markazi. Oʻzbekiston Respublikasidagi hukumatga qarashli boʻlmagan (nodavlat) i.t. muassasasi. 1997-yil 25 iyunda tuzilgan.
Asosiy vazifalari:
inson huquqlari va erkinliklariga rioya qilinishi, siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish muammolari, shuningdek, ijtimoiy munosabatlar rivojining boshqa dolzarb masalalari boʻyicha jamoatchilik fikrini oʻrganish;
shu borada soʻrovlar oʻtkazish, soʻrov yakunlarini umumlashtirish va taxlil etish.
Markaz oʻzbek, rus, ingliz tillarida «Ijtimoiy fikr. Inson huquqlari» jurnalini nashr etadi. Jamoatchilik fikri monitoringini, turli marketing va boshqa amaliy tadqiqotlarni oʻtkazish; hukumat va nohukumat tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar, oʻquv markazlari, ilm-fan vakillari ishtirokida munozara, davra suhbatlari, anjumanlar oʻtkazish markaz faoliyatining asosiy yoʻnalishi hisoblanadi.
Markazda sotsiologik tadqiqotlarni rejalashtirish, ekspertiza va tahlil, konkret sotsiologik tadqiqotlarning sotsiologik monitoringi, ishlab chiqarish-texnika, axborot va marketing boʻlimlari bor. Markazni axborot-tahliliy maʼlumot bilan taʼminlash, ijtimoiy fikr va demokratik taraqqiyot muammolarini ommaviy axborot vositalari orqali yoritish, viloyatlardagi markaz boʻlimlariga ilmiy-metodik maslahat bilan yordam koʻrsatish guruhlaridan iborat maxsus ijodiy jamoalar tuzilgan.[1]
Manbalar
Читать на uz.wikipedia.org
Турбо-страница
Вы находитесь на странице, адаптированной для быстрой загрузки
Полная версия · Пожаловат
Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi qayta nomlandi
Sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi, deb xabar bermoqda “Huquqiy axborot” kanali.
Farmon bilan “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi etib qayta nomlandi.
“Ijtimoiy fikr” markazining har bir soha bo‘yicha asosiy vazifalari belgilandi.
Markaz Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘lari hisobidan ta'minlanadi.
Markaz tomonidan o‘tkazilgan sotsiologik so‘rov natijalari Hukumat va uning Rayosati majlislarida muntazam muhokama qilinadi.
Markazda aholi o‘rtasida blits-so‘rov o‘tkazish uchun call-markaz tashkil etiladi.
2019/2020-o‘quv yilidan tegishli oliy ta'lim muassasalarida sotsiologiya va sotsiologik tadqiqotlar kafedralari ochiladi.
Shuningdek, O‘zbekiston sotsiologlari assotsiatsiyasi tashkil etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |