Inkasso topshiriqnomasi berilishi va hujjatlar taqdim qilinishi. Maxsulot uchun buyurtma olingandan so’ng, yoki oldi-sotdi shartnomasi tuzilgandan so’ng, sotuvchi mahsulotni yuborishi mumkin. Kerakli tarzda schet-faktura, yuk hujjatlari, sug’urta va boshqa hujjatlar taqdim qilinadi.
Sotuvchi uchun, bu bankka inkasso topshiriqnomasini berish uchun asos bo’ladi. Unda sotuvchi to’liq va tushunarli tarzda ko’rsatmalarni berishi lozim, sababi remitent banki inkasso qiluvchi bank singari amaliyotni o’tkazish vaqtida faqat inkasso topshiriqnomasiga tayaniladi. Kiyinchilik yuz bergan holda bank buyruk beruvchi ko’rsatmalarni berishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |