Og’zakilik va improvizatsiya (badihago’ylik) — xalq ijodining yashash va yaratilish tarzi. Chunki u hali yozuv kashf qilinmagan uzoq o’tmishdagi ajdodlarimiz turish-turmushining, dunyoqarashi va e’tiqodining, kurashlardagi zafari va mag’lubiyatlarining ifodachisi sifatida yuzaga kelgan. A.A.Potebnya fikricha, folklor «xotira manbayidan», aniqrog’i, xotiraning og’izdan og’izga o’tib yurish inersiyasidan tug’iladi. Uningcha, «xotira manbayi» — bir yoki bir qancha kishilarning shunchaki tushunchasi bo’lmay, balki butun bir xalqning duv-duv gapi, mish-mishi, og’zaki fikridir. Bu mish-mish yoki og’zaki fikr ustozdan shogirdga (otadan-bolaga), urug’dan-urug’ga, avloddan-avlodga o’tib, yangi davr ruhidan, yangi ijrochi va ijodkor salohiyatidan sayqal topib yashaydi. Bunday sayqallanish u yoki bu folklor asarining shakli va mazmuniga qandaydir o’zgarish kiritilishi-nimaningdir qo’shilishi, nimaningdir tushirib qpldirilishida zuhur etadi. Aytaylik, biror tarixiy dalilning unutilishi tufayli asardan tushirihb qoldirilishi murnkin. Yoki dostondagi qo’shiq qismining unutilishi oqibatida u ertak shaklida yashashi murnkin. Yoxud aksincha. Ertak dostonga o’sib chiqishi ham mumkin. Bular og’zakilikning jonli harakatdagi jarayoni sifatida folklorning yashash tarziga xos belgilari sanaladi. Zotan, folklor og’izdan og’izga o’tib yashasa, badiiy adabiyot yozuv vositasida yashaydi. Folklor asari og’zaki aytiladi (ertak, maqol, topishmoq, rivoyat, afsona, latifa, naql va boshqalar), ijro etiladi (doston, og’zaki drama, lof, askiya va boshqalar), kuylanadi (qo’shiq). Badiiy adabiyot esa faqat o’qiladi, ijrosiga xos xususiyatlar esa folklordan ijodiy o’zlashtirilgan. Qolaversa, og’zakilik u yoxud bu asarning shunchaki og’zaki ijrosigina bo’lmay, balki og’zaki ijro jarayonida yuzagsha kelishi holati hamdir.
Folklor asari og’izdan-og’izga o’tishi tufayli shaklan va mazmunan qanaqa o’zgarishga uchramasin, bu hoi uning g’oyaviy-badiiy, ijtimoiy-estetik qimmatini tushirmaydi. Chunki unda ijodkor xalqning voqelikka munosabati aks etgan. Folklor asarlarining og’izdan og’izga o’tib, uzoq asrlar davomida yashab kelayotganligining asosiy sababi shunda.
Improvizatsiya - lotincha «improviso» so’zidan yasalgan bo’lib, lug’aviy jihatdan «oldindan kutilmagan yoki ko’rilmagan, to’satdan yoki birdan degan ma’nolarni anglatsa-da, istilohiy ma’noda badiiy ijod sohasida maxsus tayyorgarlik ko’rmay, zaruriyat tug’ilgan lahzaning o’zidayoq og’zaki ijro jarayonida ko’ngilni junbushga keltirgan hodisa yoki voqea ta’sirida to’qilgan asardir. Bunday asarlar badihalar ham deyiladi. Aslida bunday asarlar xotira qatlari zamirida saqlangan bo’lib, nogohoniy taassurot tufayli yangidan dunyoga keladi. Shu ma’noda har qanday improvizatsiya azaliy ijodiy tajriba, malaka va tayyorgarlikning hosilasidir.
Improvizatsiyada ijodkorning og’zaki badiiy ijod qonun-qoidalaridan xabardorligi ayricha ahamiyatga ega. U shu qonunlami qancha puxta bilsa, to’qigan asari saviyasi ham shu qadar mukammallik kasb etadi. Xalq ijodkori o’z asarini xilma-xil davralarda, xilma-xil sharoitlarda ijro etishi jarayonida tinglovchilarning yoshi, kasb-kori va qiziqishlarini hisobga ohb, o’sha asarining qay bir epizodini, bayti yoki bandini tashlab ketishi, qay bir yangi epizod, bayt yoki bandni qo’shib kuylashi mumkin. Shu asosda o’sha folklor asarining xilma-xil variantlari yuzaga kelishi mumkin. Binobarin, folklordagi variantlilik, asosan, improvizatsiya natijasidir.
Improvizatsiya u yoki bu janrga mansub matnning muttasil harakatda bo’lishini ta’minlaydi va hatto alia, yig’i singari janrlarda nisbatan faolroq namoyon bo’lib, faqat badihaviylik hosilasi sifatida yuzaga kelishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |