1.
|
Xalq ta’limi vazirligining A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutining (keyingi o‘rinlarda — Institut) 2021 — 2030-yillarda rivojlanish konsepsiyasini ishlab chiqish va qo‘shma qaror bilan tasdiqlash. Bunda:
xalqaro tendensiyalar va ilmiy izlanishlar bilan muvofiqlikni ta’minlash maqsadida umumiy o‘rta ta’limning dolzarb muammolari yuzasidan tizimli asosda ilmiy-tadqiqot dasturlari va loyihalarini amalga oshirish;
umumiy o‘rta ta’lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish va mamlakatimizda joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
|
—
|
2021-yil 1-iyun
|
Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), manfaatdor vazirlik va idoralar
|