2019 yil oxirigacha «Zamonaviy maktab» davlat dasturi ishlab chiqiladi. Unda quyidagilar nazarda tutiladi:
ekologik jihatdan toza materiallar va energiyaning muqobil manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqilgan namunaviy loyihalar asosida zamonaviy maktablar qurish;
maktablarni, shu jumladan, o‘quv sinflari ichini yangi qulay mebellar, zamonaviy o‘quv va laboratoriya uskunalari, darsliklar va o‘quv-uslubiy materiallar, kompyuter va multimedia texnikasi, videokuzatuv tizimlari bilan jihozlash.
Vazirlik tomonidan tavsiya etilgan nomzodlardan umumta’lim muassasasi rahbarini saylash, shuningdek, belgilangan tartibda uni egallab turgan lavozimidan ozod etish haqida takliflar kiritish;
umumta’lim muassasasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;
umumta’lim muassasasi rahbarining muassasa faoliyatini takomillashtirish, moliyaviy-xo‘jalik holati, daromadlar va xarajatlar, budjet, budjetdan tashqari, homiylik va boshqa mablag‘lardan foydalanish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida hisobotlarini vaqti-vaqti bilan tinglash;
umumta’lim muassasasi rahbarining taqdimnomasi bo‘yicha yillik moliyaviy rejalarni, ko‘rsatilayotgan pullik xizmatlar narxining miqdorlarini va muassasa mulkidan foydalanganlik uchun ijara haqi miqdorini, shu jumladan, auksiondagi boshlang‘ich narxni ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar ustidan tizimli ravishda monitoring o‘rnatish;
o‘quvchilar va ular ota-onalarining murojaatlarini ko‘rib chiqish, umumta’lim muassasasining pedagog va rahbar xodimlari faoliyati to‘g‘risida ijtimoiy so‘rovlarni o‘tkazish;
ta’lim muassasasining faoliyatini tashkil etishga taalluqli boshqa masalalarni hal qilishda ishtirok etish.
Tekshirishlar soni maktabning reytingda egallab turgan o‘rniga bog‘liq bo‘ladi - Yaqin orada umumta’lim muassasalari faoliyatini tekshirishga vakolatli organlarning qat’iy ro‘yxatini, tekshiruv tayinlash va o‘tkazish mezonlari hamda huquqiy asoslarini nazarda tutgan holda tekshirishning yangi tartibi belgilanadi. Bunda nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshirish davriyligi umumta’lim muassasasining reytingda egallab turgan o‘rniga bog‘liq bo‘ladi.
- Bosh prokuraturaga umumta’lim muassasalari faoliyatini noqonuniy tekshirishga yo‘l qo‘ymaslik ustidan nazoratni kuchaytirish vazifasi topshirildi. Aybdor shaxslarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq qat’iy javobgarlik choralari qo‘llaniladi.
- Nazorat qiluvchi organlar mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda umumta’lim muassasalari faoliyatini tekshirish davomida aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik ishlarida har tomonlama ko‘maklashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |