O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TATU FARG`ONA FILIALI
KOMPYUTER INJINERING FAKULTETI
712-20-GURUH TALABASI
XABIBULLAYEV SHAXBOZNING
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: O’zgarmas kuchlanish satxini siljitish qurulmasi xaqida tushuncha
Tekshirdi:Jo`rayeva G.F.
Toshkent-2022
MUNDARIJA
I. KIRISH----------------------------------------------------------------------------------3
II. ASOSIY QISM:
Differensial kuchaytirgichlar
1. O`zgarmas kuchlanish sathini siljitish qurilmasi----------------------------------------- 4
2. Differensial kuchaytirgichlar---------------------------------------------------------------------6
3. Operatsion kuchaytirgichlar---------------------------------------------------------------------11
III.XULOSA ---------------------------------------------------------------------------- 16
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ---------------------------------------17
KIRISH
Moddiy dunyoni bilish usullaridan biri – o`lchashdir. «Har qanday fan o`lchashdan boshlanadi», – degan edi buyuk rus olimi D.I.Mendeleyev. Bizga ma‘lum bo`lgan tabiiy fanlardagi barcha qonunlar zamirida o`lchash yotadi. Elektrik va noelektrik kattaliklarni elektrik usul bilan o`lchashlar katta ahamiyatga ega. Elektr o`lchash usullari boshqa o`lchash turlaridan soddaligi, ishonchliligi, aniqligi, sezgirligi, qayta o`zgartirish va uzoq masofaga uzatish imkoni bilan ajralib turadi.
Elektr o`lchashlar yer qatlamining namligi, sho`rlanishi, zichligini aniqlashda, shuningdek, yer osti ruda konlarini samolyotdan turib magnit usullar bilan razvedka qilishda qo`llaniladi. Hattoki sayyoralar va yulduzlar sirtidagi harorat ham fotoelementlar yordamida elektrik usul bilan aniqlanadi. Murakkab ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish ko`p jihatdan elektr o`lchashlarga tayanadi, chunki ular o`lchash qurilmasi bilan bevosita ishlab chiqarish obyektlariga avtomatik ravishda ta‘sir etish, o`lchangan kattaliklar ustida hisoblash operatsiyalarini avtomatik bajarish imkonini beradi. Ishlab chiqarishning barcha sohalarida mexanizatsiyalashtirish, elektrlashtirish va avtomatlashtirishni yuqori darajaga ko`tarish uchun hozirgi zamon talablariga javob beradigan sodda, puxta, mukammal, arzon, yuqorianiqlik va sezgirlikka ega, har qanday sharoitda o`z ish qobiliyatini saqlab turadigan o`lchov asboblarini loyihalashtirish, ishlab chiqarish va ularni to`g`ri ekspluatatsiya qilish zarur. Shu bilan birga, ishlab chiqarishni jadallashtirish, mahsulotlarni ko`paytirish va sifatini oshirish uchun davlat tizimiga tegishli metrologik birlik va metrologik ta‘minot tizimini qonun talablari darajasida ishlab chiqish zarur.
Elektr o`lchov texnikasi elektronikaning element bazasi hamda avtomatika va hisoblash texnikasiga asoslangan holda qator texnologik masalalarni muvaffaqiyatli yechish zamirida tez sur‘atlar bilan rivojlandi va takomillashtirildi.
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda bir necha million o`lchash asboblaridan foydalanilmoqda. Ularning har biri bilan har kuni ko`plab o`lchashlar bajariladi. Bunday sharoitda o`lchash birligini ta‘minlash katta iqtisodiy ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |