AERODROMLARNI SERTIFIKATSIYALASH VA HAVODAGI HARAKATNI BOSHQARISHNI NAZORAT QILISH BO’LIM TO’G’RISIDA NIZOM
Asos:
1. O’zbekiston Respublikasi Havo kodeksi.
2. O’zbekiston Respublikasi parvozlar xavfsizligini nazorat qilish Davlat inspeksiyasini tashkil etish to’grisida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori. 16.06.1998, №255.
3. O’zbekiston Respublikasi parvozlar xavfsizligini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining. 26.02.2004, №255.
4. O’zbekiston Respublikasi Davavianazorat sertifikatsiyalash, litsenziyalash va parvozlar xavfsizligini nazorat qilish nizomi.
5. IKAO standartlari va tavsiya amaliyoti.
1.BO’LIMNING UMUMIY QOIDALAR -
Aerodromlarni sertifikatsiyalash va HHB ni nazorat qilish bo’limi O‘zbekiston Respublikasi parvozlar xavfsizligini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi (keyinchalik - Davavianazorat) Sertifikatsiyalash, litsenziyalash va parvozlar xavfsizligini nazorat qilish boshqarma tarkibiga kiradi.
-
Aerodromlarni sertifikatsiyalash va HHB ni nazorat qilish bo’limi (keyinchalik - bo’lim) o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga, xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO) hujjatlariga, Davavianazorat va Sertifikatsiyalash, litsenziyalash va parvozlar xavfsizligini nazorat qilish boshqarmasi nizomlariga, Davavianazorat boshlig’i buyruqlari va ko’rsatmalariga hamda mazkur nizomga asosan amal qiladi.
-
Bo’lim xodimlari O’zbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasida parvozlar xavfsizligini nazorat qilish inspektori maqomiga ega.
2.ASOSIY VAZIFALAR -
Fuqaro va eksperimental aviatsiyasi, birgalikda ishlatish va bazalashtirish aerodromlari sertifikatsiyasini tashkillashtirish va ijro etish.
-
Quyidagi sohalarni tashkillashtirish va nazorat qilish:
-
Havodagi harakatga xizmat ko’rsatish va samo hududini foydalanishini boshqarish;
-
Parvozlarning radio, elektryoritgich, elektraloqa, aerodrom, meteorologiya ta’minoti.
-
O’zbekiston Respublikasi aviatsion qoidalarini, bo’lim sohalari bo’yicha me’yoriy va qo’llanma hujjatlarni ishlab chiqarish.
-
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotlarining ishida ishtirok etish, bo’lim masalalari bo’yicha aviatsiya ma’muriyatlarining, boshqa davlatlarning sertifikatsiya va inspeksiya tuzilmalarining o'zaro hamkorligini ta’minlash.
-
Nazorat qilishning namunaviy dasturlarini va inspektorlar yo’nalishi bo’yicha texnik qo’llanmalarni ishlab chiqarish.
-
O’zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi faoliyatida parvozlar xavfsizligini boshqarish nizomini ishlab chiqarish va joriy etishda ishtirok etish.
3.ASOSIY FUNKTSIYALAR -
Fuqaro va eksperimental aviatsiyasi, birgalikda ishlatish va bazalashtirish aerodromlarini sertifikatsiyalash va belgilangan tartibda munosib sertifikat berish.
-
O’zbekiston Respublikasi Havo kodeksi va boshqa me’yoriy hujjatlar tomonidan belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi samo hududini foydalanishini boshqarish va tartibga solish.
-
Quyidagi sohalar bo’yicha fuqaro aviatsiyasi ob’yektlariga o’rnatilgan talablarga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida nazoratni tashkil etish (tekshirish):
-
Havodagi harakatga xizmat ko'rsatish:
-
O’zbekiston Respublikasi samo hududinifoydalanishini tartibga solish:
-
Havodagi harakatga xizmat ko'rsatish (boshqarish);
-
Havo trassasini radiotexnik qoplanishini ta’minoti;
-
Aerodrom xizmati:
-
Aerodromning radio va elektryoritgich ta’minoti;
-
Aerodromni ta’minlash xizmati;
-
Parvozlarning meteorologiya ta’minoti;
-
Aviatsiya xodimlarining malakasini saqlash:
-
Ish faoliyati aerodrom va aeroportga tegishli bo’lgan aviatsiya xodimlarini birinchi tayyorgarlik, qayta tayyorgarlik, malaka oshirish uchun o’quv rejalar va dasturlarni ekspertizasini tashkil etish.
-
HHB xizmatlarida, aerodrom ekspluatantlari tomonidan va O’zbekiston Respublikasi fuqaro aeroportlarida parvozlar xavfsizligini ko’tarishga yo’naltirilgan marosimlarni ishlab chiqarish va ijro etishni boshqarish.
-
Hozirda guvohnoma va HHB uchun ruxsatnomasi bo’lgan harakat xizmati rahbarlar tarkibi, katta dispetcherlar, HHB xizmati dispetcherlar tarkibini malakaviy tekshiruvini tashkil etish va o’tkazish.
-
Muvofiq muassasalar, korxonalar va tashkilotlar tomonidan xozirgi O’zbekiston Respublikasidagi dispetcherlarni tayyorlash, tekshirish va mustaqil ishga ruxsat berish qoidalariga rioya qilishini nazorat qilish.
-
HHB xizmati va O’zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aeroportlarida parvozlar xavfsizligi holati analizini o’tkazish.
-
Qiziqgan vazirlik, muassasa, korxona va tashkilotlar qatnashuvi bilan O’zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aeroportlari va aerodromlari va havodagi harakatga xizmat ko’rsatish faoliyati ish tartibini aniqlovchi me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqarishni tashkil qilish.
-
Faoliyat yo’nalishi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi aviatsiya qoidalar, sertifikatlash va nazorat qilish bo’yicha boshqa me’yoriy, huquqiy va rahbarlik qiluvchi hujjatlarni ishlab chiqarish.
-
Bo’lim inspektorlar tarkibi malakasini kerak bo’lgan darajada saqlash (yo’nalish bo’yicha, birinchi nazariy tayyorgarlik, ish joyidagi praktika, inspektorning maxsus tayyorgarligi, oraliq tayyorgarlik, uzoq-vaqt tayyorgarlik).
-
Havodagi harakatga xizmat ko’rsatish, aerodromlar va aeroportlar, parvozlarni ta’minlash faoliyatiga tegishli yangi maxsustexnikani davlat va ekspluatasiya sinovlarini o’tkazishda ishtirok etish va ishga kiritish sharoyitlarini aniqlash.
-
Fuqaro va eksperimental aviatsiyasi havo kemalari bilan sodir bo’lgan aviatsiya hodisa va mojarolarni tekshirishda ishtirok etish.
-
Parvozlar xavfsizligini boshqarish tizimini (PXBT) ishlab chiqarish va havodagi harakatga xizmat ko’rsatish a’zolari, aerodromlar va aeroportlarga ishga kiritishni nazorat qilish.
-
Havodagi harakatga xizmat ko’rsatish a’zolari, aerodromlar va aeroportlarda parvozlar xavfsizligi ko’rsatkichini nazorat qilish.
-
Havodagi harakatga xizmat ko’rsatish a’zolari, aerodromlar va aeroportlarda Parozlar xavfsizligi kunlarini tashkil qilish va o’tkazishni nazorat qilish.
4.BO’LIM FAOLIYATINI TASHKIL QILISH -
Sertifikatsiyalash, litsenziyalash va parvozlar xavfsizligini nazorat qilish bo’limi boshlig’i taqdimoti bilan Davavianazorat boshlig’i ta’yinlaydigan boshliq bo’limni boshqaradi.
-
Bo’lim boshlig’i bo’lmaganida uning majburiyatlarini bo’limning ta’yinlangan bosh mutaxassisi bajaradi.
-
Bo’lim ishchilari o’z lavozimi qo’llanmasiga ko’ra majburiyatlarini bajaradi va javobgarlik olib boradi.
-
Bo’lim ishi Sertifikatsiyalash, litsenziyalash va parvozlar xavfsizligini nazorat qilish bo’limi boshlig’i tomonidan tasdiqlangan rejaga ko’ra amalga oshiriladi.
-
Bo’lim ishlash tartibi “Davavianazorat ishchilari uchun ichki mehnat tartibi qonunlari” asosida o’rnatiladi.
-
Bo’lim boshlig’i har bir ishchining ixtisoslashuvini inobatga olgan holda bo’limning samarali ishini va mutaxassislarning o’zaro almashinuvini ta’minlash uchun majburiyatlarni bo’limning bosh mutaxassislari orasida faoliyat yo’nalishlariga ko’ra teng taqsimlaydi.
-
Bo’lim mutaxassislari Davavianazorat Oliy Kvalifikasiya Komissiyasi ishiga va O’zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi ta'lim muassasalari davlat imtihoni komissiyasiga ekspert sifatida jalb qilinadi.
-
Bo’limning tuzilish chizmasi ilovada tasvir etilgan.
ASHHBNB Nizomiga Ilova
Aerodromlarni sertifikatsiyalash va havodagi harakatni boshqarishni nazorat qilish bo’limi boshlig’i
ASHHBNB Parvozlarning meteorologik ta’minoti bosh mutaxassisi
ASHHBNB parvozlarni radio va elektryoritishtexnik ta’minlash bosh mutaxassisi
ASHHBNB Aerodromlar sertifikatsiyasi bosh mutaxassisi
Do'stlaringiz bilan baham: |