HAYOT TARSAKISI
Har tong onansini “Tur, tura qolgin”, deyishiga qaramay ko’zini ochmaydigan Erkinjon, bugun erta tongdan turub oldi. Yarim tunda ishlardan charchab uxlab qolgan onasi oldiga uchta aka-ukasi oyoqlarini bosib o’tdi. So’ng onasi yelkasidan turtib:
-Turing, tura qoling oyijon ahir bugun bozorga boramiz-dedi- menga “Maktab formasi olamiz-ku.”
-Boramiz, boramiz. Avval yuz-qo’lingni yuv, keyin.- dedi onasi Erkinga.
Dasturxonga qo’yilgan navot, oqqanlardan yeyish o’rniga, ularni cho’ntagiga soldi. Onasi kiyimlarini kiyindirguncha, aka-ukalariga otasi ishlarni taqsimlab berdi. Ular Erkinga havas bilan qaradi-da, ishlarni bajarishga ketishdi. U bugun har kuni erinib bajaradigan ishlari-qo’ylarga o’t terishdan qutuldi. Erkinlar ostona hatlab ko’chaga chiqqach, otasining ovozi eshitiladi: “Birinchi navbatda dorilaringni ol!”. Unga bu gapning daxli yo’qligini anglab yo’lida davom etdi. Bir-ikki tengquriga: “Biz bozorga ketyapmiz. Yaqinda maktabga chiqaman” deb maqtanib ham qo’ydi.
Bozorga yettilar. Onasi endi dorixona tomon yurganida qo’lidan tortib, “Shirinpaxta, shirinpaxtadan oling” deb shirinpaxtalarni maqtab turgan ayol tomonga torqiladi. Onasi ko’ngliga qaradi, shu zayilda bozorga kirib borishdi. U eng chiroyli ko’ylklarga talpindi. Onasi qulog’iga asta shivirladi:
-O’g’lim, pulimiz sal kamroqda- dedi.
Erkin achiqlandi, oyisi oxiri ko’ndi. Navbat poyafzalga keldi. Erkin o’rtog’i kiyip yurgan tuflisiga o’xshash tuflini ko’rib qoldi.
-Hov, anavi tuflini kiyaman –dedi.
Sotuvchining “Narxi qimmat” deganini eshitib, onasi pulini sanab ko’rdi. Yetmasligini sezgach, Erkinga qaradi. Erkin hech narsa bilmagandek turaverdi. Yig’ladi, qo’lidagi daftar ruchkalarni yerga uloqtirdi. Atrofdagilardan uyalgan onasi uning ko’z yoshlarini artdi. Bag’riga bosdi. U ko’nmadi. Chorasiz qolgan onasi unga tarsaki tortib yubordi, ko’z yoshlari biroz tindi. Arzonroq bo’lsa ham tufli olishdi.
Erkin maktabga bordi, savodi chiqdi. Bir kuni daftarlaringni orasida bozorga ketayotib shamolda uchib ketgan, keyin onasi darhol olib cho’ntagiga solgan qog’oz chiqdi. Uni qiynalib o’qidi, dorilar nomi. Otasi tayinlashiga qaramasdan, dorilarni olish onasini yodidan ko’tarilganiga o’zini ishontirdi. Qog’ozni buklab “Katta bo’lsam, o’zim olib beraman” deya qog’ozni cho’ntagiga soldi.…
Erkin universitet ostonasiga qadam qo’yar ekan, kecha olgan qimmatbaho tuflisi onasi bir vaqtlar olib bergan arzon tufli oldida g’arib ekanini sezdi. Yuragidan nimadir chirt etib uzulganday bo’ldi. Talabalar kutib olish marosimiga boshqalarning ota-onasi ham kelgandi. Erkin o’zini chetga tortdi. Xayolida davra o’rtasida boshida eski ro’mol, ustida uniqqan chit ko’ylak- unga tanish yig’loqi bolakay bilan sevinib o’ynayotgan onasi gavdalandi. Atrofdagilar xursand. Faqat Erkin hech kimga ko’rinmay yig’lardi. Bolaligida onasi yuziga tortgan tarsaki ko’z yoshlarini to’xtatgandi. Bugun hayot tushirgan tarsaki esa uni bir umrga yig’latishi tayin. Dastro’mol axtarib cho’ntagiga qo’l soldi. O’sha tanish qog’oz chiqdi…
Do'stlaringiz bilan baham: |