139
g‘ayriinsoniy harakatlarni (
Syerra-Leone bo‘yicha maxsus sud ustavida
u genotsidni sodir etgan shaxslarni ta‘qib qilishi mumkinligi
belgilanmagan) bajarish kirgan;
-
1949-yil 12-avgustdagi urush qurbonlariga qarshi jinoyatlar
to‘g‘risidagi Jeneva konvensiyasining 3-moddasida va 1997-yil 8-
iyundagi 2-qo‘shimcha protokolga ko‘ra urush qurbonlarining hayoti,
sog‘ligi, jismoniy va ruhiy xavfsizligiga tajovuz qilish (qotillik, zo‘rlik,
va qiynoqlar);
-
Jamoaviy jazolash, garovga olish, terrorizm, shaxs shaniga
tajovuz qilish (haqorat va qadr-qimmatni kamsituvchi munosabat,
zo‘rlash, majburiy fohishabozlik va axloqsiz munosabatning boshqa
shakllari), marodyorlik; rivojlangan halqlar tomonidan sud kafolatlari
bo‘lganda zarur deb topilgan tegishli tartibda sud organi tomonidan
chiqarilgan sud qarorisiz sudlash va jazo qo‘llash; shuningdek, yuqorida
sanab o‘tilgan harakatlarni
sodir etish tahdidi;
-
Xalqaro gumanitar huquqi sohasidagi boshqa jinoyatlar (SYXT
va RXT ga nisbatan yangilik: bevosita harbiy harakatlarda
qatnashmayotgan fuqarolar yoki alohida shaxslarga tajovuz qilish,
xalqaro gumanitar tashkilotlar yoki BMT ustaviga muvofiq ta’sis etilgan
tinchlikni ta‘minlash missiyalarining personaliga, xizmat yoki turar-
joylariga, shuningdek, transport vositalariga tajovuz qilish, 15 yoshdan
kichik shaxslarni qurolli kuchlarga yoki harbiy harakatlarda faol
foydalanish maqsadida
guruhlarga, harbiy xizmatga olish yoki yollash)
-
Syerra-Leone jinoyat qonunchiligiga ko‘ra ayrim jinoyatlar bilan
1926 yilgi “Bolalarga shavqatsiz munosabatda bo‘lishning oldini olish
to‘g‘risida” gi qonunda nazarda tutilgan qizlar bilan noqonuniy
(axloqsiz) munosabatda bo‘lish, ya’ni 6-moddani buzib 13 yoshga
to‘lmagan qizlar bilan noqonuniy (axloqsiz) munosabatda bo‘lish; 7-
moddani buzib 13 yoshdan 14 yoshgacha to‘lmagan qizlar bilan
noqonuniy (axloqsiz) munosabatda bo‘lish; 12-moddani buzib axloqsiz
maqsadlarda qizlarni o‘g‘irlash; 1861-yilgi “qasddan mulkiy zarar
etkazish to‘g‘risida”gi qonunda nazarda tutilgan o‘zganing mulkini
qasddan yo‘q qilish, ya’ni 2-bandni buzib turar joylarni ichidagi
odamlar bilan yoqib yuborish; 5-6- bandlarni buzib, jamoat binolari va
qurilmalarini yoqib yuborish, 6-bandini buzib boshqa binolarga
(qurilmalarga) o‘t qo‘yish.
Bu o‘rinda shuni inobatga olish joizki, hech bir shaxs
ilgari
maxsus sud tomonidan sudlangan qilmishlari uchun milliy sudga
berilishi mumkin emas; ustavning 2 va 4 moddalarida belgilangan
140
jinoyatlarni sodir etganlik uchun ilgari Syerra-Leone milliy sudi
tomonidan sudlangan shaxs, basharti agar uning qilmishi umumiy
jinoyat sifatida kvalifikatsiya qilingan bo‘lsa yoki milliy suddagi sud
muhokamasi xolisona bo‘lmagan bo‘lsa yoxud ayblanuvchini xalqaro
jinoiy javobgarlikdan chegaralashga mo‘ljallangan bo‘lsa yoki ish
belgilangan tartibda tergov qilinmagan bo‘lsa maxsus sudga
topshirilishi mumkin.
Ta’sis etish va faoliyatining xalqaro (gibrid) xususiyatini,
shuningdek parallel yurisdiksiyaning mavjudligini inobatga olgan holda
Sud davlatning sud tizimiga kirmaydi. Mazkur maqom BMTning
yuqorida qayd etilgan bitimi, shuningdek, 2004-yil 21-oktabrdagi
Syerra-Leone Respublikasi bilan Syerra-Leone bo‘yicha maxsus sud
o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomada belgilangan
98
.
Bunday maqom sudga boshqa xalqaro shartnomalarni tuzish
vakolatini ham beradi, xalqaro jinoyat politsiyasi tashkiloti Interpol va
Syerra-Leone o‘rtasida maxsus sud o‘rtasida 2003-yilda imzolangan
hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma shular jumlasidandir
99
.
Do'stlaringiz bilan baham: