Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/148
Sana29.12.2021
Hajmi2,35 Mb.
#79243
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   148
Prosecutor  v.  Joseph  Kanyabashi  (RXJT)  va  Prosecutor  v.  Dusko 
Tadic  (SYXT)  ishida  Yurisdiksiyaga  doir  apellyantlar  e’tirozi 
quyidagidan iborat edi
91

-  Qonuniy  asoslarda  tuzilish  uchun  xalqaro  tribunal  davlatlarning 
akti  bilan  muvofiqlashtirilgan  shartnomasi  yoki  BMT  ustaviga  tegishli 
                     
91
 ICTY, The Prosecutor v. Dusko Tadic, IT-94-1-AR72, Appeals Chamber, Decision of 2 October 1995; 
см. http://www.un.org 


130 
 
o‘zgartirish  kiritish  orqali  ta’sis  etilishi  lozim  edi,  Xavfsizlik  Kengashi 
rezolyutsiyasi bilan emas
-  BMT  ustavining  7  bobi  Xavfsizlik  Kengashiga  xalqaro  sud 
organini ta’sis etish vakolatini bermaydi.  
Prosecutor  v.  Joseph  Kanyabashi  (RXJT)  ishi  bo‘yicha  sud 
kamerasi  BMT  ustavi  Xavfsizlik  Kengashiga  tinchlik  va  xavfsizlikka 
tahdid yuzaga kelganda bunday organni ta’sis etishga to‘sqinlik qilmaydi. 
Chunki  BMT  ustavining  7  bobi  39  moddasi  mazkur  masalada 
harakatlarni tanlashda keng erkinlikka ega Xavfsizlik Kengashi ixtiyoriga 
havola etadi. 
  827 va 955-son rezolyutsiyalarni qabul qilib Xavfsizlik Kengashi 
xalqaro  tribunallarni  (RXJT,  SYXT)  ta’sis  etib  xalqaro  gumanitar 
huquqning qo‘pol buzilishi uchun javobgar bo‘lgan shaxslarni sud qilish 
maqsadini e’lon  qildi va bu bilan keyingi huquqbuzarliklarni  oldini oldi 
va  mintaqadagi  tinchlik  va  xavfsizlikni  tiklashga  ko‘maklashdi. 
Xavfsizlik  Kengashi  harakat  qilgan  holat  Shuni  ko‘rsatmoqdaki  u  sobiq 
Yugoslaviyadagi  nizolar  ichki  yoki  xalqaro  ekanligini  ko‘rsatmagan 
holda mazkur maqsadga erishishga intilgan.  
Xavfsizlik  Kengashining  nizoning  ichki  yoki  xalqaro  tavsifga  ega 
ekanligi yuzasidan qaror chiqarmaslikdan maqsadi uni tinchlik yo‘li bilan 
hal  etishga  intilishi  1993-yil  3-maydagi  Bosh  kotib  ma’ruzasidava 
Xavfsizlik Kengashi a’zolarining Ustavni sharhlashga doir bayonotlarida 
ifodalangan.
92
 
RXJT  –  genotsid  bo‘yicha  hukm  chiqargan
93
  va  ,  zo‘rlashni 
genotsidni  sodir  etish  usuli  sifatida  tan  olgan  birinchi  sud  organi 
hisoblanadi. Bundan tashqari RXJT ilk bor to‘g‘ridan to‘g‘ri va ommaviy 
tarzda  genotsidni  sodir  etishga  jalb  etgoanlik  uchun    ommaviy  axborot 
vositalarining vakillarini shaxsiy javobgarlikka tortilgan. 
2011-yilning 4-noyabri holatiga ko‘ra Tribunal birinchi instansiyada 
ayblanayotgan  92  ishdan  76  tasini  tugatgan,  shu  jumladan  ikki  jinoyat 
ishini milliy sudlarga o‘tkazish va ikki ayblov xulosani chaqirtirib olgan. 
Tribunal birinchi instansiya bo‘yicha 70 ayblanuvchiga nisbatan 50 qaror 
chiqargan, va ulardan 9 o‘z aybini tan olgan. Apellyatsiya ish yurituvi 37 
shaxsga  nisbatan  tugatilgan.  Bugungi  kunda  odil  sudlovdan  yashiringan 
hech bir shaxs ozodlikda qoldirilmagan. 
SYXT  kabi  Runda  Tribunali  ham  tribunal  faoliyatini  tugatish 
Strategiyasini  ishlab  chiqqan.  2003-yilda  Ruanda  bo‘yicha  xalqaro 
                     
92
См.: Док. ООН S/25704 (3 мая 1993 г.), п.62.// http://www.un.org. 
93
 См.: Там же. МУТР (Судебная палата), Решение от 2 сентября 1998г. // http://www.un.org. 


131 
 
tribunal  yurisdiksiya  Xavfsizlik  Kengashining  1503  (2003)-son 
rezolyutsiyasiga  asosan:  2004-yil  oxiriga  barcha  tergovni  yakunlash, 
birinchi  instansiya  sud  jarayonlarini  2008-yil  oxiriga  va  butun  Tribunal 
ishini  2010-yilda  tugatish  maqsadida  mazkur  Strategiyani  («ishni 
yakunlash Strategiyasi») tasdiqladi.
94
 
Xavfsizlik Kengashi 2010-yildagi 1966-son rezolyutsiyasiga asosan 
ikkita  bo‘limga  ega  Jinoyat  tribunallari  uchun  Xalqaro  qoldiq 
mexanizmini  ta’sis  etdi  va  ular  2012-yil  1-iyuldan  (RXJT  bo‘yicha 
bo‘lim)  va  2013-yil  1-iyuldan  (SYXT  uchun  bo‘lim)  faoliyat  ko‘rsata 
boshladi va mazkur mexanizm Ustavini tasdiqladi.  
Xavfsizlik  Kengashi  RXJT  va  SYXT  o‘zining  butun  qolgan 
ishlarini  2014-yil  31-dekabrga  qadar  tezkor  ravishda  tugatishga,  o‘z 
yopilishini  tashkil  etish  va  har  bir  Tribunalda  o‘tuvchi  guruhlar 
yordamida  Mexanizmga  o‘tilishini  ta‘minlashag  tayyorgarlik  qilishga 
undadi. 
O‘z  faoliyatini  yurita  boshlagan  davrdan,  Mexanizm  –  Mexanizm 
ustaviga  rioya  etgan  holda  Tribunal  Yurisdiksiya,  huquq  va 
majburiyatlari  hamda  asosiy  funksiyalari  davomchisiga  aylanadi.  BMT 
tomonidan  RXJT  va  SYXT  bo‘yicha  tuzilgan  barcha  bitim  va  xalqaro 
shartnomalar  Mexanizmga  nisbatan  mutatis  mutandis  qo‘llanishda 
bo‘lishda davom etadi. 
Xalqaro qoldiq  mexanizmi RXJT va SYXT ning  moddiy, hududiy, 
vaqtincha va personal Yurisdiksiya davomchisi hisoblanadi. 
Mexanizm Ustav qoidalariga muvofiq RXJT va SYXT ayblov e’lon 
qilgan  va  eng  yuqori  rahbarlarga  tegishli  bo‘lgan  va  shu  bois  sobiq 
Yugoslaviya  hududida  1991-yildan  buyon,  shuningdek,  Ruanda 
hududidagi  1994-yil  1-yanvardan  31-  dekabrga  qadar  va  Ruanda 
fuqarolari tomonidan qo‘shni davlatlar hududida sodir etilgan genotsid va 
xalqaro  gumanitar  huquqning  boshqa  tarzdagi  qo‘pol  buzilishi  uchun 
ko‘proq javobgar bo‘lgan shaxslarni sud qilish vakolatiga ega. 
Mexanizm  ikki  bo‘limga  ega:  biri  RXJT  va  biri  SYXT  uchun. 
SYXT  bo‘limi  Gaaga  shahrida  joylashgan.    RXJT  bo‘limi  esa  Arushada 
joylashgan. U quyidagi organlardan iborat: 
a) Mexanizmning har bir bo‘limi uchun alohida Sud kamerasini o‘z 
ichiga  oluvchi  kameralarni  va  Mexanizm  bo‘limlari  uchun  umumiy 
bo‘lgan Apellyatsiya kamerasi
b)  Mexanizmning  har  ikkala  bo‘limi  uchun  umumiy  bo‘lgan 
                     
94
См.: UN Doc. S/Res. 1503 (2003) // http://www.un.org. 
 


132 
 
Ayblovchi; 
v)  Mexanizmning  har  ikkala  bo‘limi  uchun  umumiy  bo‘lgan  va 
Mexanizmga,  kameralar  va  Aybdorni  qo‘shib  ma’muriy  xizmat 
ko‘rsatilishini ta‘minlovchi Kotibiyat. 
Mexanizm  va  milliy  sudlar  sud  tergovi  bo‘yicha  parallel 
yurisdiksiyaga ega. Ustavga muvofiq Mexanizmyurisdiksiya milliy sudlar 
yurisdiksiyadan ustuvor hisoblanadi.  
2014-yil 
30-iyun 
holatiga 
ko‘ra 
Tribunal  Sudkamerasi, 
Apellyatsiyakamerasi,  Ayblovchi  Kanselariyasi  va  Kotibiyatdan  iborat. 
Sud kamerasidagi masalalar mazmuniga doir tugatilgan. 
2014-yil  1-avgustida  RXJT  Ruandaga  u  tomonidan  xibsda 
saqlanayotgan    ikkinchi  ayblanuvchiga  nisbatan  sud  muhokamasi  uchun 
ishni o‘tkazdi va qolgan boshqa Apellyatsiyalarni tezkor ko‘rib chiqishni 
yakunlash  bo‘yicha  bor  kuchini  ishga  solishda  davom  etdi.  Apellyatsiya 
kamerasi  5  shaxsga  nisbatan  3  qaror  qabul  qildi.  Shunday  qilib, 
Apellyatsiya  bosqichida  umumiy  miqdorda  51  kishiga  nisbatan  ishlar 
yakunlandi.  RXJTning  2014-yil  1-avgustdagi  Xavfsizlik  Kengashiga 
yillik  hisobotiga  ko‘ra,  bitta  ishdan  tashqari  barcha  ishlar  bo‘yicha 
Apellyatsiya  ish  yurituvi  yakunlanga  bo‘lib,  mazkur  tugallangan  ish 
bo‘yicha 2015-yilda qaror qabul qilish rejalashtirilgan. 
 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish