Dasturiy metodik ta’minot asosida “Xalq hunarmandchiligi va badiiy loyihalash” fanini o‘qitish metodikasi
Annotatsiya: ushbu maqolada xalq hunarmandchiligi tarixi,uning kelib chiqishi va badiiy loyihalash fanini o'qitishda kreativ yondashuv, loyilash,kashtachilik va uning bezaklari,xalqimiz madaniyatida tutgan o'rni haqida fikrlar yoritilgan.
Kalit so'zlar: xalq hunarmandchiligi, ganchkorlik, naqqoshlik, yog'och, tosh ,suyak o'ymakorligi, pichoqchilik, zargarlik, kashtachilik, zardo'zlik, gilamchilik, kigizchilik, savatchilik, bo'yrachilik, loyihalash. O'zbekiston mustaqillikka erishgach, xalqimiz o'zining qadimiy milliy hunarmandchilik an'analarini tiklash va rivojlantirish imkoniyatiga ega bo'ldi. Xalq hunarmandchiligi juda qadim zamonda paydo bo'lib, hunarmandchilikning eng qadimgi rivojlangan va barhayot turi bo'lib kelgan. O'tmishga nazar solar ekanmiz, xalq hunarmandchiligining eng rivojlangan ganchkorlik, naqqoshlik, yog'och, tosh va suyak o'ymakorligi, pichoqchilik, zargarlik, kashtachilik, zardo'zlik, gilamchilik, kigizchilik, savatchilik, bo'yrachilik kabi turlarni o'ziga xos bajarish texnologiyalari haqiqiy milliy nomlari, ularga xos atamalar, nom qozongan ustalar yo'qolib ketishi xavfi ostida qolgan edi. Yoshlarning ma'naviy barkamol bo'lib etishishida, ularda milliy ruh va iftixor hissini uyg'otishda xalq hunarmandchiligining roli beqiyosdir. Mamlakatimiz moddiy madaniyati tarixida muhim mavqeni egallagan xalq hunarmandchiligi shunday xazinaki, unda xalq hayotiga oid qimmatli ma'lumotlar aks etadi. Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san'atini rivojlantirishni yanada qo'llab-quvvatlash, xalq ijodiyoti sohasiga aholining keng qatlamini, shu jumladan yoshlarni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlarni ta'minlash maqsadida: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san'atini rivojlantirishni rag'batlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" 2008-yil 1-apreldagi PF-3983- sonli Farmonining 1-bandida nazarda tutilgan.Ushbu farmonga ko'ra bugungi kunda xalq hunarmandchiligiga bo'lgan e'tibor chetda qolmaganligidan dalolat beradi. Xalq hunarmandchiligi turlaridan kashtachilik tarixiga nazar solsak, kashtachilik - juda qadimiy hunar. U chet ellarda ham shuhrat qozongan. Kashtachilik - kashta tikish kasbi, amaliy san'atning qadimiy soxalaridan biri bo'lib kelgan. Arxiologik topilmalar kashtachilikning deyarli barcha xalqlarda qadiymiyligini, iqlim, tabiiy sharoit, muxit bilan bog'liq holda xar bir xalqning madaniyati, san'ati, kasb hunar turlari bilan birga, ularni tasiri bilan rivoj topganini ko'rsatadi. Kashtachilikni paydo bo'lishi teridan qilingan kiyimlarda bog'lam va choklarni yuzaga kelishi bilan bog'liq. Davrlar mobaynida toshlardan suyaklardan bigizlarga metal begizlardan o'tish bilan, to'qish, shuningdek mato to'qish bo'yash va boshqa ishlar bilan bog'liq. Kashtachilik taraqiyotni Qadimgi Osiyo, Yevropa, Amerika madaniy yodgorliklari adabiy manba'lardagi kashtalar tasvirida, shuningdek, saqlanib qolgan kashtachilik namunalardan kuzatish mumkin. Kashtachilik mahsulotining eng qadimiy nusxalari saqlanmagan. Kashtachilik rivojlangan xaqlarda unga tasviriy san'atni ta'siri katta bo'lgan. Masalan: XI asrga oid ingliz kashtalarida jang lavxalari aks ettirgan. O'rta Osiyoda ayniqsa, o'zbek, turkman, tojik ayollari o'rtasida kashtachilik keng tarqalgan. Kashta tikish uslublari turli-tumanliligi o'zbek kashtado'zlarning san'atidan dalolat beradi. Masalan: Nurota, Buxoro, Samarqand Kashtachilik mahsulotlari yo'rma kandaxayol chok bilan, Shaxrisabzda yo'rma, iroqi, Toshkentda esa ko'proq bosma chok bilan tikilgan. O'zbek kashtado'zlari buyum bezaklarida amaliy san'atini boshqa turlarida andoza olganlar. Kashtado'zlarda o'simliksimon tasvirlar shox, gulband, guldastalar ko'p uchraydi. Kashtada ishlatiladigan asosiy ish qurollari igna, ilmoqli igna, ilmoqli begiz, angushvona, chanbarak va boshqalar. Keng tarqalgan choklar kandaxayol, chinnixayol xomdo'zi, yo'rma, iroqi, popur, ilmoq, baxliya va boshqa choklar kiradi. O'zbekiston Respublikasidagi kichik tikuvchilik korxonalari, qo'shma korxonalar va yakka buyurtma asosidagi tikuvchilik korxonalari keng iste'molchilar ommasi ehtiyoji va didini qondiradigan xilma-xil kiyimlar ishlab chiqarmoqda. Bu sohani rivojlantirishda xizmat qiluvchi kichik mutaxassislarni kasb-hunar kollejlarida tayyorlanadi. Ularga maxsus fan sifatida "Tikuv buyumlarini loyihalash, modellash va badiiy bezash" fani o'rgatiladi. Kiyimning asosiy andazalarini tayyorlash, modellar yaratish, asosiy andazalardan model andazalarini chiqarish va unga bezaklar tanlash shu fanning asosiy maqsadidir. Loyihalash - bu murakkab ijodiy jarayon bo'lib, unda har qanday buyumning, jumladan, kiyimning ham loyihasini ishlab chiqish ko'zda tutilgan. Kiyimni loyihalash deganda, kiyimni tashkil etadigan detallar va materiallar kompleksi, shuningdek ularni o'zaro ulab-tikib, muayyan o'lchovdagi va shakldagi yaxlit buyum holiga keltirish usullari, vositalari tushuniladi. Loyihalash jarayonida buyumning hajmli detallarini, tekislikdagi tasvirini hosil qilishdan iborat bo'ladi. Detallarning o'lchov soni va shakli ular yig'ilganda xuddi shu o'lchov va ko'rinishini beradi. Kiyimlarni loyihalashda gavdadan o'lchov olish qoidalari va o'lchovlar asosida buyum asos chizmasini chizish, so'ng chizmadan andaza chiqarib tayyorlash qoidalarini o'rgatiladi. Kiyimni loyihalash bilan turli muassasalar shug'ullanadi. Bular - modalar uyi, tikuvchilik korxonalarining tajriba sexlari, maxsus loyihalash idoralari, ilmiy-tekshirish institutlari va laboratoriyalardir. Kiyimlarni modellashtirishda ijodiy yondashilib, kiyim modelini ijod qilish va asosiy andazadan model andazasini tayyorlash yo'llari o'rgatiladi. Bunda asos chizmasiga eskiz bo'yicha model chiziqlari kiritilib, yangi model andazasi hosil qilinadi. Kiyimlarni badiiy bezashda esa kiyimga turli bezaklarni kiyim turiga va vazifasiga qarab berib, ularni bezatish yo'llari o'rgatiladi. Bunda kiyimning assortimentiga, gazlamasiga, kiyimning kimga mo'ljallanganligiga qarab, bezak unsurlarini tanlash ijodiy jarayon ekanligi yaqqol ko'rinadi.
Xulosa, o'rnida shuni aytish joizki, xalq hunarmandchilik asoslarini egallashda yoshlar amaliy ko'nikma va malakalarga ega bo'ladilar: turli xildagi materiallarni tanlash va ularga ishlov berish; hunarmandchilik asboblari, moslamalari bilan ishlash; ma'lum sohalarda foydalaniladigan elektr va mexanizatsiyalashtirilgan qurilmalar, moslamalar va uskunalar bilan ishlash; buyumlarnihunarmandchilik asarlarini asrash, ta'mirlash va umrini uzaytirish; yo'lyo'riqli, operatsiyali, texnologik va ishlab chiqarish me'yoriy xujjatlar bilan ishlash; jarayonlarni amalga oshirish, bozor iqtisodiyoti sharoitida tayyorlangan buyumlarni va asarlarni iste'molga chiqarish va boshqalar.
Dasturiy metodik ta’minot asosida “Xalq hunarmandchiligi va badiiy loyihalash” da pedagogik dasturiy vositalarni yaratishda qoʻllaniladigan dinamik vositalar illustratsiyalar, animatsiyalar va video yaratish vositalari, maxsus dasturlar yordamida xuddi bir varaq oq qogʻozga qalam yoki ruсhka bilan har xil rasmlarni solish singari kompyuter ekranida siсhqonсha yordamida rasm сhizish, yаʻni tasvir tuzish, tuzatish va ularni harakatlantirish imkonini yаratdi. Bu dasturlar rasm solish programmalari yoki grafik redaktorlar hisoblanib, ular yordamida tasvirning elementlari boshqarib boriladi. Bunday dasturlardan biri Adobe Illustratordir.
Do'stlaringiz bilan baham: |