Xalq og’zaki ijodi va uning o’ziga xos X ususiyatlari, tarixiy taraqqiyoti



Download 101,8 Kb.
bet5/17
Sana03.01.2022
Hajmi101,8 Kb.
#315420
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
1493285161 67967

Folklorda ijodiy metodh&duy adabiyotdan farqli o’laroq, voqelikni in’ikos etish vositalari hamda uni tipiklashtirish prinsiplarida namoyon bo’ladi. Xalq asarlarida davming tarixiy ruhi real aks ettirilib, keng miqyosdagi tipiklashtirish prinsipiga amal qilinadi. Chunonchi, o’zbek qahramonlik eposi — «Alpomish»da Qo’ng’irot qabilasida patriarxal — urug’chilik alomatlari yemirila boshlagan davrlarda oila uchun kurashning jamiyat ijtimoiy munosabatlarida muhim rol o’ynaganligi real ko’rsatilib, bu Alpomish va Barchin obrazlarida keng miqyosli umumlashma holida tipiklashtirilgan. Ammo xalq badiiy tafakkuri hali ilk bosqichida dunyoni stixiyali materialistik tarzda anglashga, idrok etishga moyil va qodir edi. Bu hoi o’sha real hodisalarni ajabtovur mo’jizaviylik yoki sehrlilik fonida tasawur qilishga olib keldi. Natijada xalq badiiy tafakkurida reallik va fantastika o’zaro uyg’unlashib ko’rina boshladi. Shu tariqa folklorda shartlilik -fantastika va hayotiylik — reallik o’zaro singishib, tipik holga aylanib bordi. Masalan, sehrli ertaklardagi go’zal ayollar obrazlarini ko’zdan kechiraylik. Ularda xalq o’zinig estetik idealinigina emas, balki o’zbek ayoliga xos eng yaxshi fazilatlarni ham umumlashtirib ifoda etgan. Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, dunyoni abstrakt — idealistik va realistik tasawur qilishning g’alati holda o’zaro qo’shilib ketishi folklor ijodiy metodining o’ziga xos xususiyatiga aylandi. Shu jarayonda fantastika va romantika mehnat ahliga o’z xayoli — o’ylarida yorqin kelajakni yaratish imkonini bergan: manzildan manzilga tezroq borish istagi — uchar gilam, g’irot, boychibor, simurg’larni; dushmandan qasos olish istagi — urto’qmoq, bir sermaganda qirq gaz cho’ziladigan keskir qilichni, ichi qovoqariga to’la tarvuzni; jahon ayvonidagi voqealardan voqif bo’lish istagi — oynayi jahonni; hayot ishqi bilan yashash istagi - insonni yashartiruvchi yoki har qanday xastaliklardan xalos etuvchi obi hayot, sehrli olma va hokazolarni yaratganki, kishilik jamiyatining hozirgi bosqichida qachonlardir sehrlilik timsoli bo’lgan bu obrazlar tezuchar samolyotlar, tezyurar avtomobillar, avtomat, minomyot, katyushalar, televizor va hayotbaxsh dorilar tarzida reallashdi.

Folklordagi bir qator janrlarda, jumladan, maishiy-hayotiy ertaklarda, tarixiy va lirik qo’shiqlarda voqelik ham, qahramon ham real ifodalanadi. Bu, shubhasiz, xalq onginig mifologik tasawurlardan qutula borib, o’z-o’zini anglashi ancha chuqurlashgan, oilaviy va ijtimoiy turmush tarzidagi o’zgarishlarni teranroq idrok eta borishi tufayli nisbatan keyinroq sodir bo’lgan hodisadir.

Xalqning juda ko’p asarlarida qahramonni badiiy ifodalash prinsipi ham mushtarakdir. Xalq ideal fazilatlar egasi bo’lib, ommani ergashtira oladigan qahramonnigina qabul qilgan. Shu sababli folklor asarlaridagi qahramon beqiyos yiriklashtirilgan: Alpomish, Go’ro’g’li, Rustam, Ravshan, Avaz, Nasriddin afandi, Kal, Aldar ko’sa, Kachal polvon — bularning har birida xalq qudrati va zakovati bor salobati bilan umumlashtirilgan. Shu sababli ular hamisha, har qanaqa og’ir vaziyatda g’olib chiqadi va xalq umidvorligi (optimizm)ini tashiydi. Qahramon birinchi o’rinda turganidan folklor qahramonlarining individual ruhiy (psixologik) tavsifnomasi ikkinchi darajali sanalgan. Salbiy personajlar ham xuddi shunday o’y asosida yaratilar, shu tariqa, xalq asarida umumlashgan ijobiy va salbiy obrazlargina bo’lar edi. Ular yaxshilik va yomonlik timsollari sifatida o’zaro kurashar va har gal yaxshilik kuchlari g’alabasi bilan yakun topishadi. Folklor asarlarida ijobiy qahramon ruhiy tavsifnomada emas, balki alohida hayotiy epizodlarda o’zi xulqi, xatti-harakati va qiliqlari bilangina ko’rsatiladi. Folklor obrazlari tizimi nisbatan qat’iylashgan ijobiy va salbiy tiplarga bo’linadi: dostonlarda qahramon va uning dushmani, ertaklarda dono dehqon va zolim boy, zakovatli chol va tentak podsho; o’gay ona va jafokash qiz kabi. Asar syujeti ham shu xilda qarama-qarshi qo’yish zamirida qurilar, konflikt esa xuddi shunda zuhur etar, kompozitsiya va voqealar yo’nalishi ham shu asosda kechar edi. Bularning barchasida xalqona oddiylik sezilib turar edi. Shunday qilib, folklor asarlari romantika bilan singishib ketgan realistik metod asosida yaratiladiki, bu badiiy adabiyotdagi realistik metoddan voqeiikni haddan ziyod umumlashtirishi, qahramonni behad yiriklashtirishi, uning shaxsiy turmushini detallashtirmay, ruhiy murakkablikda ko’rsatmay tipiklashtirishi xususiyatlari bilan farq qiladi.

Folklor haqidagifan - folklorshunoslik (folkloristika) bo’lib, xalq og’zaki badiiy ijodiyotining so’z san’ati tarzidagi xususiyatlarini: folklorning paydo bo’lishi, shakllanishi va taraqqiyot bosqichlarini, undagi ijodiy jarayon va yashash tarzi qonuniyatlarini, hayotiy mazmuni, ijtimoiy tabiati, g’oyaviy mohiyati, badiiy o’ziga xosligi, janrlarining spesifikasi, shuningdek, yozma adabiyot bilan munosabati - o’zaro ta’siri va aloqalari masalalaridan bahs yuritadi. Folklorshunoslik ilmi bilan shug’ullanuvchi mutaxassis - folklorshunos (folklorist) deb yuritiladi.

Folklorshunoslik sotsiologiya, etnologiya, til, tarix, arxeologiya, san’atshunoslik, musiqashunoslik va boshqa fanlar bilan aloqadoriikda ish ko’radi. Chunki folklor sinkretik so’z san’ati sifatida san’atning barcha turlari bilan chambarchas bog’langan.

Folklorshunoslik adabiyotshunoslik fani bilan ham uzviy aloqadoriikda ish ko’rsa-da, ular o’rtasida bir-biridan farq qiluvchi xususiyatlar mayjud. Chunonchi, folklor asarlarining g’oyaviy-estetik tahlili folklorshunoslik qonuniyatlari talabi bilan amalga oshirilsa, badiiy adabiyot tahlili adabiyotshunoslik qonuniyatlariga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. Bunda adabiyotshunos o’zi o’rganayotgan muammoga aniq va tayyor materialga qisman ega bo’lsa, folklorshunos ko’pincha bunday imkoniyatga ega emas. U o’rganmoqchi bo’lgan muammosiga taalluqli materialni xalqdan yig’ishdan ish boshlaydi. Bu jarayonning o’ziga xosligi va qiyinchiligi shundaki, u folklorshunosdan uzoq muddatli yig’uvchilik faoliyati bilan shug’ullanishini taqozo etadi. Yozib olingan u yoki bu folklor asarining qay bir marosimga daxldorligiga, kuyiga, teatrga xos unsurlarga egaligiga, tilining jonliligiga e’tibor berishni ham diqqat markazida tutmog’i lozim. Buning uchun o’sha to’plovchining o’zi shu sohalardagi bilimlardan xabardor bo’lmog’i shart.

Folklorshunoslik fani uch tarmoqdan tarkib topgan holda shakllangan:


  1. Xalq ijodiyoti namunalarini to ‘plash. Folklorshunoslik, dostawal, xalq ijodiyoti namunalarini yozib olish (to’plash)dan boshlanadi. Bu jarayon individual va jamoa shakllarida ilmiy ekspeditsiya uyushtirish zamirida amalga oshiriladi.


  2. Download 101,8 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish