127
sudyalarga ko‘maklashadi);
- huquqiy yordam (Tribunal tomonidan moliyalashtiriladigan
himoyachini tayinlash);
- Tergov izolatori faoliyatini
kuzatib borish;
- tribunal va xalqaro hamjamiyat o‘rtasidagi
aloqalar;
- axborotma’rifiy faoliyat;
- hujjatlar tarjimasi, sifatli sinxron tarjimani ta‘minlash,
terminologiya va boshqalarni muvofiqlashtirish va boshqalar.
Sudyalar tashabbusiga ko‘ra SYXT faoliyatini tugatish Strategiyasi
ishlab chiqilgan va u 2002-yilda Xavfsizlik Kengashi tomonidan
maqullangan.
BMT
Xavfsizlik
Kengashining
2003yildagi
1503-son
rezolyutsiyada sobiq Yugoslaviya bo‘yicha Xalqaro tribunaliga (SYXT)
va Ruanda bo‘yicha Xalqaro tribunal (RXJT)ga 2004-yil oxiriga barcha
tergovni yakunlash bo‘yicha zaruriy choralarni ko‘rish, birinchi
instansiya sud jarayonlarini 2008-yil oxiriga va butun ishni 2010-yilda
tugatishga
chaqirgan,
shuningdek
SYXT
va
RXJT
raisi
va
ayblovchilariga
murojaatlarida
o‘zlarining yillik hisobotlarida
Kengashga ishni yakunlashga doir o‘z rejalarini bayon etish so‘raganlar.
Ishni tugatish Strategiyasi to‘g‘risidagi oxirgi xisobot 2014-yil 16-mayda
taqdim etilgan
89
. Strategiyaga ko‘ra, jinoiy ta‘qib va sud muzokaralari
«SYXT yurisdiksiyaga kiruvchi jinoyatlarni sodir etganlik uchun eng
katta javobgarlikka ega Yuqoriroq mavqedagi rahbarlarga” e’tibor
berilishi bayon etilgan. Qolgan barcha ishlar Bosniya va Gersegovina va
hududdagi doirasida jinoiy javobgarlikka tortilishi uchun milliy
Yurisdiksiyaga berilishi lozim.
2005-2007-yillar mobaynida Tribunal, Xavfsizlik Kengashining
1503 (2003) va 1534 (2004)-Rezolyutsiyalari asosida harakat qilib, milliy
sud organlariga umumiy hisobda o‘rta va quyi pog‘onadagi lavozimlarni
egallagan 13 aybdor jalb etilgan sakkiz ishni topshirgan. Bu tribunal
umumiy ish hajmining bir qadar kamayishiga olib keldi va nisbatan qisqa
muddatlarda eng yuqori darajadagi rahbarlarning ishlari bo‘yicha sud
muhokamasiga kirishiga imkon berdi. Bundan tashqari ishlarning bir
qismini milliy sudlarga o‘tkazib, Tribunal sobiq Yugoslaviyadagi milliy
sud organlari bilan o‘z munosabatlarini yaxshilash va ushbu sudlar
imkoniyatlarini kengaytirishga erishdi. Milliy sudlarga ishi o‘tkazilgan 13
ayblanuvchi xususida so‘z yuritilganda qayd etish joizki, ulardan 12 tasi
89
См.: UN. Doc. S/2014/351// http://www.un.org.
128
o‘z nihoyasiga etkazilgan. Tribunal o‘z faoliyatini deyarli tugatganligi va
ayb e’lon qilingan barcha shaxslar uning o‘z tasarrufida jazolanmaslikka
nuqta qo‘yish va sobiq Yugoslaviyada huquq ustuvorligini ta‘minlash
borasida egaligi xalqaro hamjamiyatning qat‘iyatidan dalolat bermoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: