KIRISH Kurs ish mavzusining dolzarbligi.
O’zbekistonning iqtisodiy o’sishida kichik va xususiy biznes sektorlarining rivojlanishi ustuvor yo’nalishlardan biri hisoblanib, bu boradagi sa’y - harakatlarning bir qismi xalqaro biznesda aloqa o’rnatish bilan bog’liqdir.
Shu jixatdan, hozirgi kunda rеspublikamizda kichik biznеs va хususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga aloxida e’tibor bеrilmoqda. Chunki, kichik biznеs va хususiy tadbirkorlik soxasini rivojlantirish masalasiga davlatimiz iqtisodiy siyosatining stratеgik vazifasi sifatida qaralmoqda.
Bu borada amalga oshirilgan ishlarga to’xtaladigan bo’lsak, O’zbekiston Respublikasi Prezident Sh. Mirziyoyev ta’kidlab o’tganidek kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, ularning huquqlarini himoya qilish maqsadida “Mamlakatimizda ilk bor tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo’yicha Ombudsman instituti joriy etildi. Biznes sohasidagi soliqlar sezilarli ravishda qisqartirildi, kredit olish imkoniyatlari kengaytirildi. Yangi erkin iqtisodiy zonalar tashkil etildi, ularda investorlarga keng imtiyozlar yaratib berildi. Xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlik muvaffaqiyatli rivojlanmoqda, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan sheriklik aloqalari yana tiklandi”1.
2017-2021 yillarda O’zbekistonni rivojlantirish harakatlar strategiyasining beshta ustuvor yo’nalishlaridan biri ham aynan iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga qaratilgan ya’ni makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo’yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etishdan iborat2.
Yuqoridagilarni hisobga olganda ushbu mavzuni keng o’rganish va undan O’zbekiston iqtisodiyotida xalqaro biznesni kengaytirish hamda barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlashni muhim nazariy asosi sifatida foydalanish mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
Mavzuning dolzarbligi hamda uning nazariy va amaliy ahamiyati ishning maqsadi va vazifalarini, uning obyekti va predmetini tanlashga xizmat qildi.