O‘zbekistonda sertifikatga ega rus tili fani o‘qituvchilariga ustama haq to‘lab beriladi. 2022-yil 1-fevraldan boshlab ta’lim tili rus tili bo‘lmagan umumta’lim muassasalar (sinflar)da faoliyat yuritayotgan kamida C1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega rus tili fani o‘qituvchilariga 50 foiz ustama to‘lab beriladi.
Mahalliy farmatsevtlarga mahsulotlarni xorijda ro‘yxatdan o‘tkazish harajatlarining 75 foizi qoplab beriladi. Prezident farmoni muvofiq, 1-fevraldan mahalliy ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning farmatsevtika mahsulotlarini xorijiy davlatlarda ro‘yxatdan o‘tkazish xarajatlarining 75 foizi Farmatsevtika tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg‘armasidan qoplab beriladi. Buning uchun ular ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etish kerak bo‘ladi.