O‘zbеkiston Rеspublikasida “xalq – hokimiyatning birdan bir manbai”dir. Hamda bu tamoyil O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham belgilab qo’yilgan. Ushbu tamoyil davlat huquqiy faoliyatning mazmunini, uning asosi hisoblanadi. Davlat hokimiyatining xalq manfaatlarini ko’zlab yo’lga qo’ygan faoliyati konstitutsiyada qat’iy bеlgilangan, ya’ni bu davlat hokimiyati zimmasiga qo‘yilgan bosh vazifadir. Davlat tuzilishi shakli boʼyicha O’zbekiston Respublikasi unitar respublika hisoblanadi. Biroq shuni ham ta’kidlash joziki, Oʼzbekiston davlat tuzilishda federalizmning ayrim xususiyatlari ham ko’zga ko’rinadi. Sababi uning tarkibida maʼmuriy-hududiy birliklar, hamda suveren davlat huquqiga ega boʼlgan milliy-hududiy tuzilma hisoblanmish Qoraqalpogʼiston Respublikasi mavjud.
Oʼzbekiston Respublikasi davlat tuzilishining quyidagi xususiyatlari mavjud:
• Oʼzbekistonda tashqi siyosatni Oʼzbekiston xalqining manfaatini koʼzlab va uning nomidan faqat u saylab qoʼygan Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Oʼzbekiston Respublikasining Prezidenti amalga oshiradi;
• Oʼzbekistonda Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi soʼzsiz tan olinadi;
• Oʼzbekiston Respublikasi hududiy tuzilishi yaxlit birlikni tashkil qiladi;
• davlat hokimiyati organlari tizimi Oʼzbekiston hududida yagonadir;
• Oʼzbekistonda moliya, soliq, bojxona tuzilishi va qurolli kuchlari, milliy xavfsizlik va ichki ishlar organlari markazlashtirilgan holda tashkil etilgan.
• Oʼzbekiston hududida yagona fuqarolik joriy qilingan.
2- mantiqiy savol
Shu fanga oid ayrim adabiyotlarda shunday deyiladiki “davlat mexanizmi” bilan “davlat apparati” sinonim tushunchalar. Aslini olganda “davlat mexanizmi” va “davlat apparati” nisbatan ancha keng tushunchalar. U davlat apparati va tashkilotlar tizimidan iborat, ular vositasida davlat hokimiyati amalga oshiriladi va jamiyat ustidan davlatning raxbarligi ta’minlanadi. Har qanday holatda ham davlat mexanizmi barcha tarkibiy qismlarning faoliyati uning o’z oldiga qo’ygan maqsad, vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishga qaratilgandir.
Davlat mexanizmi turli tizimlardan iborat bo’lib, ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
• Davlat apparati;
• Davlat tashkilotlari (davlat, korxona va muassasalari );
Davlat mexanizmi belgilari:
• o’zaro bog’liq va ierarxik jijatdan bir biriga bo’ysunuvchi davlat organlari va tashkilotlari ( davlat korxona va muassasalari) tizimidan iborat;
• davlatning o’z oldiga qo’ygan maqsad va vazifalari hamda funksiyalarini amalga oshirish uchun tashkiliy, moliyaviy va boshqa vositalar bilan ta’minlanganligi;
• har bir davlat organi, tashkiloti vakolatlari va faoliyat doirasining muayyan huquqiy asoslarga ega ekanligi va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |