Xalq ta’lim vazirligiga qarashli
Nukus davlat pedogogika institutning
Fizika-Matematika fakultetining
Informatika yo’nalishi talabasi
Xudayberganov O’tkirning
Kun yangiliklari mavzusida
KURS ISHI
Qabul qiluvchi________________________________________
Mangit 2022
Reja
1.Mahaliy yangiliklar
2.Jahon yangiliklari
3.texnologiya yangiliklari
4.sport yangiliklari
5.ob-havo yangliklari
Buxoroda erkak telefon orqali janjallashgan yigitni urib o‘ldirdi
Buxoro viloyati Kogon tumanida 28-yanvar kuni erkak o‘zidan 10 yosh kichik yigitni urib o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda Tergov departamenti xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, holat shu kuni soat 02:30 larda Kogon tuman Jomard qishlog‘i 71-uy oldidan o‘tgan ichki yo‘lda sodir bo‘lgan. J.J. ismi erkak (1991-yilda tug‘ilgan) I.A. (2001-yilda tug‘ilgan) bilan uchrashib, o‘zaro bo‘lgan kelishmovchiliklar oqibatida janjallashib qolgan. Oqibatda J.J. yigitning bosh va yuz sohalariga qo‘li bilan urib, og‘ir tan jarohati yetkazgan va hodisa joyidan yashiringan.
I.A. olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.
Tergov jarayonida aniqlanishicha, jinoyatning kelib chiqishning sababi J.J. bir kun oldin mast holda jabrlanuvchi bilan telefon orqali bir-birini haqorat qilib, so‘ngra yuqorida ko‘rsatilgan manzilda uchrashgan va natijada J.J. jabrlanuvchiga og‘ir tan jarohati yetkazgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “g” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
O‘zbekistonda 2021-yilda yengil avtomobillar eksporti, ularning importidan ko‘proq bo‘ldi
Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilda O‘zbekiston 26 ta xorijiy davlatdan jami 27 067 dona yengil avtomobil import qilgan. Ushbu avtomobillarning umumiy qiymati 588,2 million dollarga teng bo‘ldi.
Yengil avtomobillar importi 2020-yil bilan solishtirganda 1 348 donaga oshgan.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilda import qilingan yengil avtomobillar orasida Xitoy yetakchilik qilmoqda. Bu davr ichida, O‘zbekistonga Xitoydan 9 mingga yaqin yengil avtomobil import qilingan. Keyingi pog‘onolarda Janubiy Koreya va Rossiya mos ravishda 6 472 va 4 539 dona avtomobil bilan qayd etilgan.
2021- yilda O‘zbekiston yengil avtomobillarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:
Xitoy – 8 880 ta
Koreya – 6 472 ta
Rossiya – 4 539 ta
Qozog‘iston – 4 470 ta
Polsha – 1 204 ta
AQSh – 490 ta
Litva – 428 ta
Tayland – 250 ta
Germaniya – 115 ta
Yaponiya – 97 ta
Avvalroq O‘zbekiston o‘tgan yilda 10 davlatga qiymati 281,8 million dollarga teng bo‘lgan 28 952 dona yengil avtomobil eksport qilgani haqida xabar berilgan edi.
Shu tariqa, yengil avtomobillar eksporti, importiga qaraganda 1885 donaga ko‘proq bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |