XII BOB
ARALASH XALQARO JINOYAT SUDLAR (TRIBUNALLAR)
1. Aralash (gibrid) xalqaro jinoyat sudlar (tribunallar)ning umumiy
134
tushunchasi, belgilari va turlari. 2. Syerra-Leone bo‘yicha maxsus
tribunal. 3. Livan bo‘yicha maxsus tribunal. 4. Sharqiy Timordagi jiddiy
jinoyatlarga nisbatan favqulodda vakolatga ega hay‘atlar.
1. Aralash (gibrid) xalqaro jinoyat sudlar (tribunallar)ning umumiy
tushunchasi, belgilari va turlari.
"Aralash (gibrid)" tushunchasi xalqaro jinoiy sudi organlariga
nisbatan qo‘llaniladi va bu belgilar ichida quyidagilar alohida o‘rin
egallaydi:
Birinchidan, ularning faoliyati va yurisdiksiya tartibi xalqaro huquq
normalari (BMT bilan shartnomalar va boshqa xalqaro shartnomalar) va
milliy qonunchilik normalari (Jinoyat-protsessual) majmui bilan
belgilanadi.
Ikkinchidan, bu sudlar tomonidan amalga oshiriladigan moddiy
huquqiy-huquqiy asoslari aralash bo‘lib, bu sudlar tomonidan
qo‘llaniladigan huquq xalqaro hamda ichki davlatchilik jinoyat huquqi
normalarini o‘z ichiga oladi.
Uchinchidan, mazkur sud organlari sudyalar, prokurorlar, tergov
sudyalari, ma’muriy personal aralash tarkibiga ega bo‘lib, u o‘z ichiga
nafaqat sud davlat vakillarini balki jinoyat protsessi xalqaro (chet el)
ishtirokchilarni o‘z ichiga oladi.
To‘rtinchidan, ularni ta’sis etish to‘g‘risidagi shartnomalar himoya
tomonidan milliy va xalqaro (chet el) himoyachilarini taklif etish
imkoniyatini beradi.
Beshinchidan, shartnomaga asoslangan organlar sifatida, aralash
sudlar ularning suddan tashqari ma’muriy va moliyaviy faoliyatiga
nisbatan avtomatik ravishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan hech qanday
mavjud tizimga bog‘lab qo‘yilmagan.
Oltinchidan, bu sudlar aralash (gibrid) ichki va xalqaro huquqiy
layoqatga ega. Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan imzolangan
shartnomalarga ko‘ra, ular shartnomalar tuzish, ko‘char va ko‘chmas
mulkni sotib olish va ularni tasarruf etish, huquqiy muhokamalarni
qo‘zg‘atish, davlatlar bilan ularning funksiyalarini bajarishi va mazkur
sudlarning faoliyat yuritishi uchun talab etilishi mumkin bo‘lgan
shartnomalar tuzish huquqi berilgan.
Muassasaning va faoliyatning aralash (gibrid) tavsifdaligini
135
inobatga olib ushbu maxsus sudlar tashkil etilish obekti bo‘lgan
davlatlarning sud tizimiga kirmaydi, "Tashqi" Sudlar hisoblanadi
95
Xalqaro jinoyat huquqiga bunday aralash (gibrid) sudlarning ikki
turi ma‘lum:
- Davlatlarning BMT bilan xalqaro shartnomalariga muvofiq va
uning asosida tuzilgan maxsus sudlar;
-
BMTning muvaqqat ma’muriyati tomonidan tinchlikparvarlik
operatsiyalari amalga oshiriladigan davlatlar hududida tuziladigan
sudlar;
-
Birinchi turdagi aralash (gibrid) sudlarga BMT bilan xalqaro
shartnomalariga muvofiq va uning asosida tuzilgan Syerra Leoni maxsus
sudi va Livan bo‘yicha maxsus tribunal kiradi;
Ikkinchi turdagi aralash sudlarning xususiyati, ularning Birlashgan
Millatlar Tashkiloti ma’muriy mandatiga taqdim qilingan tinchlikparvar
missiyalar bilan ta’sis etilishida namoyon bo‘ladi. Ularga ko‘ra, ular
tinchlikparvar
operatsiyalar
o‘tkaziluvchi
hududlarda
qonun
chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati vakolatlarini bajaradi. Aynan
shunday
keng
mandat
BMT
Xavfsizlik
Kengashi
1244
(1999)
1
rezolyutsiyasi bilanBMTning Kosovodagi muvaqqat ma’muriyati
missiyasiga taqdim etilgan, BMT Xavfsizlik Kengashi 1272 (1999)-son
rezolyutsiyasi bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Sharqiy Timordagi
(UNTAET) Muvaqqat ma’muriyatiga taqdim etilgan
96
.
Har ikkala turdagi aralash (gibrid) jinoiy sudlar umumiy jihatlardan
tashqari bir qator farqlarga ham ega bo‘lib, tegishli davlatlar sud
tizimidagi ularning maqomi bu borada markaziy o‘rinni egallaydi.
Shunday qilib, BMT bilan shartnomalar asosida tashkil etilgan sudlar,
tegishli davlatlarning sud tizimiga kirmaydi va bu davlatlarning sudlari
uchun "tashqi" hisoblanadi. BMT Muvaqqat Ma’muriyati tomonidan
ta’sis etilgan sudlar esa bu davlatlar sud tizimiga kiradi, uning bir qismi
hisoblanadi, biroq maxsus predmetli yurisdiksiyani amalga oshirishda
“aralash” tavsifga ega.
Ikkinchi asosiy farq xalqaro huquqiy layoqatga egalik bilan
belgilanadi. BMT bilan shartnomalar asosida ta’sis etiladigan sudlar
ularga shartnomalar tuzish, ko‘char va ko‘chmas mulkni sotib olish va
ularni tasarruf etish, huquqiy muhokamalarni qo‘zg‘atish, davlatlar bilan
ularning funksiyalarini bajarishi va mazkur sudlarning faoliyat yuritishi
95
А.Волеводз. Международные правоохранительные организации: учебное пособие – М., Проспект,
2011. С.149.
96
См.: Документ ООН S/2002/246, 8 March2002 //http://www.un.org.
136
uchun talab etilishi mumkin bo‘lgan shartnomalar tuzish huquqini
bergan aralash (gibrid) ichki davlat va xalqaro huquqiy layoqatga ega.
Tinchlikparvar missiyalar tomonidan ta’sis etilgan aralash sudlar ichki
davlat huquqiy layoqatiga ega bo‘lib, ularning xalqaror huquqiy layoqati
teggishli missiyalar tomonidan amalga oshiriladi.
Bundan tashqariaralash (gibrid) sudlar o‘zlarining yurisdiksiyaga
ko‘ra farqlanadi. Hududiy yurisdiksiyasi ular ta’sis etilgan tegishli
davlatlar hududi bilan chegaralangan xalqaro shartnomalar asosida
tuzilgan sudlardan farqli o‘laroq, personal – faqat cheklangan shaxslar
doirasiga taalluqli, BMT tinchlikparvar missiyalari tomonidan nazorat
qilinuvchi aralash sudlar universal hududiy va personal Yurisdiksiyaga
ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |