II. Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish
6.
|
Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining o‘quv reja hamda dasturlarini, shuningdek, bitiruvchilar egallashi lozim bo‘lgan kompetensiyalarni aks ettiruvchi malaka talablarini ishlab chiqish, Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-saytlarida joylashtirish.
|
Tashkiliy chora-tadbirlar
|
2021-yil 1-iyul
|
—
|
Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev)
|
7.
|
Tayanch maktablarda fanlar kesimida uzluksiz malaka oshirish amaliy mashg‘ulotlarini tashkil etish.
|
Xalq ta’limi vazirligi buyrug‘i, o‘quv reja va dastur
|
O‘quv yili davomida
|
—
|
Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov)
|
8.
|
“Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.
|
Axborot tizimi (elektron platforma)
|
2021-yil 1-aprel
|
Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim tashkilotlarining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari
|
Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sodiqov)
|
9.
|
Xalq ta’limi xodimlarini kasbiy rivojlantirishning zamonaviy turlari va shakllarini keng joriy etish, jumladan:
xalq ta’limi xodimlarining kasbiy ehtiyojlaridan kelib chiqib, doimiy ravishda maqsadli, muammoli va mualliflik kurslarini tashkil etish;
xalq ta’limi xodimlarining zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va xorijiy tillar bo‘yicha savodxonligini oshirishga xizmat qiluvchi media kurslar yaratish va joriy etish;
an’anaviy, masofaviy va boshqa shakllarni o‘z ichiga olgan malaka oshirishning uyg‘unlashgan kurslarini tashkil etish.
|
Qo‘shma qaror, kurslarni tashkil etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”
|
2021-yil 1-martdan boshlab doimiy ravishda
|
Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim tashkilotlarining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari
|
Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev)
|
10.
|
Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi uchun zamonaviy, shu jumladan elektron formatdagi o‘quv adabiyotlarini yaratish.
|
O‘quv adabiyotlarini yaratish rejasi
|
2021-2022-yillar
|
Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim tashkilotlarining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari
|
Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev)
|
11.
|
Xalq ta’limi xodimlari uchun jahon ilmiy-texnik ma’lumotlarning elektron axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlash.
|
Jahon ilmiy-texnik ma’lumotlarning elektron axborot resurslariga kirish imkoniyatini yaratish
|
2021-yil 1-sentabr
|
—
|
Xalq ta’limi vazirligi (Sher�atov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev)
|
III. Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ta’lim tashkilotlarini ilmiy darajali kadrlar bilan ta’minlash va ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish
|
12.
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlarini (keyingi o‘rinlarda — hududiy markazlar) yuqori malakali professor-o‘qituvchi kadrlar bilan ta’minlash maqsadida Xalq ta’limi vazirligining A. Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut) qoshida tashkil etilgan maqsadli doktorantura va stajirovkaga qabul kvotalarini ajratish.
Belgilangan taqsimot asosida maqsadli doktorantura va stajirovkaga qabul qilish jarayonini amalga oshirish.
|
Tashkiliy chora-tadbirlar
|
2022-yil 1-yanvardan boshlab doimiy
|
—
|
Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov),
Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Oliy attestatsiya komissiyasi (Yusupov)
|
13.
|
Hududiy markazlarning professor-o‘qituvchilarini umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’limni rivojlantirishga hamda xalq ta’limi xodimlari uzluksiz ta’limining dolzarb muammolariga doir ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish.
|
Tashkiliy chora-tadbirlar
|
2021-yil 1-martdan boshlab doimiy ravishda
|
—
|
Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev)
|
14.
|
Institut va hududiy markazlar professor-o‘qituvchilarining ilmiy-tadqiqot faoliyatini baholash va rag‘batlantirishning reyting tizimini joriy etish.
Professor-o‘qituvchilarning turli innovatsion, amaliy va fundamental tadqiqotlar loyihalari tanlovlarida faol ishtirok etishini ta’minlash.
|
Xalq ta’limi vazirining buyrug‘i
|
2021-yil 1-dekabrdan boshlab doimiy ravishda
|
—
|
Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov)
|
15.
|
Quyidagilar orqali xalq ta’limi sohasidagi mahalliy va yetakchi xorijiy tashkilotlar o‘rtasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish:
xalq ta’limi xodimlarining qonunchilikda belgilangan tartibda yetakchi xorijiy ta’lim tashkilotlarida malaka oshirishi va stajirovkalarini tashkil etish;
ta’lim, mahorat darslari va tajriba almashish uchun xorijiy olimlar, o‘qituvchilar, mutaxassislarni taklif etish;
xalqaro konferensiya va seminarlarni tashkil etish, qo‘shma xalqaro ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish.
|
Ijrochilarning kompleks chora-tadbirlari, xalq ta’limi vazirining buyrug‘i
|
Doimiy ravishda
|
Xalq ta’limi vazirligi va tizimidagi tashkilotlarning budjetdan tashqari mablag‘lari, homiylar va xalqaro moliya institutlari mablag‘lari
|
Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov)
|
16.
|
Institutda to‘lov-kontrakt asosida “Ta’lim menejmenti” va “Kattalar ta’limi” bir yillik magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlarni tayyorlash.
|
Tashkiliy chora-tadbirlar
|
2021/2022 o‘quv yili
|
To‘lov-kontrakt mablag‘lari
|
Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Norkulov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev)
|
|