Xalq ta’limi tizimida kadrlarga oid ish yuritish bo‘yicha namunaviy yo‘riqnoma 1-bob. Umumiy qoidalar



Download 192,09 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/15
Sana21.07.2021
Hajmi192,09 Kb.
#125504
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Xalq ta’limi tizimida kadrlarga oid ish yuritish bo‘yicha namuna

muvofiq shaklda  Mehnat shartnomalarini ro‘yxatga olish jurnalida ro‘yxatga olinishi shart.  

16. Xodimni  ishga  qabul  qilish  to‘g‘risida  buyruq  chiqarish  uchun  mehnat  shartnomasi 

asos  hisoblanadi.  Mehnat  shartnomasi  tuzilib,  imzolanib,  ro‘yxatga  olingandan  keyin  kadrlar 

bo‘limi xodimi (kadrlarga oid hujjatlarni yuritish uchun mas’ul bo‘lim, sho‘balar, mutaxassislar, 

kadrlar bo‘yicha menejerlar) ishga qabul qilish to‘g‘risida buyruq tayyorlaydi.  

17. Ishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruq tegishlicha xodim qabul qilinayotgan tarkibiy 

bo‘linma  boshlig‘i  bilan  kelishib  olinadi.  Buyruq  tarkibiy  bo‘linma  boshlig‘ining  vizasi 

(rezolyusiya) bilan tashkilot rahbariga imzolashga topshiriladi.  

18. Ishga  qabul  qilish  to‘g‘risidagi  buyruq  tashkilot  rahbari,  u  bo‘lmagan  vaqtda  esa 

vakolat berilgan shaxs tomonidan imzolanadi. 

19. Ishga  qabul  qilish  to‘g‘risidagi  buyruq  Yo‘riqnomaning 2-ilovasiga  muvofiq 

shaklda kadrlarning shaxsiy tarkibiga oid buyruqlarni qayd etish jurnalida  ro‘yxatga olinadi.  

20. Kadrlar  xizmati  xodimi  ishga  qabul  qilish  to‘g‘risidagi  buyruqning  bir  nusxasini 

shaxsiy yig‘ma jildga tikib qo‘yadi, ikkinchisini xabardor qilish va tezkor ishlash uchun tashkilot 

buxgalteriyasiga topshiradi. 

21. Hujjatlarning asl nusxalari kadrlar xizmati xodimi tomonidan shaxsiy yig‘ma jildlarda 

shakllantiriladi va arxivga topshirilgunga qadar kadrlar xizmatida saqlanadi. 

22. Ishga  qabul  qilish  to‘g‘risidagi  buyruq  asosida  xodimning  mehnat  daftarchasiga 

yozuvlar kiritiladi. 

23. Birinchi marta ishga kirayotgan xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari, mehnat 

faoliyatini  yuritayotgan  xodimlarning  mehnat  shartnomalariga  kiritilgan  o‘zgartirish  va  ularni 

bekor qilish holatlari “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan 

ro‘yxatdan o‘tkaziladi. 

24. Mehnat daftarchasi kadrlar xizmatining mehnat daftarchalarini hisobga olish, yuritish, 

saqlash va topshirishga mas’ul etib tayinlangan xodimi tomonidan to‘ldiriladi. 

25. Xodimlarning mehnat  daftarchalari  Mehnat  daftarchalarini  yuritish  tartibi  to‘g‘risida 

Yo‘riqnomada nazarda tutilgan tartibda yuritiladi. 

26. Kadrlar  xizmati  xodimi  Yo‘riqnomaning 3-ilovasiga  muvofiq  shaklda  mehnat 

daftarchalari hisobotini olib borish kitobida  mehnat daftarchasi egasi va rekvizitlari to‘g‘risidagi 

ma’lumotlarni  kiritadi,  shuningdek,  xodimning  mehnat  daftarchasini  saqlashga  qabul  qilganligi 

to‘g‘risida imzo chekadi. 

27. Mehnat daftarchalari kadrlar xizmatida seyf yoki qulflanadigan shkafda saqlanadi. 

28. Kadrlar xizmati xodimi mehnat daftarchasiga kiritilayotgan har bir yozuv bilan uning 

egasini  Yo‘riqnomaning 4-ilovasiga  muvofiq  shaklda  shaxsiy  varaqasiga  imzo  qo‘ydirib 

tanishtirishi  shart  va  ushbu  varaqasi  Yo‘riqnomaning 5-ilovasiga  muvofiq  shaklda  shaxsiy 

varaqalarni (T-2 shakl) hisobga olish jurnalida  qayd etiladi. 

29. Shaxsiy  varaqa  kadrlar  xizmati  xodimi  tomonidan  bir  nusxada  to‘ldiriladi  

va tasdiqlanadi hamda ishga qabul qilingan xodim tomonidan imzolanadi. 

30. Shaxsiy varaqalar kadrlar xizmatida seyfda yoki qulflanadigan shkafda saqlanadi. 

31. Xodimni ishga qabul qilish hujjati rasmiylashtirilgandan keyin uning shaxsiy yig‘ma 

jildi rasmiylashtiriladi. 

32. Xodimning shaxsiy yig‘ma jildi tarkibiga quyidagi hujjatlar kiradi: 


Download 192,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish