Institut ilmiy faoliyatini 2030-yilgacha rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilash va tasdiqlash. Bunda:
xalq ta’limi tizimini rivojlantirishning strategik yo‘nalishlari, maqsadlari va dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash, ushbu yo‘nalishlarni rivojlantirishda Institutning roli va o‘rnini aniqlash;
xalq ta’limi tizimi faoliyatini ilmiy-metodik jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar o‘tkazishning Institut uchun ustuvor jihatlarini belgilab olish;
Institutning kadrlar yetishtirib berishdagi rolini oshirish.
|