati.Yel doirasidagi integratsiyaning rivojlanishi bosqichma-bosqich bormoqda. Jumladan, dastlab erkin savdo hududi, bojxona ittifoqi, umumiy bozoming, keyinchalik esa iqtisodiy va valyuta ittifoqining tashkil etilishi bu tuzilmalar shakllanishining quyidan yuqoriga tomon harakatini bildiradi. Hozirda Yelda yagona bozor hamda davlatlararo boshqaruv tizimini tashkil etish jarayoni yakunlanib, mamlakatlar iqtisodiy, valyuta va siyosiy ittifoqlami rasmiylashtirdilar.
Erkin savdo to‘g‘risida Shimoliy Amerika bitimi (NAFTA) 1994-yildan boshlab amalda bo‘lib, o‘z ichiga AQSH, Kanada va Meksikani qamrab oladi. Bu mamlakatlarning o‘zaro savdo va kapital harakati asosidagi iqtisodiy aloqalarining miqyoslarini quyidagi ma’lumotlar orqali tasawur etish mumkin: AQSHda Kanada eksportining 75-80% (yoki Kanada YaMMning 20%) sotiladi. Kanadadagi to‘g‘ridan- to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar tarkibida AQSHning ulushi 75 foizdan, Kanadaning AQSHdagi ulushi esa 9 foizdan ortiq. AQSHga Meksika eksportining 70 foizdan ortig‘i yo‘naltirilib, AQSHdan Meksikaga 65% import kelib tushadi.Shimoliy Amerika integratsion guruhining mavjud tarkibi Yevro-padagi integratsiya modelidan farq qilib, bu quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
- AQSH, Kanada va Meksika o‘rtasidagi iqtisodiy o‘zaro aloqalarining teng nisbatlarda emasligi;
- bu guruh a’zolari rivojlanganlik darajasining keskin farq qilishi.
Erkin savdo to‘g‘risida Shimoliy Amerika bitimi (NAFTA)ning asosiy jihatlari quyidagilardan iborat:
- barcha bojxona to‘lovlarini bekor qilish;
- tovar va xizmatlar savdosidagi tarifsiz to‘siqlaming ahamiyatli qismini bosqichma-bosqich tugatib borish;
- Meksikadagi Shimoliy Amerika kapital qo‘yilmalari uchun shart-sharoitlami yaxshilash;
- Meksika moliya bozorida AQSH va Kanada banklarining faoliyatini erkinlashtirish;
- AQSH, Kanada va Meksika arbitraj komissiyasini tashkil etish. Shuningdek, kelgusida nafaqat NAFTA doirasida ichki mintaqaviy hamkorlikni chuqurlashtirish, balki boshqa Lotin Amerikasi mamlakatlari hisobiga uning tarkibini kengaytirish ham ko‘zda tutilmoqda.

Download 112,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish