Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/148
Sana29.12.2021
Hajmi2,35 Mb.
#79243
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   148
Ikkinchidan,  xalqaro  huquqni  muhofaza  qiluvchi  tashkilotlar 
vakolat doirasi turlicha bo‘lgani sababli teng huquqlilik tushunchasi ham 
cheklangan  va  nisbiy  xususiyatga  ega.  Bu  cheklanganlik  va  nisbiylik 
mazkur  tashkilotlarni  xalqaro  munosabatlarning  asosiy  suveren 
ishtirokchilari  va  xalqaro  huquq  subyektlari  bo‘lmish  davlatlarga 
tenglashtirib  bo‘lmasligini  bildiradi,  chunki  suveren  tenglik  tamoyili 
davlatlar o‘rtasida amal qiladi.  
Uchinchidan,  xalqaro  huquqni  muhofaza  qiluvchi  tashkilotlar 
jinoyatchilikka  qarshi  kurashda  xalqaro  hamkorlik  qilish  uchun  teng 
huquqlar  va  majburiyatlarga  ega  emas.  Shuning  uchun  mazkur 
hamkorlik tizimida ularning roli boshqa qatnashchilar – davlatlar va ular 
nomidan  faoliyat  olib  boradigan  milliy  huquqni  muhofaza  qilish 
organlari bilan teng emas. 
To‘rtinchidan,  xalqaro  huquqni  muhofaza  qiluvchi  tashkilotlar 
birgalikda  milliy  huquqni  muhofaza  qilish  organlari  va  sudlar  tizimiga 
o‘xshash  aniq  bir  tizimni  tashkil  qilmaydi.  Xalqaro  huquqni  muhofaza 
qiluvchi  tashkilotlarning  iyerarxiyasi  mavjud  emas,  ular  tashkiliy, 
ma’muriy va moliyaviy jihatdan bir-biriga bo‘ysunmaydi. 
Yuqorida  keltirilgan  mezonlarni  hisobga  olib  Xalqaro  huquqni 
muhofaza  qiluvchi  tashkilotlar  vakolat  doirasiga  ko‘ra  quyidagicha 
tasniflanishi mumkin: 
 
a) sodir etilishi kutilayotgan yoki sodir etilgan jinoyatlarni oldini 
olish  bilan  bog‘liq,  jumladan,  zarur  holatlarda  tezkor-qidiruv 
harakatlarini olib borish hamda jinoyat sudlov sohasida huquqiy yordam 
ko‘rsatish orqali, xalqaro hamkorlikda bevosita ishtirok etadigan xalqaro 
tashkilotlar  va  ularning  organlari,  boshqacha  qilib  aytganda,  huquqni 
muhofaza  qilish  organlari  o‘rtasida  hamkorlik  qilish  bo‘yicha  xalqaro 
tashkilotlar; 
Mazkur  tashkilotlarning  asosiy  belgilari  shuki,  ular  ishtirokchi 


51 
 
davlatlarning 
huquqni 
muhofaza 
qilish 
organlari 
o‘rtasida 
jinoyatchilikka  qarshi  kurashda  keng  ko‘lamli  va  ko‘p  tomonlama 
hamkorlikni ta‘minlash uchun safarbar etilgan.  
Ta’kidlash joizki, chet el adabiyotlarida mazkur tashkilotlarga hatto 
xalqaro  politsiya  hamkorligi  tashkilotlari  deb  ta’rif  beriladi.  Shu  bilan 
birga,  “huquqni  muhofaza  qilish  organlari  o‘rtasida  hamkorlik  qilish 
bo‘yicha  xalqaro  tashkilotlar”  tushunchasidan  farqli  o‘laroq  “xalqaro 
politsiya  hamkorligi  tashkilotlari”  xalqaro  huquqiy  hujjatlarda 
qo‘llanilmaydi.  Shuning  uchun  ayrim  mualliflar  tomonidan  “huquqni 
muhofaza  qilish  organlari  o‘rtasida  hamkorlik  qilish  bo‘yicha  xalqaro 
tashkilotlar”  atamasini  qo‘llash  to‘g‘ri  ekanligi  ta’kidlanib,  bu  ingliz 
tilidagi “international law enforcement cooperation bodies”
25

 
 
        b)  xalqaro  jinoiy  ishlari  bo‘yicha  sudlovni  va  ularni  sodir  etishda 
aybdor  shaxslarni  jinoiy  ta‘qib  qilish  va  jazolashni  amalga  oshiradigan 
xalqaro  tashkilotlar  va  ularning  organlari  –  xalqaro  jinoyat  sudlov 
organlari (xalqaro jinoyat adliyasi)
 Xalqaro jinoyat sudlov organlari (xalqaro jinoyat adliyasi) deganda 
xalqaro hamjamiyat tomonidan xalqaro shartnomalar asosida yoki ularni 
ijro  etish  uchun  Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti  ishtirokida  tuzilgan 
sudlar  tushunilib,  ular  jinoiy  ta‘qib,  xalqaro  hamjamyatni  tashvishga 
soladigan  o‘ta  og‘ir  jinoyatlarni  (xalqaro  jinoyatlarni)  sodir  etgan 
shaxslarga  nisbatan  jinoiy  ishlarni  hamda  ularning  vakolat  doirasiga 
kiradigan boshqa ishlarni ko‘rish va hal etishni amalga oshiradi, bunday 
shaxslarga  nisbatan  jazo  choralarini  belgilaydi  va  odil  sudlovni  amalga 
oshirish uchun zarur faoliyatni olib boradi. 
 
                     
25
A.Volevodz. Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar: o‘quv qo‘llanma – M., Prospekt, 2011. 26 
b. 
 


52 
 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish