Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar


Ruanda  davlati  hududida  va  Ruanda  fuqarolari  tomonidan



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/148
Sana29.12.2021
Hajmi2,35 Mb.
#79243
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   148
Ruanda  davlati  hududida  va  Ruanda  fuqarolari  tomonidan 
qo‘shni  davlatlar  hududida  1994-yil  1-yanvardan  31-dekabriga 
qadar  sodir  etilgan  genotsid  va  xalqaro  gumanitar  huquq  boshqa 
qo‘pol  buzilishlari  uchun  javobgar  bo‘lgan  shaxslarni  sud  qilish 
uchun  Xalqaro  jinoyat  tribunali  (bundan  keyingi  o‘rinlarda  RXJT 
deb  yuritiladi)  tuzilgan.  Ruanda  davlati  hududida  1994  yilda  sodir 
etilgan  qo‘pol  jinoyatlar  RXJTning  tuzilishiga  olib  keldi.  Ruandada 
genotsid  amalga  oshirilganligi  to‘g‘risidagi  BMTning  birinchi  rasmiy 
ma’ruzasi  Inson  huquqlari  bo‘yicha  BMT  Komissiyasi  maxsus 
ma’ruzachisi  tomonidan  1994-yil  28-iyunda  e’lon  qilingan.  Ma’ruzada 
Inson  huquqlari  bo‘yicha  BMT  Komissiyasi  maxsus  ma’ruzachisi  Bakra 
Vali  Ndiayaning  1993-yil  8-apreldan  17-aprelga  qadar  sodir  etilgan 
sudsiz,  ommaviy  va  o‘zboshimchalik  qatllari  masalasida  tashrifi 
to‘g‘risida ma‘lumot keltirilgan.  
2014-yil 1-iyulda Xavfsizlik Kengashi tomonidan Ruandadagi XGH 
buzilishlarini  ko‘rib  chiqish  uchun  ekspertlar  komissiyasi  ta’sis  etildi. 
Komissiya  tomonidan  Bosh  kotibning  1994-yil  1-oktabrdagi  xatida 
keltirilgan  (S/1994/1125)  Ruandadagi  xalqaro  gumanitar  huquq 
normalarining buzilishi to‘g‘risida  ma’ruza tayyorlandi. Komissiya sodir 
etilgan jinoyatlarning og‘irlik darajasini inobatga olgan holda jinoyatlarni 
sodir  etishda  aybdor  shaxslarni  ta‘qib  qilish  uchun  xalqaro  jinoiy 
tribunalni tashkil etishni lozim topdi. 
1994-yil  noyabrda  Xavfsizlik  Kengashi  BMT  ustavining  7-bobiga 
asosan  harakat  qilib  Ruandadagi  holat  xalqaro  tinchlik  va  xavfsizlikka 
tahdid  tug‘diradi  deb  topib  Ruanda  bo‘yicha  Xalqaro  jinoiy  tribunalni 
(RXJT) tuzish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
90
 
SYXT  kabi  RXJT  ham  Xavfsizlik  Kengashining  yordamchi  organi 
hisoblanadi va BMTning barcha a’zo davlatlari xalqaro huquqga muvofiq 
u  bilan  hamkorlik  qilishlari  shart.  Ruanda  tribunali  Arushe  (Tanzaniya) 
da joylashgan.  
RXJT  ustavi  1  moddasiga  muvofiq  RXJT  Ruanda  hududida  sodir 
etilgan  genotsid,  insoniyatga  qarshi  jinoyatlar,  xalqaro  gumanitar 
huquqning  qo‘pol  buzilishi  uchun  javobgar  bo‘lgan  shaxslar,  qo‘shni 
                     
90
 UN Doc. S/RES/955 (November 8, 1994) // http://www.un.org. 


129 
 
davlatlar hududlarida 1994 yil 1 yanvardan 31 dekabrigacha sodir etilgan 
Shu  kabi  jinoyatlar  uchun  javobgar  bo‘lgan    Ruanda  fuqarolari  ustidan 
sud tergovini amalga oshirishga vakolatlidir.  
Ruanda bo‘yicha xalqaro tribunal yurisdiksiya RXJT Ustaviga ko‘ra 
jismoniy  shaxslarga  taalluqlidir.  Ruanda  bo‘yicha  xalqaro  tribunal 
hududiy  yurisdiksiya  butun  Ruanda  hududiga  shu  jumladan,  uning 
quruqlik  va  havo  hududi,  hamda  Ruanda  fuqarolari  tomonidan  xalqaro 
gumanitar  huquqning  qo‘pol  buzilishlari  ro‘y  bergan  qo‘shni  davlatlar 
hududiga tatbiq etiladi. 
Ruanda  bo‘yicha  xalqaro  tribunal  yurisdiksiya  vaqti  1994-yil  1-
yanvardan  boshlanib  31-dekabrda  yakunlangan  davrga  tatbiq  etiladi 
(ustavning 7 moddasi). Sobiq Yugoslaviya bo‘yicha xalqaro tribunal kabi 
Ruanda bo‘yicha xalqaro tribunal milliy yurisdiksiya ustidan ustuvorlikka 
ega.  
RXJT  ning  tashkil  etilishi  va  protsessual  jihatlari  SYXT  modeliga 
mosdir. 
Ustavga  binoan  tribunalda  dastlab  ishni  birinchi  instansiyada 
ko‘ruvchi  4  ta  doimiy  sudya  va  7  ta  ad  litem  sudya  ishlagan.  2014-yil 
holatiga  ko‘ra  bitta  sud  kamerasi  va  bitta  Apellyatsiya  kamerasi  amalda 
bo‘lgan va bugungi kunga kelib ularning tarkibiga 12 nafar Apellyatsiya 
kamerasi doimiy sudyasi va bitta rais vazifasini bajaruvchi ad litem sudya 
kiradi. 
Ilk  ayblov  xulosasi  RXJT  ayblovchisi  tomonidan  1995-yil  22-
noyabrda  taqdim  etilgan  va  1995-yil  28-noyabrda  tasdiqlangan.  So‘ng 
1996-yil  iyunda  tasdiqlangan  yana  5  ta  shaxsga  nisbatan  ayblov 
xulosalari  chiqarilgan.  Ayblanuvchilar  RXJT  oldida  1996-yil  30-3-may 
kunlari  ilk  bor  qatnashdilar.  1997-  yilning  dastlabki  oylarida  quyidagi  3 
jarayon boshlandi. 
RXJT va SYXT sudyalari duch kelgan yurisdiksiyaga doir dastlabki 
huquqiy  e’tirozlardan  biri  Xalqaro  tribunallarning  BMT  Xavfsizlik 
Kengashi tomonidan ta’sis etilishiga oid edi.  

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish