Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/148
Sana29.12.2021
Hajmi2,35 Mb.
#79243
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   148
qilish  tashkilotiga  quyidagi  ta’rifni  berish  lozim.  Xalqaro  huquni 
muhofaza  qilish  tashkiloti  deganda  davlatlararo  shartnoma  asosida 
tashkil  etilgan  birlashma  yoki  maxsus  xalqaro  huquqiy  sub‘yektlik 
maqomli doimiy organlarga ega va umume’tirof etilgan xalqaro huquq 
tamoyillari  va  me‘yorlariga  muvofiq  shaxs,  jamiyat,  davlat  va  dunyo 
hamjamiyatining  huquqlari,  erkinliklari  va  manfaatlarini  xalqaro 
jinoyat,  xalqaro  xususiyatga  ega  jinoyat  hamda  transmilliy  jinoyat  deb 
e’tirof  etilgan  huquqbuzarliklardan  himoya  qilish  faoliyatini  amalga 
oshiradigan,  xalqaro  bitimlar,  shartnomalar  asosida  tuzilgan  bunday 
birlashmaning organi tushuniladi.  
Bugungi  kunda  xalqaro  jinoyat  sudlov  organlarining  quyidagi 
institutsional modellari bor: 
1)  BMT  Xavfsizlik  Kengashi  tomonidan  o‘zining  yordamchi 
organlari sifatida tuziladigan ad hoc xalqaro jinoyat tribunallari. 
2)  Davlatlarning  BMT  bilan  shartnomalari  asosida  tashkil  etilgan 
yoki  BMTning  vaqtincha  ma’muriyatlari  tomonidan  tinchlikparvar 
operatsiyalar  amalga  oshirilayotgan  davlatlar  hududida  tuzilgan  aralash 
(gibrid) tribunallari (sudlari). 
3)  Vakolat  doirasiga  xalqaro  sudlar  va  jinoyat  sud  jarayonining 
boshqa  qatnashchilari  ishtirokida  xalqaro  jinoyatlarniko‘rish  kiradigan 
milliy sudlar. 
4) Xalqaro jinoyat sudi. 
Xalqaro  jinoyat  sudlov  organlariga  jinoyat  yurisdiksiyasi  beriladi, 
ya’ni  ular  aslida  xalqaro  jinoyat  ishlarini  ko‘rib  chiqadi  va  hal  etadi, 
ularni  sodir  etgan  shaxslarni  jinoiy  ta‘qib  qilish  va  jazolashni  amalga 
oshiradi.  Bu  xususiyat  ularni  boshqa  yurisdiksion  sohada  tashkil 
etiladigan  va  faoliyat  ko‘rsatadigan  boshqa  xalqaro  sud  organlaridan 
(xalqaro adliya organlaridan) ajratib turadi.  
Aynan  xalqaro  jinoyat  yurisdiksiya  sohasida  vakolatning  yo‘qligi 
xalqaro jinoyat sudlov organlariga tegishli emas: 

xalqaro  huquq  sub‘yektlari  o‘rtasidagi  nizolarni  hal  etish  uchun 
tashkil  etilgan  umumiy  yurisdiksiyadagi  xalqaro  sudlar,  masalan, 
Birlashgan  Millatlar  Tashkilotining  Xalqaro  sudi  va  Yevropada 
xavfsizlik  va  hamkorlik  tashkiloti  doirasidagi  Yevropa  yarashtiruv  va 
hakamlik sudi; 

xalqaro  hamkorlikning  alohida  yo‘nalishlari  bilan  bog‘liq  yoki 
xalqaro  huquqning  alohida  sohalariga  tegishli  me‘yorlar  yoki  alohida 


49 
 
xalqaro  shartnomalar  bilan  tartibga  solinadigan  maxsus  xalqaro  sudlar, 
ular  qatoriga  Dengiz  huquqi  bo‘yicha  xalqaro  tribunal,  Inson  huquqlari 
bo‘yicha  Yevropa  sudi,  Mustaqil  Davlatlar  Hamdo‘stligi  iqtisodiy  sudi, 
BENILYUKS  (Belgiya,  Niderlandiya,  Lyuksimburg)  sudi  va  boshqalar 
kiradi; 

 xalqaro tashkilotlar va ularning xodimlari o‘rtasidagi nizolarni hal 
etish  uchun  cheklangan  yurisdiksiyadagi  xalqaro  sudlar,  ularga  BMT 
Xalqaro  ma’muriy  tribunali  va  Xalqaro  mehnat  tashkiloti  Xalqaro 
ma’muriy tribunali tegishlidir; 

 xalqaro  nodavlat  tashkilotlar  –  xalqaro  xususiy  huquq  va  xalqaro 
huquqning alohida sohalari bilan bog‘liq nizolarni hal etadigan arbitraj, 
hakamlik va boshqa sudlar
23

Shubhasiz, yuqorida nomlari zikr etilgan sud organlari odil sudlovni 
amalga oshiradilar, taraflar uchun majburiy bo‘lgan qarorlar chiqaradilar 
va  konsultativ  xulosalar  beradilar.  Shu  sababli  ular  huquq  ustunligini 
himoyalash  va  ta‘minlash  bo‘yicha  xalqaro  huquqni  muhofaza  qilish 
faoliyati va xalqaro munosabatlarda xalqaro huquq ishtirokchilari bo‘lib 
buni  xalqaro  sudlov  (adliya)  shaklida  amalga  oshiradi.  Biroq  mazkur 
xalqaro  sudlar  Xalqaro  huquqni  muhofaza  qiluvchi  tashkilotlar 
toifalarining  biri  sifatidagi  xalqaro  jinoyat  adliya  organlariga  tegishli 
bo‘lmagani uchun jinoyat yurisdiksiya sohasidagi vakolatga ega emas va 
xalqaro darajada jinoyatlarga qarshi kurashda qatnashmaydi.  
 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish