Uzun matnlar. Uzun matnlar sahifalarga ajratilgan birliklardan iborat bo‘ladi. Ularga misol sifatida ro‘znomalardagi maqolalar, insholar, romanlar, qisqa hikoyalar, taqrizlar va xatlarni keltirishimiz mumkin.
Matnlar o‘quvchilar farqlay olishi uchun sarlavhalar va mavzu bilan ajratib tuzilgan. Bunday belgilar matn chegaralari (masalan, bo’limlar yakuni)ni ko‘rsatuvchi belgilardan iborat.
Shuningdek, kiritmalar ham ma’lumotni tartiblashga yordam beradi. Masalan, tartibni bildiruvchi so‘zlar (birinchidan, ikkinchidan, uchinchidan) har bir bo‘limning bir-biri va butun matn bilan o‘zaro qanday bog‘langanini ko‘rsatadi. Ko‘makchili birikmalar (shuning uchun, shu sababli va h.k.) va bog‘lovchilar matn qismlari o‘rtasida sabab-natija jihatdan aloqadorligini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |