Xalq ta’limi vazirligi s amarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi mamatmurodova Sevara Azimjonovnaning


Alisherning yoshligi mavzusini o’rganish bo’yicha tavsiyalar



Download 2,33 Mb.
bet5/8
Sana24.01.2022
Hajmi2,33 Mb.
#407974
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
A Navoiy

2.3 Alisherning yoshligi mavzusini o’rganish bo’yicha tavsiyalar

4 – sinf O’qish.Alisherning yoshligi.



Mavzu: Alisherning yoshligi.

(Oybek. Qissadan parcha. I qism)

Darsning maqsadi:

Ta’limiy maqsad: O’quvchilarning to’g’ri, ravon, ifodali va obrazli qilib o’qish malakalarini takomillashtirish, og’zaki nutqini o’stirish;

Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni buyuk vatandoshlarimizga munosib avlod bo’lishga, ularning hayot yo’lidan ibrat olishga undash. O’quvchilarda yuksak  ma’naviy–axloqiy  fazilatlarni  shakllantirish, buyuk ajdodlarimiz  merosini  qadrlash orqali  ma’naviy  barkamol  shaxsini tarbiyalash. Ularning qalbida o’qish, izlanishga ishtiyoqni kuchaytirish;

Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarda tirishqoqlik, intiluvchanlik sifatlarini rivojlantirish, xotirani mustahkamlash.

Dars turi: yangi bilim baruvchi

Dars metodi: suhbat, “Bumerang”, “Tarmoqlash” metodi, sahna ko’rinishi.

Dars jihozi: darslik, mavzuga mos rasmlar, tarqatma materiallar, AKT, slayd.

Darsning borishi:

I Tashkiliy qism. Psixologik iqlim yaratish. Salomlashish. O’quvchilarning darsga tayyorgarligini kuzatish. Davomatni aniqlash. Navbatchi o’quvchi ishlarini baholash. Kun, sana, oy, yil fasli, ob – havo haqida suhbat. Darsliklar holatini tekshirish.

II O’tilgan mavzuni so’rash:

Pahlavon Mahmud qaysi shaharga sayohatga borgan edi?

U nega yosh bahodir bilan kurash tushishdan bosh tortdi?

Mahmudning musobaqadan oldin qanday odati bor edi?

U nega kurashda g’olib bo’lmadi?

“Quvnoq daqiqa”. Berilgan harflarni o’z o’rniga qo’yib so’z hosil qiling.

(Kalit so’z: PAHLAVON)

 Yangi mavzu bayoni:

O’qituvchi so’zi: Aziz o’quvchilar, rasmda siymosi tasvirlangan shaxs kim?

O’quvchilar: Alisher Navoiy!

O’qituvchi: Alisher Navoiy haqida qanday ma’lumotlarga egasiz?

– o’quvchi: Buyuk bobokalonimiz.

– o’quvchi: G’azal mulkining sultoni.

– o’quvchi: O’zbek adabiy tilining asoschisi.

– o’quvchi:Ko’plab g’azallar va ruboiylar muallifi.

– o’quvchi: O’z xalqini sevgan vatanparvar shaxs.

O’qituvchi: Ofarin! Siz quyi sinflarda ham Alisher Navoiy bolalik yillari haqidagi mavzular bilan tanishgansiz. Bugun ham ushbu buyuk inson bolalik yillari tasvirlangan asardan keltirilgan parcha bilan tanishamiz. Bugungi yosh avlodlar uchun  Alisher Navoiyning so’zlari hikmat, hayot yo’li ibrat bo’lib xizmat qiladi. Yangi mavzuni mustahkam o’zlashtirishingiz uchun darsimizni guruhlarga bo’inib o’tkazamiz. O’quvchilarni baholashda geometrik shakllardan foydalanamiz. Bunda:

“5” – baho                 “4” – baho                         “3” – baho

 

Dars “Bumerang “ metodi asosida tashkil qilinadi. O’qituvchi ishni to’g’ridan —  to’g’ri o’quvchilarni 6 kishidan iborat 5 ta guruhga ajratadi. Bunda 6 xil rangdagi 1dan 6 gacha raqamlangan tarqatmalardan foydalaniladi.



 Mavzu matni guruhlarga quydagicha tayyorlangan tarqatmalarda tarqatib chiqiladi. Tarqatmalar guruhlarning har bir a’zosida bo’lishi kerak.

1 — guruh uchun:



1.    Alisher bu katta bog’ hovlining har bir burchagini tomosha qilib uzoq yurdi.

Daraxtlarning novdalariga osilgan rangdor qafasardagi to’ti, bulbul, maynalarni maroq ila tomosha qildi. Ularning qafas ichratinimsiz sayrashlarini, sakrashlarini uzoq kuzatdi. Qushlarga qarab yuradigan maxsus  xizmarkorga ergashib, unga bitmas – tuganmas savollar berdi.

Bir payt qarshisida yetti yoshlardagi shahzoda Husayn paydo bo’ldi. Uning

boshida katta ipak salla, ustuda yangi baxmal to’n, oyoqlarida zarhal etik, kamarida oltin sopli kichik xanjar suqilgan. Husayin osmonga sapchishga tayyor, olovday shijoatli bola edi.

___Qullar, kanizlar oyog’iga o’ralib ne qilib yurursen? – deb so’radi qah —             qahlab Husayn.

___Qushlarni sayr eturmen, bir – biridan ko’rkam… — deb javob berdi Alisher…



 

2 – guruh uchun:



2.    Shahzoda Husayn va Alisher ko’chaga otildilar. Katta maydonda yigitlar

o’quzish mashqi ila mashg’ul edilar. Beklar, mirshablar ko’p edi. Bolalar qiziqib tomosha qildilar. Bir tomonda lopillab, qandaydir katta – katta xariarni tashib kelardi.

Fillar ustida o’tirgan bo’z yaktakli ikki oriq chol o’zaro tinmay gaplashib, ba’zan kulib qo’yar edi. Sovut kiygan ot mingan yigitlar bir qo’llarida yoy, bir qo’llari bilan o’q uzardilar. Uar bir marraga yetgabda darhol qilich – qalqon tutib qilichbozlikka kirishir, shovqin – suron ko’tarar, chuvvos – hayqiriq bilan maydon o’rtasida yig’ilib qolar edilar. Maydon chetida bir to’da beklar “Yaxshi – yaxshi!”, “Balli!”, “Durust!”, “Ofarin!” deb ularni rag’batlantirib turardilar.


 3 – guruh uchun:

3.    __Jasur yigitlar – a! – dedi Husayn kattalardek salmoqlanib, — Xudo

xohlasa, men qilichboz bo’lurmen, ko’zimga ko’ringan yovning kallasini sapchadek uzurmen.

Alisher indamadi. U maydonda chopib yurgan otlarning qaysi biri suluv, qaysi biri chopqirroq, degan xayol bilan band edi.

__Qara,kabutarlar raqsini ko’r! – Alisherning yengini tortdi osmonga qarab Husayn…

__Kabutarlar farishtalarga o’xshaydi – ya! – dedi o’ylanib Alisher.

__Men xo’b sevadurmen kaburarlarni, tomoshadan charchashni bilmaydurmen, ishqim baland…

Shu tobda Husayn oldida beo’xshov o’ralgan katta sallali, ko’zlari hiylakor, o’ttizlardan oshgan bir yigit, qo’llari ko’ksida, ta’zim ila to’xtadi:

__Shahzoda, kech bo’ldi, ruxsat bersaar ketaylik.

__Shahzoda, xayr, yaxshi borsinlar, — dedi Alisher ham hayajonda.


 

4 – guruh uchun:



4.    Alisher asta yurib ichkariga kirdi. Bazm avjida edi.

Mehmonlar oldiga yoyilgan dasturxonda qalashtirib tashlangan

taomlar, rango – rang mevalar, qo’llarini ko’ksiga qo’yib uchib yurgan kanizaklar toboqlarda yangi – yangi taomlar tortib, guloblar tashirdilar. Alisherning onasi shivirlab:

__O’tira qol, shovqin qilma, — deb o’g’lining oldiga u – bu taomlardan surib qo’ydi. Musiqa tinmasdi, bir to’da cholg’uchilar xonaning bir chetida o’tirib, tanbur, dutor, ruboblarni nihoyatda mohirlik bilan chertar edilar…

Ko’ngli shirin mavjlarga to’lib, xayolchan o’tirgan Alisher onasining tizzasini sekin turtdi:

__Musiqa sehrli – ya, o’yinlarni qarang, menga yoqadur…

Gulbegim kulimsiragan holda mamnun shivirladi:

__Tingla!

Bazm oqshomga qadar davom etdi.


– guruh uchun:

5.    Keyin malika boshliq mehmonlar hovliga chiqib bazmni tag’in davom

qizitdilar.

__Yur, o’g’lim, ketaylik, — dedi Gulbegim past tovush bilan va Alisherning  qo’ldan ushladi.

Ular qasrdan chiqqanda G’iyosiddin Kichkina bog’da bir bek bilan oyoq ustida turib suhbat qurar edi. Alisher sevinib, otasi oldiga yugurdi…

Alisher cho’zilib otasinig bo’ynidan quchib o’pdi – da, chetda turgan onasi oldiga yugurdi, birga ko’chaga chiqib ketdilar.

__O’g’il chakki emas, tiyrak, begona ko’zdan asrasin! – dedi zimdan bolani ta’qib qilib turgan bek.

G’iyosiddin Kichkina kamtarona ohangda:

__Ilohim, mulla bo’lsin, zehni yaxshi, — dedi. So’ng o’zi ham ichida “Ha, Tangrim yomon ko’zdan asrasin”, — deb qo’ydi.



Guruhlarga berilgan matnni guruh a’zolari yakka tartibda alohida o’rganishlari, matnni eslab qolishlari, gapirib berishga tayyorlanishlari tushuntiriladi. Matnni iloji boricha o’zlashtirishlari uqtiriladi va tayyorgarlik uchun muhlat beriladi. O’qituvchi guruhlar va o’quvchilar faoliyatini kuzatadi.

Shundan so’ng o’quvchilar o’zlariga tegishli tarqatmalarda yozilgan raqamlarga ko’ra qayta guruhlanadilar. Hamma 1 raqamini olganlar bitta yangi guruh, 2 raqamlar ikkinchi guruh, 3 raqamlilar uchinchi guruh, 4 raqamlilar to’rtinchi guruh, 5 raqamlilar beshinchi guruh, 6 raqamlilar oltinchi guruhni tashkil qiladilar. Guruh a’zolari yangi guruhga o’tishlarida o’zlari bilan o’rgangan matnlarini oladilar. Masalan:

Yangi guruhlarning har bir a’zosi o’ziga tegishli matn mazmuni bilan guruhidagi o’quvchilarni tanishtirishi, so’zlab berishi, savol berib ularning bilimlarini mustahkamlashi kerak bo’ladi.

O’qituvchi barcha o’quvchilarga yana qaytadan avvalgi joylariga qaytishini so’raydi, ya’ni hamma yana dars boshlanishidagi guruhlarga qaytadilar. O’qituvchi barcha o’quvchilarning “Alisherning yoshligi” qissadan parcha bilan tanishganligini tekshirish maqsadida guruhlar bilan qisqa savol – javob o’tkazadi.

1 – guruh uchun:

a) G’iyosiddin Kichkina ichida qanday tilak tiladi?

b) Maydon chetidagi beklar qanday so’zlar bilan yigitlarni rag’batlantirib turardilar?

d) Alisherning onasining ismini ayting.

2 – guruh uchun:

a)Daraxtning novdalariga osilgan rangdor qafaslardagi qushlar nomlarini sanab bering.

b) Husayn katta bo’lsa kim bo’moqchi edi?

d) Alisherni zimdan kuzatib turgan bek u haqida qanday fikr bildirdi?

3 – guruh uchun:

a)Husayn qanday so’zlarni aytib qah – qahlab kuldi?

b) Husayn Alisherning yengidan tortib nimani ko’rishni taklif qildi?

d) Bir to’da cholg’uchilar xonaning bir chetida o’tirib qanday musiqa asboblarini chalar edilar?

4 – guruh uchun:

a)Husayn qanday bola edi?

b) Alisher kabutarlarni qanday ta’rifladi?

d) Alisherning otasi kim?

5 – guruh uchun:

a)Alisher qayerda sayr qilib yurgandi?

b) “Shahzoda, kech bo’ldi, ruxsat bersalar, ketaylik” shu so’zlarni aytgan yigit qanday ta’riflangan?

d) Alisher otlar haqida qanday xayollar bilan band edi?

Har bir javob baholab boriladi.

Lug’at ustida ishlash.  So’zlar ko’chma doskaga oldindan yozib qo’yilgan bo’ladi.

Xanjar – ikki tomoni tig’li qurol; dudama.

Kanizak – xizmatkor ayol, cho’ri.

Mirshab – tungi soqchilik hamda tartib – intizom bajarilishini ta’minlovchi kishi; politsiya.

Xari – imorat to’sinlari ostidan ko’ndalangiga  qo’yiladigan uzun, yo’g’on asosiy yog’och.

Bazm – musiqa va o’yinlar bilan o’tkaziladigan ziyofat, o’yin – kulgi kechasi.

Sapcha – pishib yetilmagankichkina qovun.

Sovut – tanini nayza, o’q, qilich zarbidan saqlash uchun  kiyiladigan, po’lat simdan tayyorlangan harbiy kiyim.

Tiyrak – ziyrak, hushyor.

  Dam olish daqiqasi.  “Bo’lishi mumkin emas”o’yini.

Bu o’yin o’tkazishda o’qituvchi matnni o’qiydi. O’quvchilar bo’lishi mumkin bo’lmagan voqealar ifodalangan jumla yoki gapni topishlari lozim. Hazil – mutoyiba bilan o’tadigan bu o’yin o’quvchilardan ziyraklik, sinchkovlik va kuzatuvchanlikni talab qilishi bilan birgalikda, ulardan atrofida sodir bo’layotgan voqea va hodisalarga befarq bo’lmaslikni ham talab qiladi.

1 – variant: Alisher  va Husayn do’st emas edi. Alisher ulg’aygach qilichboz bo’moqchi edi. Xurshid Alisherning suratini chizdi. Suratning ostiga “Buyuk sarkarda ” deb yozib qo’ydi. Ustozimiz ko’p kitob o’qish kerakligini tushuntirdi. Elmurod eng yaxshi kitobxon. U kitob o’qishni xoxlamaydi.

2 – variant: Ibratjon yozgi ta’tilda buvisinikiga dam olgani bordi. U qishloqda o’rtoqlari bilan qorbo’ron o’ynadi. Buvisiga sigirlarga don berishda yordam berdi. Buvisi sigirni sog’ayotganda sigirning uloqchasini ushlab turdi. Ibrat oktabr oyida ta’til tugaganida uyiga qaytdi.

  Mustahkamlash va baholash.

Darsning bu qismida guruhlar o’zaro savol – javob qiladilar. Bunda savollar guruhlarning o’zlariga tegishli matn yuzasidan tayyorlangan bo’lishi kerak. Masalan:

1 – guruh: 1) Alisher kimga bitmas – tuganmas savollar berdi?

2) Husayn necha yoshda edi?

3) Husayn qanday kiyingan edi?

2 – guruh: 1) Katta maydonda yigitlar nima bilan mashg’ul edi?

2) Ikki fil lopillab nimalar tashirdi?

3) Katta maydon atrofida kimlar ko’p edi?

3 – guruh: 1) Husayn yov kallasini sapchadek uzish uchun kim bo’lmoqchi edi?

2) Beo’xshov salla o’ragan kishi Husaynga nima dedi?

3) Husayn kabutarlarga qanday munosabatda edi?

4 – guruh: 1) Mehmonlar oldiga yoyilgan dasturxonda nimalar bor edi?

2) Alisherga onasi shivirlab nimalar dedi?

3) Alisher musiqaga qanday munosabat bildirdi?

5 – guruh: 1) Alisher va onasi qasrdan chiqqanda kimni ko’rib qolishdi?

2) G’iyosiddin Kichkina kim bilan suhbatlashayotgandi?

3) G’iyosiddin Kichkina kamtarona  ohangda qanday so’zlarni aytdi?

Har bir javob baholanadi. To’plangan ballar hisoblanib, g’olib guruh e’lon qilinadi.

Darsning yakuni. Mavzu yuzasidan tayyorlangan slaydlar namoyish etiladi.

  Uyga vazifa: 10 1 – 104 – betlar. Sahna ko’rinishiga tayyorlanish.

2.4 Alisher Navoiy hikmatlari mavzu “Donolar donasi”

Mavzu:Donolarnng donosi.

Darsning maqsadlari:

Ta`limiy:O`quvchilarga Alisher Navoiyning bolaligi va uning     hikmatlari haqida   tushuncha berish orqali bilim ,ko`nikma va malakalarini  shakllantirish.

Tarbiyaviy:Alisher  Navoiyning asarlarini hurmatlash,u kishi  bilan faxrlanish tuyg`ularini shakllantirish.

Tarbiyaviy:O`quvchilarning aqliy va mustaqil fikrlay olish malakalarini rivojlantirish.

Dars turi:yangi bilim berish.

Dars metodi: ,,Tarmoqlash»,,,Zinama-zina»,,,Yelpig`ich».

Dars jihozi:  darslik, Alisher  Navoiy portreti,,,Xamsa»asari, A.Navoiy hikmatlari asosida  tayyorlangan slaydlar.

Texnik vositalar:kompyuter, ekran, proektor.

Darsning  texnologik xaritasi.

1-bosqich

Tashkiliy qism



Salomlashish.Navbatchiaxboroti

O`quvchilarni guruhlarga bo`lish.

Guruhlar taqdimoti.


2 daqiqa

2 daqiqa


 

3 daqiqa


 

2-bosqich

O`tgan mavzuni

so`rash


,,Tarmoqlash’’ usulida mustahkamlash

5 daqiqa

 

3-bosqich

Yangi mavzu bayoni



I.A.Karimov fikrlari

,,Davom ettir” o`yini

Guruhlarda A.Navoiy hikmatlari talqini

 

 



2 daqiqa

10 daqiqa

10 daqiqa

 

 



 

 

4-bosqich

Yangi mavzuni mustahkamlash



Zinama-zina

Metodi


 

5 daqiqa

 

5-bosqich

Vazifa


Navoiyning 576-yilligiga atab ijosiy ish yozish.

 

 



2 daqiqa

 

6-bosqich

Guruh ballarining e`lon qilinishi

 


2 daqiqa

 

Darsning borishi:

Tashkiliy qism.

O`quvchilar: Har tong ertalab turib,

Boraman maktab tomon.

Bizlar bilimga chanqoq,

Ustozimiz mehribon.

Qo`limiz ko`ksimizda,

Assalomu-alaykum.

O`qituvchi:Qalam tutgan nozikkina ,

Qo`lingizdan o`rgilay,

Mehr bilan boqib turgan .

Ko`zingizdan o`rgilay,

Vaalaykum assalom.

Navbatchi axboroti tinglanadi.

O`qituvchi: Bolajonlar hozir biz,

Qaysi darsni o`tamiz?

O`quvchilar:Hozir darsimiz o`qish,

O`qiganlarni uqish.

-Hozir o`lkamizga qaysi fasl?

-Qish fasli.

-Qish faslining qaysi oyi?

-Fevral oyi.

-Qish fasli tugashiga necha kun qoldi?

-15 kun


-Qaysi fasl yaqinlashib kelmoqda?

-Bahor fasli.

-Tasavvuringizda bahor fasli.Mana bu gullardan xoxlaganingizni tanlab olib,guruh hosil qiling.

Sinf o`quvchilari gullarni tanlash orqali guruhlarga bo`linadi.

1-guruh: A.Navoiy

Shiorimiz:Oz-oz o`rganib dono bo`lur

2-guruh.Z.M.Bobur.

Shiorimiz :O`zga yurtga shoh bo`lguncha o`z yurtingga gado bo`l.

3-guruh:Zulfiyaxonim.

Shiorimiz :Bahor keldi seni so`roqlab…

4-guruh :Amir Temur

Shiorimiz:Kuch adolatda.

Guruh nomi va shiorlari aytiladi.

1-guruh : O`qish fanidan D.T.S.talablarini aytishadi.

2-guruh:Keksalarnl e`zozlash yiliga atab maqollar aytishadi.

3-guruh:Zulfiyaxonim haqida ma`lumot berishadi.

4-guruh:A.Temur hikmatlaridan yod aytishadi.

O`quvchilar

Oltin

5 (ball)


Rag`bat ballari bilan  baholanadilar.

O`tilgangan mavzu ,,Sohibqiron Temur bobom”

4  guruhda ,,Klaster’’ usulda  topshiriq berilib, mustahkamlanadi.

Yangi mavzu bayoni:

I.A.Karimovning  fikrlari  ekranda   ko`rsatiladi.

Agar bu ulug` zotni avliyo desak,

avliyolarning avliyosi,mutafakkir desak,mutafakkirlarningmutafakkiri,

shoir desak,shoirlarning sultonidir.

O`qituvchi  tomonidan  matn  o`qib beriladi.

Bobomiz Alisher Navoiy bolalik chog`laridayoq hammaning e`tiboriga tushgan.Eng avvalo,odobli bo`lganlar. Ko`p kitob o`qiganlar.Zehnlari o`tkirligidan minglab misra g`azallarni yod bilganlar.Kichiklikda yozgan she`rlarida ustozlari ham qoyil qolishgan.Ona tilini yaxshi bilganlar.Fors va arab tillarini puxta o`rganganlar.

Alisher Navoiy birinchilardan    bo`lib ona tilida ,,Xamsa»yozdilar.

So`ngra  o`quvchilar,,Davom ettir’’ o`yini orqali o`qiydilar.

Sinfda  Navoiy siymosidagi o`quvchi  davraga

chiqadi. A.Navoiy hikmatlari yozilgan slaydlar

ko`satiladi.Har bir guruh uni izohlaydi.

1-guruh: Tilga ixtiyorsiz-

Elga e`tiborsiz.

2-guruh:Odami ersang demagil odami,

Onikim, yo`q xalq g`amidin g`ami.

3-guruh:Haq yo`lida kim senga bir harf o`qitmish   ranj ila,

Aylamak oson emas haqqin ming ganj ija.

4-guruh:Bilmaganni so`rab o`rgangan olim,

Orlanib so`ramagan o`ziga zolim.

G`olib guruhlar  rag`batlantirilb boriladi.

Navoiy bobomiz bularni ko`rib o`quvchilarga ,,Tasanno’’lar   aytishadi.

Bilmaganni    so`rab  o`rgangan  olim,

Orlanib so`ramagan o`ziga zolim.

Navoiy  bobomiz  asarlarini o`qigan sari chuqur tushuna boramiz .Ba`zida esa o`qib, uqishga qiynalamiz.Axir yozilganiga besh asrdan oshdi-da!

 

Odami esang demagil odami,



Onikim, yo`q xalq g`amidin g`ami .

Bu  hikmatda avvalo o`zlari amal

Qilganlar.Barcha asarlarida halollikka, mardlikka yaxshilikka chaqirganlar. Hatto   shohning vaziri bo`lganlarida ham xalq uchun ko`p yaxshi ishlar qilib ,el mehriga tushganlar.

 Shoir bobomiz, ayniqsa ,ustozlarni ulug`ladanlar.

Haq yo`linda kim senga bir harf  o`qitmish ranj ila,

Aylamak oson emas haqqin ado ming ganj ila.

Darsni  mustahkamlash.

,, Zinama- zina’’ metodi.

Navoiy  asarlari

3-guruh


Navoiyning   bolaligi

2-guruh


A.Navoiyning  tug`ilganligi

1-guruh


Navoiy tug`ilgani

Vazifa. Navoiy bobomizning 576-yilligiga atab ijodiy ish     yozish.

Baholash.Guruh to`plagan ballar jamlanadi.G`olib guruh  va darsga aktiv qatnashganlar  rag`batlantiriladi..

 

Xulosa

Xulosa qilib aytganda o’quvchilarga Alisher Navoiyning ta’lim tarbiya sohasidagi uning ulkan ishlarini bolalar ongiga singdrish oʻzbek xalqining ulugʻ mutafakkiri, maʼrifatparvari va buyuk shoiri Alisher Navoiy yoshlarni tarbiyalash ishiga alohida eʼtibor berdi. U bolalarni ilm-hunarni, mehnatni sevishga undab, oʻrganilgan ilm va hunarni xalq, vatan yoʻlida sarf qilish zarurligini uqtirdi.

Alisher Navoiy ilm, maʼrifat haqida ajoyib fikrlarni olgʻa surdi. U aql, ilm insonning eng goʻzal va zaruriy fazilatlaridan biri, har bir kishining eng muhim burchi ilm olishdir, deb hisobladi. Navoiyning fikricha, ilm-fanni egallash uchun yoshlikdan boshlab astoydil oʻqish-oʻrganish kerak: “Yoshligingda yigʻgil bilimni, qarigach sarf qilgʻil ani”, degan shoirning oʻzi ham juda yoshligidan taʼlim oladi, oʻqishga beriladi. U yoshligidanoq koʻp sheʼrlarni yod bilgan. Jumladan, Farididdin Attorning “Mantiq ut-tayr” (“Qush nutqi”) asarini bolalik chogʻlaridayoq qayta-qayta oʻqib, yod olgan.

Shundagina o'quvchilar o'qigan mavzularini mustaqil o'zlashtira olishiga, atrof- muhit, axloqiy-estetik,dunyoqarashlarining shakllanishiga chuqur mulohaza yuritishga, ijodkor kitobxon darajasiga ko'tarilishigaerisha olamiz.

Dars jarayonida yangicha muhitni shakllantirish, zamonaviy ko‘rgazmalardan, didaktik metodlardan foydalanib mazmunli olib borish zarur. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari boshqarishga moyil, qiziquvchan, ta‘sirchan bo‘lganliklari uchun ham o‘qituvchidan o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos bo‘lgan, darsni oson o‘zlashtirishlarini, bilimlarni mustahkam o‘rganishni kafolatlaydigan metodlarni tanlashi va foydalanishi talab etiladi.



Maktab o'quvchini o'qish malakasi bilan qurollantirish bilan bir qatorda kitobni mustaqil o'qiy oladigan, uni tushunadigan, ma'lum bir mavzuga oid kitoblarni tanlay oladigan, gazeta va jurnallarni ham mustaqil o'qiydigan faol kitobxonni tarbiyalaydi. Shu jihatdan o’qish darslaridagi ko'p narsani bilishga havasni orttiradi. Didaktik metodlarning maqsadi o'qish malakalarini takomillashtirish, kitob tanlay oladigan, muntazam kitob o'qiydigan, o'qilgan kitobni to'g'ri baholay oladigan ongli kitobxonni tarbiyalashdir. Boshlang’ich sinf o'qish o'quv dasturi bilan chambarchas bog'liq bo'lib, unda ko'zda tutilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda yaqindan yordam beradi. Buning uchun o'quvchilarda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalash, ularni oddiy kitobxondan ijodkor kitobxon darajasiga ko'tarish talab etiladi. O'quvchilarda kitobga havas uyg'otishda har bir bolaga yakka tartibda yondashish, shaxsiy qiziqishlarini hisobga olish zarur. Bolalarda kitob ustida ishlash malakasini shakllantirish ularda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalashning muhim omilidir.


Download 2,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish