Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar


muhofaza  qiluvchi  tashkilotlar



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/148
Sana29.12.2021
Hajmi2,35 Mb.
#79243
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   148
muhofaza  qiluvchi  tashkilotlar  qatoriga  qo‘shish  imkonini  beruvchi 
ayrim  mezonlarni  yoki  boshqacha  qilib  aytganda,  belgilarni  aniqlash 
lozim. 
Birinchidan,  bunday  tashkilotlarga  jinoyatchilikka  qarshi  kurashda 
xalqaro  hamkorlikni  amalga  oshirish  vakolati  berilgan.  Bu  ularning 
asosiy faoliyati hisoblanadi. 
Ikkinchidan,  xalqaro  huquqni  muhofaza  qiluvchi  tashkilotlar  bu 
faoliyatni  davlatlar  o‘rtasidagi  shartnomalar  asosida  amalga  oshirish 
vakolatiga ega. Odatda, bu shartnomalar ularning ustavlarida, gohida esa 
boshqa  xalqaro  huquqiy  hujjatlarda  (xalqaro  tashkilotlar  bilan  tuzilgan 
xalqaro shartnomalar, rezolyutsiyalar va boshqa hujjatlarda) ifodalanadi.  
Uchinchidan,  xalqaro  huquqni  muhofaza  qiluvchi  tashkilotlar 
huquqiy  subyektlik  ko‘lami  ularni  tuzish  to‘g‘risidagi  shartnomalari 
bilan belgilanadi. Shuning uchun faqat hukumatlararo shartnoma asosida 
tashkil etilgan xalqaro hukumatlararo tashkilotlar yoki ularning suveren 
davlatlar birlashishi istagining majmuini ifodalaydigan organlari xalqaro 
huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar bo‘lishi mumkin. 
To‘rtinchidan,  xalqaro  huquqni  muhofaza  qiluvchi  tashkilotlar 
                     
20 
БМТ  Бош  Ассамблеясининг  60-сессияси.  Расмий  ҳисоботлар.  Учинчи  қўмита:  Бош  бошқармада 
бўлиб  ўтган  7-мажлис  ҳақида  қисқача  ҳисобот,  Нью-Йорк,  7  октябрь  2005  йил,    40  п.  //  A/C.3/60/SR.7,  21 
October2005 БМТ ҳужжати.
 
21
Бош Ассамблеянинг махсус йигирманчи сессиясида қўйилган мақсадларга эришиш ва белгиланган 
вазифаларни  бажариш,  юзага  келган  тўсиқлар  ва  келгуси  фаолият:  пул  маблағларини  ноқонуний 
ўзлаштиришга қарши кураш ва ҳуқуқни муҳофаза қилиш соҳасидаги ҳамкорликни кенгайтириш бўйича аъзо 
давлатлар  фаолияти  натижалари.  Пул  маблағларини  ноқонуний  ўзлаштиришга  қарши  кураш  ва  ҳуқуқни 
муҳофаза  қилиш  соҳасидаги  ҳамкорликни  кенгайтириш  бўйичаочиқ  таркибдаги  экспертлар  ишчи  гуруҳи. 
Котибият мактуби. П. 15h. // UNODC/CND/2008/WG.2/2, 20 May2008 БМТ ҳужжати.
 


47 
 
jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlik rivojini belgilab bera 
olmaydi.  Chunki  davlatlar  xalqaro  munosabatlar  tizimining  asosiy 
subyektlari hisoblanadi, Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar 
esa, umuman olganda, ikkilamchi unsur sanaladi.  
Beshinchidan,  xalqaro  huquqni  muhofaza  qiluvchi  tashkilotlarning 
jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlik qilish uchun yyetarli 
bo‘lgan xalqaro huquqiy subyektlik maqomiga ega doimiy organlari bor.  
Oltinchidan,  xalqaro  huquqni  muhofaza  qiluvchi  tashkilotlar  o‘z 
faoliyatini  ixtiyoriy  tartibda  emas,  balki  belgilangan  xalqaro  huquq 
qoidalari  va  jarayonlariga  rioya  etgan  holda  xalqaro  huquqning 
umume’tirof  etilgan  tamoyillari  va  me‘yorlariga  muvofiq  amalga 
oshiradi.  
Yettinchidan,  xalqaro  huquqni  muhofaza  qiluvchi  tashkilotlar 
xalqaro  hamkorlik  doirasida  xalqaro  jinoyatlar  va  xalqaro  xususiyatga 
ega  jinoyatlar  va  ayrim  holatlarda  transmilliy  jinoyatlarga  qarshi 
kurashda majburiy choralarni qo‘llash vakolatiga ega. 
Sakkizinchidan, 
xalqaro 
huquqni 
muhofaza 
qiluvchi 
tashkilotlarning jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi faoliyati jinoyat 
sodir  etgan  shaxslarning  individual  jinoiy  javobgarligi  tamoyiliga  amal 
qilishni ta‘minlashga yo‘naltirilgan.  

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish