Xalq og’zaki ijodi va uning o’ziga xos X ususiyatlari, tarixiy taraqqiyoti



Download 101,8 Kb.
bet4/17
Sana03.01.2022
Hajmi101,8 Kb.
#315420
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
1493285161 67967

An’anaviylik xalq ijodida u yoki bu asar matnining og’izdan og’izga o’tishi jarayonida nisbatan barqarorliknigina anglatib qolmay, balki o’sha asarning avloddan avlodga o’tish jarayonida dastlabki ijrosiga xos xususiyatlarni, kuyi va shaklini, tasviriy ifoda vositalarini va qahramonlarini nisbatan o’zgarmagan holda saqlab qolganligini ham anglatadi.

Xalq ijodiyotida an’anaviylik g’oyaviy-badiiy mazmunda keng ko’lamga ega. Zero, mavzu mohiyatiga ko’ra uning barcha tur va janrlaridagi namunalarida vatan, xalq va mehnatni ulugiash, adolatsizlikka nafrat bilan qarash, do’stlik va birodarlikni qadrlash, chin insoniy muhabbatni sharaflash mushtarak an’anaviy motivlardir. Shuningdek, an’anaviylik folklorning har bir turi va janrining kompozitsion tarkibiga xos unsurlar umumiyligini ham namoyon etadi. Aytaylik, qo’shiq janri tabiatiga daxldor an’anaviy unsurlarning hammasi ham doston janri tabiatiga to’g’ri kelavermaydi. Dostonlargagina xos an’anaviy epik ko’lamdorlik, epik qoliplar, umumiy tipik o’rinlar va boshqalar qo’shiqlarda uchramaydi. Lekin bular xalq eposi uchun an’anaviy unsurlar sanaladi. Yoki xalq eposini an’anaviy boshlama va tugallanma, otni egarlash va ta’riilash, otda bahodirona chopish, janglar tasviri, safarga otlangan qahramonga nasihat qilish, jangga kirish oldidan o’zini maqtashi, sevishganlar uchrashadigan chorbog’lar tavsifi, malikalar, kanizaklar, ko’sa va maston kampirlar tasvirisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Bularsiz dostonlarda an’anaviy syujet qurilmasini yaratish qiyin.

An’ana — jamoa ijodkorligining mahsuli, shu bilan birga, folklor asarlarini jamoaviy holda saqlab qolishning ham o’ziga xos shakli hisoblanadi. Binobarin, folklor asarlarining og’izdan og’izga o’tib yashashining o’zi an’anaviyligidir. Og’zakilik folklorning o’zgarmas shakli bo’lib, o’z navbatida, xotirada saqlamoqni, yodlab eslamoqni taqozo etadi. Buning uchun esa, kuchli hofiza zaruriyatga aylanadi. O’zbek baxshi va shoirlari orasida qirqdan ziyod an’anaviy dostonlarni, tag’in qanchadan - qancha termalarni bilgan, kuylagan, yana o’zi to’qiganlarning borligi shu an’anaviy ehtiyojning hosilasidir. Sirasini aytganda, an’anaviylik folklorninggina emas, balki xalq musiqasi. raqsi va amaliy san’atining ham xos belgisi sanaladi.

An’anaviylik o’zining ijtimoiy-tarixiy manbalariga ega. Chunonchi, folkorning ilk namunalari ibtidoiy jamiyatda yaratilgan, ularda o’sha zamon kishilarining nisbatan qaror topgan urf-odatlari va hayotga oid qarashlari aks etgan. Bu hoi folklor asarlari shakli, obrazlari va motivlari muayyan barqarorlik kasb etishini ta’minlagan.

Xalqning asrlar davomida shakllangan badiiy zavqi, didi bor, folklor hamisha shu xalqona estetik prinsipga amal qilib yashaydi. Bu - folklor uchun obyektiv qonuniyat. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning xalq estetikasiga ko’rsatadigan ta’siri folklordagi an’anaviylikni harakatga soladi. Masalan, ijtimoiy tafakkur taraqqiyoti xalq e’tiqodida yasagan tub burilishlar oqibatida badik, kinna, burey-burey janrlari, shuningdek, «Sust xotin», «Choy momo», «Barot keldi» marosimlari so’nib, iste’moldan chiqib ketdi. XX asrning ikkinchi choragidan boshlab yangi voqelikning yuzaga kelishi tufayli doston yaratish an’anasi ham so’nish sari yuz tutdi, qo’shiq, maqol, askiya, og’zaki hikoya davom etmoqda, ayrim yangi shakl - janr, jumiadan, tarixiy qo’shiq yuzaga keldi. Shuningdek, an’anaviy qo’shiq motivlari o’zgardi. Yangi voqelik mazmuniga mos obrazlar va qarashlar evaziga to’lishdi.

Ayrim janrlar poetik tizimida jiddiy o’zgarishlar sodir bo’ldi. Jumiadan, yangi dostonlarda, garchi an’anaviy dostonchilikka xos, epiklikka, tayyor qoliplarga, motivlarga suyanilsa-da, biroq bular endi an’anaviy dostonlardagidek g’ayritabiiylik asosida emas, balki hayotiy reallikka, obyektivlikka asoslangan holda ifodalanadigan bo’ldi. An’anaviy dostonlarning ideal qahramonlari g’ayritabiiy kuchlar madadkorligida harakat qilib g’alaba qozonsa, yangi dostonlarning qahramonlari real tarixiy shaxsiar bo’lib, ular yangi voqelikka suyanib harakat qiladi va o’z maqsadiga erishadi. Bunday farqni an’anaviy dostonlar bilan yangi dostonlar konflikti misolida ham ko’rish mumkin. Konflikt an’anaviy dostonlarda yakka shaxs manfaati taqozosi, yangi dostonlarda esa omma manfaatlari taqozosi hosilasidir. Binobarin, yangi dostonlar konflikti hayotiy zaminga ega va uning yechimi ham realdir.



Anonimlik aslida folkloming jamoa ijodi sifatida yuzaga kelishi natijasi o’laroq paydo bo’lgan xususiyatidir. Anonim yunoncha «anonumos» so’zidan olingan bo’lib, lug’aviy jihatdan «nomsiz, nomi noma’lum» ma’nolarini anglatsa-da, istilohiy ma’noda xalq ijodiyotiga xos xususiyatini bildiradi. Binobarin, ayonlashayotirki, folklor asarlari yaratuvchisi nomining noma’lumligi — uning anonimligini tayinlaydi.

Folklordagi anonimlik hodisasi yozma adabiyotdagi taxallus vositasida asl nomni yashirishdan farq qiladi, albatta. Og’zaki asarlar qachonlardir kim tomonidandir ijod qilinganiga shubha bildirib bo’lmaydi. Biroq o’sha ilk ijodkor uni o’z asari sifatida qabul qilmagan, aniqrog’i, unga mualliflikni da’vo etmagan. U og’zaki aytgan, kuylagan yoki ijro etgan o’sha asar og’izdan og’izga, otadan farzandga, avloddan avlodga, urug’dan urug’ga, qabiladan qabilaga ko’chib, zamon elagidan o’tib, didlar ta’sirida sayqallanib, individual ijodkoriga taalluqliligini yo’qotib, jamoa ijodi hosilasiga aylana borgan va muallifi noma’lumlashib qolgan. Bu hodisa xalq ijodiyotining anonimligi xususiyatini shakllantirgan.



Variantlilik va versiya. Xalq ijodiyoti namunalari jonli ijro jarayonida xilma-xil variantlardagina yashaydi. Variantlilik -folklorning jonli yashash tarzi. «Variantlilik, - deb yozadi T.Mirzayev, - folklor tabiati, uning estetikasi, yaratilishi va jonli ogzaki ijroda yashash qonuniyatlari hamda funksiyasidan kelib chiqqan xususiyatidir. U folklorning hamma tomonlari va elementlarini - sujeti, obrazliligi, stilistikasini, umuman, poetikasi va janr xususiyatlarini qamrab oluvchi belgisidir».7 Binobarin, variant ma’lum bir asarning jonli og’zaki epik an’ana zaminida vujudga kelgan, bir-birini inkor etmasdan yonma-yon yashay oladigan va o’zaro farqlanuvchi turli-tuman matnlaridir. Chunonchi, «Alpomish» dostonining yigirma sakkiz dostonchidan yozib olingan o’ttiz uchta to’liq, parcha, ertak va mazmunidan iborat variantlari mavjud.

Xalq ijodiyotida variantlar bir-birlaridan, awalo, asar matnining saqlanishi, ya’ni to’laligi, qisqarganligi, parcha holiga kelganligi yoki kontominatsiya (lotincha: contaminatio — bir-biriga tegdirmoq, aralashtirmoq, qorishtirmoq)ga uchraganligi, so’ngra esa, badiiy shaklining o’zgarib turishi, aytaylik, band yo bayt tarldbining o’zgarib turishi, bir matnning goh u va goh boshqa bir janr tarkibida o’rin almashtirishi natijasida farqlihk kasb etadilar. Shu sababli folklorda har bir variant to’la va teng huquqqa ega mustaqil asar sanaladi.

Variantlilikning muhim xususiyati, versiya ichida harakat qilishidir. Binobarin, versiya mohiyatan ancha keng hodisa bo’Ub, «kompozitsion va g’oyaviy-badiiy tasvir vositalari jihatidan bir-biridan prinsipial ravishda keskin farq qiluvchi xalq og’zaki poetik ijodining bir sujet va janrdagi namunalari (tekstlari)»8 dan tashkil topgan. Chunonchi, «Alpomish» dostonining o’zbek, oltoy, tatar, boshqird, qoraqalpoq, qozoq va boshqa xalqlarga mansub versiyalri kabi. Gohida birgina doston birgina xalqning o’zida ham ikki va undan ortiq versiyaga ega bo’lishi mumkin. Masalan, «Shirin bilan Shakar» va «Sohibqiron» dostonlari o’zbek xalqi orasida ikki versiyada tarqalgan.

Shunday qilib, variantlilik folklor asarlarining xalqchilligini hamda tarqalish chegarasini belgilaydi, folklorda kechayotgan o’zgarish-larning sabablarini o’rganish asosida xalq ijodiyotidagi jarayonlarga xos qonuniyatlarni ochish uchun boy material beradi.




Download 101,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish