3.Prezident qarori bilan Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Xalq qabulxonalari togrisidagi hamda Ozbekiston Respublikasi Prezidentining tumanlar va shaharlardagi Xalq qabulxonalari togrisidagi nizomlar tasdiqlandi.
Nizomga kora, Xalq qabulxonasi Ozbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari boyicha maslahatchisi bolinmalari tuzilmasi tarkibiga kiradi va yuridik shaxs hisoblanmaydi. Xalq qabulxonasi oz mulkida, xojalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bolmaydi, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish hamda oz nomidan boshqa shaxslar bilan fuqarolik-huquqiy munosabatlarga kirishish huquqiga ega emas.Nizomda belgilanishicha, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari togrisidagi Ozbekiston Respublikasining Qonuni tatbiq etilmaydigan, shu jumladan korib chiqish tartibi ma'muriy javobgarlik togrisidagi, fuqarolik protsessual, jinoyat-protsessual, jinoyat-ijroiya, iqtisodiy protsessual qonun hujjatlari va boshqa qonunlar bilan belgilangan murojaatlarni Xalq qabulxonasi korib chiqmaydi.
Xalq qabulxonasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-aholi bilan togridan-togri muloqotni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tolaqonli himoya qilishga qaratilgan uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa obektlarni organish orqali muammolarni aniqlash va hal qilish, shuningdek murojaatlar bilan ishlashning samarali tizimi amal qilishini ta'minlash;
-fuqarolarning Ozbekiston Respublikasi Prezidentiga, Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga, Hukumatga, sud, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlariga, shuningdek davlat va xojalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa davlat tashkilotlariga murojaat qilishga oid konstitutsiyaviy huquqlarining sozsiz amalga oshirilishi uchun sharoitlar yaratish;
-Xalq qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlarning qonun hujjatlari talablariga qat'iy amal qilgan holda, toliq, xolis, oz vaqtida korib chiqilishi, shuningdek uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa obektlarni organishda aniqlangan muammolarning hal etilishini tashkil etish va nazorat qilish;
- uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa obektlarni organishda aniqlangan muammolar hamda Xalq qabulxonasi, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining tumanlar va shaharlardagi Xalq qabulxonalariga kelib tushgan, tegishliligi boyicha davlat organlariga yuborilgan murojaatlarning korib chiqilishi va hal etilishi ustidan tizimli monitoring va nazoratni amalga oshirish;
-jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining qabullarini davlat organlarining mansabdor shaxslari ishtirokida, shu jumladan videokonferensaloqa orqali otkazish;
-uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa obektlarni organishda aniqlangan muammolar va murojaatlar bilan ishlashda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish;
-hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boyicha sektorlar, davlat organlarining uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa obektlarni organish orqali ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni aniqlash va hal qilish faoliyatini doimiy ravishda muvofiqlashtirib borish;
-viloyat (Qoraqalpogiston Respublikasi va Toshkent shahri) miqyosida Obod qishloq va Obod mahalla dasturlari doirasida qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladigan aholi punktlari royxatini korib chiqish va kelishib berish;
-tuman (shahar) Xalq qabulxonalari boshchilik qiladigan sektorlar shtablari a'zolaridan iborat ishchi guruhlarning hududlarni mahallalar va xonadonlar (oilalar) kesimida tahlil qilish, aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish yuzasidan qisqa (1 yillik) va orta muddatli manzilli tadbirlar rejalarini shakllantirish faoliyatini muvofiqlashtirish;
-qisqa muddatli manzilli tadbirlar rejalari (yol xaritalari) ijrosini nazorat qilish;
-sektorlar faoliyatini hamda mahallalar hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy holatini baholashda, ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi hududiy, tarmoq va davlat dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish va ularning ijrosini nazorat qilish;
-har chorakda sektorlar va hududdagi tashkilotlar rahbarlari faoliyati hamda murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan tegishli xalq deputatlari Kengashlari majlisida muhokama qilish uchun axborot kiritish, ushbu axborot yuzasidan mutasaddi tashkilotlar rahbarlari hisobotini eshitishda ishtirok etish;
-davlat organlarining nogironligi bolgan shaxslar, kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga komaklashish bilan bogliq ishlarini muvofiqlashtirish;
-davlat xizmatlari korsatish faoliyatini muvofiqlashtirish;
-hududlarda murojaatlar bilan ishlash, sayyor shaxsiy va ommaviy qabullar otkazish tizimini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
-jamoatchilik vakillari, ommaviy axborot vositalari va boshqa tashkilotlarni jalb qilgan holda hududlardagi ijtimoiy muhitni organish hamda aholi muammolarini hal qilishda ochiqlik, shaffoflik va xolislikni ta'minlash choralarini korish;
-tuman (shahar) Xalq qabulxonalari faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirib borish, ularni uslubiy va axborot-tahliliy materiallari bilan, shuningdek hududiy davlat organlari bilan hamkorligini ta'minlash.
Nizomda belgilanishicha, Xalq qabulxonasi quyidagilarga majburdir:
-uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa obektlarni organishda bevosita ishtirok etish;
-sektorlar faoliyati, uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa obektlarni organish natijalari, tegishli hududdagi aholi kayfiyati togrisida har chorakda kamida bir marta Bolinmalarga axborot kiritish;
-uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa obektlarni organish natijalari, murojaatlarda kotarilgan masalalarni tahlil qilish asosida qonun hujjatlari va huquqni qollash amaliyotini takomillashtirish boyicha takliflar tayyorlash hamda ularni muntazam ravishda Bolinmalarga kiritib borish;
-oz faoliyatida qonun hujjatlari, shuningdek Ozbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari boyicha maslahatchisi tomonidan tasdiqlanadigan lokal hujjatlar talablari va qoidalariga qat'iy amal qilish;
-mavjud axborot tizimlaridan samarali foydalanish, oz dasturiy-apparat vositalarining uzluksiz ishlashini ta'minlash hamda axborot talablariga rioya etish;
-belgilangan tartibda sektorlar va davlat organlari bilan ozaro hamkorlik qilish.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1.WWW.KUN.UZ sayti
2.my.gov.uz davlat interaktiv xizmatlari portali
3."Fuqarolik jamiyati asoslari" o'quv uslubiy qo'llanmasi
4. "Qonun va qaror" sahifasi Facebook ijtimoiy tarmog'i ma'lumotlari
Do'stlaringiz bilan baham: |