Xa. Qurbonoy, M. J. Bauetdinov


xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari va kreditlari



Download 0,78 Mb.
bet54/69
Sana21.04.2022
Hajmi0,78 Mb.
#569735
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   69
Bog'liq
moliya0

xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari va kreditlari;
0‘zbekiston Respublikasining ham rezidentlari, ham norezidentlari bo'Igan yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik yordami;
Jamg'armaning vaqtincha bo'sh mablag'larini joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
Jamg'arma mablag'lari O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning ruxsati bo'yicha mahalliy moliya organlari tomonidan ochiladigan «Maktab ta’limi jamg armasi mablag'lari» maxsus hisob raqamlarida jamlanadi.
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va mahalliy moliya organlari Ijro etuvchi direktsiya tomonidan berilgan vakolatlar doirasida Jamg'arma hisob raqamlarini boshqarishni amalga oshiradilar.
Jamg'arma daromadlari va xarajatlari prognozini tayyorlash, ko'rib chiqish va tasdiqlash «Byudjet tizimi to'g'risida» O'zbekiston Respublikasi qonuniga va ushbu Nizomga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjetini tayyorlash bilan bog'liq holda amalga oshiriladi.
Ijro etuvchi direksiya har yili navbatdagi yil uchun:
Davlat soliq qo'mitasi bilan birgalikda Jamg'annaga har yili Davlat byudjetini ishlab chiqishda nazarda tutiladigan stavkalar bo'yicha soliq tarzidagi tushumlar, shuningdek boshqa byudjet manbalari prognozini amalga oshiradi;
O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda byudjetdan tashqari manbalardan, shu jumladan xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari va kreditlarini, O'zbekiston Respublikasining ham rezidentlari, ham norezidentlari bo'lgan yuridik va jismoniy shaxslarning beg'araz yordamini jalb etishdan tushumlar prognozlarini tayyorlaydi.
Ijro etuvchi direksiya Jamg'armaning byudjet va byudjetdan tashqari daromadlari prognozi asosida 1 iyungacha O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga va Xalq ta’limi vazirligiga Jamg'arma xarajatlari limitlarini keyingi yil uchun byudjet va byudjetdan tashqari manbalarga taqsimlagan holda yetkazadi.
O'zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda 1 iyulgacha Ijro etuvchi direksiyaga Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo'yicha xarajatlaming barcha asosiy yo'nalishlari bo'yicha keyingi yil uchun Jamg'arma xarajatlari prognozini taqdim etadi.
Jamg'armaning keyingi yil uchun daromadlari va xarajatlari prognozlari Ijro etuvchi direksiya tomonidan Jamg‘armani boshqarish kengashiga ko’rib chiqish va tasdiqlash uchun kiritiladi.
Jamg’arma daromadlari va xarajatlarining yillik prognozlari O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlari tasdiqlangan vaqtdan boshlab 5 kundan oshmaydigan muddatda Jamg’amiani boshqarish kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Jamg’arma daromadlari va xarajatlarining yillik parametrlari tasdiqlangandan keyin Ijro etuvchi direktsiya 5 kun mobaynida xarajatlaming yil choragi bo’yicha taqsimotini Jamg’arma mablag‘larini oluvchilarga (Xalq ta’limi vazirligining hududiy bo’linmaiariga va joylardagi yagona buyurtmachi xizmatiga) yetkazadi.
Jamg‘arma daromadlari va xarajatlarining yillik prognozlari Jamg‘armani boshqarish kengashi tomonidan tasdiqlangandan keyin 30 kun mobaynida Xalq ta’limi vazirligining hududiy bo‘linmalari byudjet va byudjetdan tashqari mablag’larga bo'lgan holda xarajatlar smetasini (qurilish va mukammal rekonstruktsiya qilish xarajatlaridan tashqari) ishlab chiqadilar hamda 0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga va joylardagi tegishli moliya organlariga ro’yxatdan o’tkazish uchun kiritadilar.
Agar mablag’Iar homiylar yoki grant berovchi tomonidan Jamg’armaga ulardan foylanishning jamg’arma maqsadi va vazifalariga zid bo’lmagan maqsadlari va shaitlari ko’rsatilgan holda taqdim etilsa, u holda ushbu mablag’lardan homiylar yoki grant beruvchilar ko’rsatmalariga muvofiq foydalanilishi kerak.
Ijro etuvchi direksiya Jamg’armaning bo‘sh mablagiarini:
davlat qisqa muddatli pul majburiyatlariga;
tijorat banklaridagi depozitlarga joylashtirishga haqlidir.
Sunday joylashtirish natijasida olingan daromadlar Jamg’armaning tegishli hisob iaqamJariga o’tkaziladi.
Jamg’arma mablagiari quyidagi yo’nalishlar bo’yicha sarflanadi:

  1. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligidagi Jamg’armaning maxsus hisob raqamlaridan Maktab ta’limini rivojlantirish dasturini amalga oshirish bo’yicha har yili tasdiqlanadigan xarajatlar prognozidan kelib chiqib quyi bvudjetlarga maqsadli subventsiyalarga;

  2. Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahridagi Jamg’armaning maxsus hisob raqamlaridan:

namunaviy loyihalardan foydalanilgan holda loyiha-smeta hujjatlari mavjud bo’lgan taqdirda faqat tasdiqlangan manzilli ro’yxatlarga muvofiq buzib tashlanadigan maktablar o’rniga yangi maktablar qurishni, maktablami mukammal rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlashni moliyalashtirishga;
maktablami zamonaviy o’quv-laboratoriya asbob-uskunalari va kompyuter texnikasi bilan jihozlashga;
partalar va maktab mebellari sotib olishga; maktablami sport anjomlari bilan jihozlashga; quyi byudjetlaiga maqsadli subventsiyalarga;
v) tumanlar va shaharlardagi Jamg’armaning maxsus hisob raqamlaridan uniumta’lim maktablarini joriy ta’mirlashga sarflanadi.
Umumta’lim maktablariga Vaziriar Mahkamasining «Byudjet tashkilotlarini mablag' bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to’g'risida» 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan byudjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg'armalari mablag'laridan Dasturni amalga oshirishda foydalanishga ruxsat beriladi.
Jamg'arma mablag'laridan:
Qoraqalpog'iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmalari tomonidan - Qoraqalpog'iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari tomonidan ro'yxatdan o'tkazilgan xarajatlar smetasi asosida;
tumanlar va shaharlar xalq ta’limi bo'limlari tomonidan - tumanlar va shaharlar moliya bo'limlari tomonidan ro'yxatdan o'tkazilgan xarajatlar smetasi asosida;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining yagona buyurtmachi xizmatlari tomonidan tanlov savdolari (tenderlar) asosida va O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Davlat arxitektura va qurilish qo'mitasi tomonidan ishlab chiqilgan byudjetdan tashqari Maktab ta’limi jamg'armasi mablag'iari hisobiga amalga oshiriladigan maktablar qurish, ularni mukammal rekonstruktsiya qilish va mukamma! ta’mirlashni tashkil etish tartibiga muvofiq buzib tashlanadigan maktablar o'miga yangi maktablar qurish, ulami mukammal rekonstruktsiya qilish va mukammal ta’mirlashni moliyalashtirish uchun foydalaniladi.
Mablagiarni tasdiqlanmagan smetasiz, shuningdek Jamg'arma xarajatlari prognozida nazarda tutilmagan tadbirlarga yoki ham urauman smetalar bo'yicha, ham xarajatlaming alohida turlari bo'yicha smetalarda belgilanganidan ortiqcha sarflash taqiqlanadi.
Jamg'arma hisob raqamlaridan mablag'larni mazkur Nizomda nazarda tutilmagan maqsadlar uchun o'tkazish va vaqtincha olib qo'yish taqiqlanadi.
Buzib tashlanadigan maktablar o'miga yangi maktablar qurish va mukammal rekonstruktsiya qilishni moliyalashtirish ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan Jamg'armaning maxsus hisob raqamlaridan mablag'larni Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining yagona buyurtmachi xizmatlariga ajratish yo'li bilan joylardagi moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Maktablarni mukammal ta’mirlash Jamg'armaning maxsus hisob raqamlaridan tegishli xalq ta’limi boshqarmalariga mablag' ajratish vositasida moliyalashtiriladi, mablag'lar keyinchalik Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining yagona buyurtmachi xizmatlariga yo'naltiriladi.
Buzib tashlanadigan maktablar o'miga yangi maktablar qurish va ularni mukammal rekonstruktsiya qilish va mukammal ta’mirlashni moliyalashtirish buyurtmachi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan manzilli ro'yxatlar asosida qat’iy ravishda kapital qo'yilmalar limitlari va byudjetdan ajratiladigan mablag'lar doirasida va tuzilgan shartnomalarga muvofiq obyektma-obyekt amalga oshiriladi, tuzilgan shartnomalarda quyidagilar hisobga olinadi:
maktablar qurish, ularni mukammal rekonstruktsiya qilish va mukammal ta’mirlashning birinchi oyi mobaynida joriy yil uchun ishlar qiymatining 15 foizi miqdorida avans to'lovi ajratish;
joriy moliyalashtirishni har oyda ajratilgan avansni mutanosib tarzda ushlab qoiish hisobga olingan holda bajarilgan ishlar qiymatining 95 foizi miqdorida amalga oshirish.
Qolgan 5 foizni pudratchiga to‘lash shartnomada qayd etilgan kafolat muddati tamom boigandan keyin amalga oshiriladi.
Ijro etuvchi direksiya Jamg'anna faoliyati bo‘yicha buxgalteriya hisobi yuritilishi va hisobotlar tuzilishi uchun javob beradi.
Maktab ta’limini rivojlantirish dasturiga kiritilgan umumta’lim maktablari mazkur Dastumi amalga oshirish doirasida olingan pul mablag‘lari, tovarlar, bajarilgan ishlar hamda tegishli tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlariga ko‘rsatilgan xizmatlar to‘g‘risida umumlashtirish hamda keyinchalik tuman (shahar) moliya bo’limlariga taqdim etish uchun hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunidan kechikmay hisobot taqdim etadilar.
Tuman (shahar) moliya bo‘limlari hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmalari Jamg’arma mablag’laridan foydalanilishi to‘g‘risida Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalariga hisobot oyidan keyingi oyning 8-kunidan kechikmay O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan shakl bo’yicha hisobotlar taqdim etadilar.
Joylardagi yagona buyurtmachi xizmatlari tomonidan har oyda hisobot davridan keyingi oyning 8-kunidan kechikmay, buzib tashlanadigan maktablar o’miga yangi maktablar qurishga va mukammal rekonstniktsiya qilishga ajratilgan jamg’arma mablag’laridan foydalanish bo’yicha - Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalariga, mukammal ta’mirlash bo’yicha esa - xalq ta’limi hududiy boshqarmalariga hisobotlar taqdim etiladi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vaziriigi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari amalga oshirilgan xarajatlar fakti bo’yicha har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunidan kechikmay 0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Ijtimoiy sohani moliyalashtirish bosh boshqarmasining maktab ta’limi, monitoring va nazorat bo‘limiga O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan shakl bo’yicha hisobot taqdim etadilar.
Jamg’arma tomonidan moliyalashtiriladigan tadbirlami bajarishi nazarda tutilgan vazirliklar va idoralar har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning 10-kunidan kechikmay O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining maktab ta’limi, monitoring va nazorat bo’limiga O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan shakl bo’yicha hisobot taqdim etadilar.
Jamg’anna hisob raqamiga mablag’laming to’liq tushishi ustidan nazorat Jamg’armaning Ijro etuvchi direksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Har yili Davlat byudjetini va byudjetdan ajratilgan maqsadli mablag’larni sarflashni ishlab chiqishda nazarda tutiladigan stavkalar bo’yicha maxsus soliqdan tushadigan mablag’lar hisobi umumiy belgilangan taitibda amalga oshiriladi.
Jamg’arma mablag’laridan maqsadli foydalanilishi ustidan moliyaviy nazorat Moliya vazirligining Ijtimoiy sohani moliyalashtirish bosh boshqarmasining maktab ta’limi, monitoring va nazorat bo’limi va Nazorat-taftish bosh boshqarmasi hamda uning hududiy bo’linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Jamg‘arma mablag‘laridan tasdiqlangan xarajatlar smetalariga qat’iy muvofiq ravishda maqsadli va samarali foydalanilishi uchun javobgarlik tasdiqlangan smetalarga muvofiq joylardagi yagona buyurtmachining tegishli xizmatlari va mablag'lami oluvchi xalq ta’limi organlari rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg'araiasi O'zbekiston Respublikasi Prezidemining «Umumiy foydalaniladigan avtomobil yo llari qurish va ulardan foydalanishni boshqarish tizimini takomillashtirish to'g'risida» 2003 yil 19 avgustdagi PF-3292-son Farmoni bilan tashkil etilgan hamda umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarini qurish, ta’mirlash va saqlash uchun maqsadli moliyaviy resurslami jamlovchi davlat organi hisoblanadi.
Jamg‘arma o‘z faoliyatini 0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O'zbekiston Respublikasi Qonunlariga, 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majfisining boshqa qarorlariga, 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
Jamg'arma yuridikshaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, 0‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida hisob raqamlariga, shu jumladan xorijiy valyutadagi hisob raqamlariga, O'zlrekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan geibli muluga ega bo'ladi.

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish